Qisqacha xulosalar
1.Jahon xo’jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichida xufiyona iqtisodiyot
global muammoga aylanib bormoqda. Xufiyona iqtisodiyot bozor xo’jaligining
obyektiv va doimo mavjud bo’luvchi tizimi bo’lib hisoblanadi. Bunday tizim
doirasida faoliyat olib boruvchi xo’jalik subyektlari raqobatning umumqabul qilingan
qoidalaridan tashqarida o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda qonunga, ish yuritish
etikasiga, biznes va hokimiyat o’rtasidagi o’yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy-
ahloqiy me’yorlariga zid bo’lgan xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
2. Xufiyona iqtisodiyot turli, jumladan, antropologik, iqtisodiy, ijtimoiy,
huquqiy, ma’naviy siyosiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Xufiyona iqtisodiyot
miqyoslarini baholashga bo’lgan turli yondashuvlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |