Iqtisodiyotning real sektori asosiy tarmoqlarining yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi, %
2000 -y. 2010-y. 2011-y.
Iqtisodiyotning real sektorining asosiy tarmoqlari,
58,0
62,8
60,0
37
Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islo?otlarni chu?urlashtirish yo’lida. –T.: O’zbеkiston, 1995, 240 b.
46
shulardan:
Sanoat
14,2
21,1
22,3
qishloq xo’jaligi
30,1
26,3
19,4
Qurilish
6,0
4,8
5,6
transport va aloqa
7,7
10,6
12,7
boshqa tarmoqlar
42,0
37,2
40,0
Manba: Yillik statistik to’plam. 2011. – Toshkent, 2012, 33 b; Uzbekistan v tsifrax. 2012.
– Tashkent, 2012, s.31.
O’zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan boshlaboq real sektor
korxonalarini rivojlantirish borasida chuqur islohotlar olib borildi. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.Karimovning
“O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo’lida” nomli asarida “O’zak tarmoqlarni rivojlantirish O’zbekiston
iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti” ekanligi va ularni taraqqiy ettirish butun
iqtisodiyotning jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos va qulay sharoit yaratishi,
ta’kidlab o’tilgan.
Mustaqillik davrida “milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan isloh
qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosini” tashkil
etdi
38
.
Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini,
birinchi navbatda yoqilg’i – energetika resurslari, iste’mol va oziq- ovqat
mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa
mamlakatda energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi.
Iqtisodiyot real sektori tarmoqlari va korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida
juda katta o’ringa ega ekanligi, barqaror iqtisodiy o’sish va iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlanishi ko’p jihatdan ularning taraqqiy etishi bilan bog’liq ekanligi jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada yaqqol namoyon bo’ldi.
Inqiroz sharoitida birinchi navbatda real sektorni, uning korxonalari va
kompaniyalarini qo’llab–quvvatlashga qaratilgan chora- tadbirlar amalga oshirilib
boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi «Iqtisodiyot
real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda iqtisodiyot real sektori
korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini
mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va
boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish,
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash
jarayoniga investitsiyalarni, shu jumladan, tijorat banklarining mablag’larini keng
jalb etish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni ishga solish ko’zda tutildi
Inqiroz oqibatlarini bartaraf etish borasida respublikada amalga oshirilgan
chora-tadbirlar orasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28
noyabrdagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha chora-
tadbirlar dasturi to’g’risida»gi Farmoni alohida o’rin egalladi. “Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyot real sektori
38
Karimov I.A. O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Г Xal? so’zi. 2007 yil 31 avgust
47
bazaviy tarmoqlarining iqtisodiy o’sishi barqaror sur’atlari va makroiqtisodiy
mutanosibligi hamda barqaror ishlashini ta’minlash, aholi bandligiga ko’maklashish,
eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik
biznesni aniq manzilli qo’llab-quvvatlash maqsadida”
39
“Iqtisodiyotning real sektori
bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo’llab- quvvatlash, ularning barqaror ishlashini
ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi“ ishlab chiqildi va
tasdiqlandi.
Farmonda respublika iqtisodiyoti real sektori sohasida jahon moliya- iqtisodiy
krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etishning hal qiluvchi omillari belgilandi. Ular
quyidagilardan iborat:
-
iqtisodiyotning
bazaviy
tarmoqlarida
modernizatsiya,
texnik
va
texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yo’naltirilgan
raqobatbardosh
mahsulotlar
ishlab
chiqarishni
ta’minlaydigan
zamonaviy
moslashuvchan minitexnologiyalarni tadbiq etish;
-
ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari
mahsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korxonalar
tomonidan yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot
sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish;
-
iqtisod qilishning qattiq tartibini joriy etish, jumladan, texnologik
jarayonlarni ratsionalizatsiyalash, ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya
sarfini hamda boshqa sarf-harajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish
harajatlari va mahsulot tannarxini keskin kamaytirish;
-
texnik va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, mahsulot sifatini
boshqarishning xalqaro standartlarini tadbiq etish;
-
moslashuvchan narx-navo siyosatini amalga oshirish, jahon bozorlarida
narx-navo kon’yunkturasi tez o’zgarib borayotgan sharoitda eksport mexanizmlarini
takomillashtirish.
Farmonda joylardagi rahbar xodimlar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyotning real sektori korxonalariga
har tomonlama yordam ko’rsatish, dasturda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda shaxsiy javobgarlik yuklangan.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, real sektorni rivojlantirish borasidagi
chora-tadbirlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-
yil 2-dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish
to’g’risida»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab
chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek,
Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport- tranzit va
ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Navoiy shahri xalqaro aeroporti
hududida “Navoiy” erkin industrial – iqtisodiy zona tashkil etildi.
39
O’zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008-y. №49, 4-b.
48
Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik
liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori
texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab
chiqarish “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi etib belgilandi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatish muddati 30
yilni tashkil etadi. Erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyati davomida uning hududida
alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident
fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketishning,
shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar
olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan
40
. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy
zona faoliyati Farmonga ilova qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan
muvofiqlashtiriladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga ham ta’sir
ko’rsatishiga qaramay, isloh etish va modernizatsiya qilishning O’zbekiston modeli
izchillik bilan ro’yobga chiqarilayotganligi, tarkibiy o’zgarishlarga, iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish, mamlakatdagi moliya-iqtisod, bank-kredit tizimining barqaror
va uzluksiz ishlashiga doir chora-tadbirlar natijasida inqirozning og’ir oqibatlaridan
holi qolishga va iqtisodiyotni barqaror ravishda faoliyat ko’rsatishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |