Qisqacha xulosalar
O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida tashqi
siyosatini olib borishda respublikaning manfaatlaridan kelib chiqadi. XXI asrning
boshlarida Markaziy Osiyo faol geosiyosiy raqobat mintaqasiga aylanib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasining mintaqa markazida joylashganligi uning geostrategik
jihatdan o’rnini belgilaydi. SHuning uchun ham Markaziy Osiyo hududida sodir
bo’ladigan voqealar u yoki bu darajada O’zbekistondagi vaziyatga ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
O’zbekiston Osiyo qit’asidagi eng nufuzli tashkilotga aylangan SHHTda
muhim o’rinni egallaydi va uning maqsadlarini amalga oshirishda, mintaqada
tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va ta’minlash borasidagi faoliyatida faol
ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |