Qisqacha xulosalar
Oziq-ovqat xavfsizligi va uni ta’minlash masalasi bevosita milliy xavfsizlikni
ta’minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda oziq-ovqat xavfsizligi
muammolari kishilar hayot faoliyatining muhim tizimi sifatida jiddiy ahamiyatga ega
bo’lib bormoqda. Ushbu muammo o’zining dolzarbligi jihatidan harbiy va
umumiqtisodiy xavfsizlik bilan bir qatorda turadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
mamlakat suverenitetini, iqtisodiy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorlikni saqlab
qolishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |