45
Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning jamiyatdagi mavqei
yanada oshishiga olib keladi.
Respublika qishloq xo’jaligi iqtisodiyot real sektorining eng muhim va yirik,
mexanizatsiyalashgan tarmog’i bo’lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, yengil va
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining xom ashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq
xo’jaligi o’simlik va hayvonot mahsulotlarining dastlabki yoki to’liq qayta
ishlashning turli jarayonlarini o’z ichiga oladi va xalqning moddiy farovonligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublika qishloq xo’jaligida paxtachilik va g’allachilik yetakchi tarmoq
hisoblanadi. Ayni paytda sholikorlik, kanopchilik, mevachilik, tokchilik, polizchilik,
sabzavotchilik sohalari, chorvachilikning qoramolchilik, qo’ychilik, xususan,
qorako’lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik,
pillachilik sohalari ham asosiy tarmoqlarga kiradi. O’zbekiston jahonda yalpi paxta
yetishtirish bo’yicha 5-o’rinda, paxta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda (AQSHdan
keyin) turadi. Respublikada meva, uzum va sabzavotning yuqori sifatli navlari
yetishtiriladi,
shuningdek,
yetishtiriladigan
meva,
uzum,
sabzavot,
poliz
mahsulotlarining talay qismi qo’shni davlatlarga chiqariladi. O’zbekiston o’zining
sifatli pillasi va qorako’li bilan ham dunyoga mashhur.
Transport va aloqa tizimi iqtisodiyot real sektorining muhim tarmog’i bo’lib
hisoblanadi. Transport tarmog’i sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish
jarayonining davomini ta’minlovchi tarmoq sifatida O’zbekistonda ishlab chiqarish
infrastrukturasini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Ayni shu ishlab chiqarish
infrastrukturasi, o’z navbatida, «transport va aloqa mollarimiz va xizmatlarimizning
tashqi bozorga chiqishini ta’minlaydi, ularning raqobatbardoshliligiga ta’sir qiladi
…»
37
.
Transport tarmoqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlab, iqtisodiyotni rivojlanishi
uchun xizmat qiladi.
Transport moddiy, inson va moliyaviy resurslarni safarbar etish bilan iqtisodiy
o’sishni ta’minlaydi. YUklar va yo’lovchilarni tashish jarayonini takomillashtirish –
korxonalar xarajatlarini pasaytirish, savdo imkoniyatlarini oshirish, bozorlar
integratsiyasini
chuqurlashtirish,
raqobatni
kuchaytirish,
ijtimoiy
aloqalarni
kengaytirish va oxir-oqibatda jamiyat farovonligini oshirishning muhim omili bo’lib
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar
tashuvchi transportning barcha turlari – temir yo’l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr
transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) daryo, truboprovod transporti,
shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transport – temir yo’l, avtomobil,
tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: