Termiz davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/74
Sana10.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#439427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
pedagogika

iste’dod nishonalari;

uquvlilik;

qobiliyat;

iste’dod;

oila tarbiyasi sharoiti;

o’quv yurti;

o’z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib 
qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: 

ijodiy individuallik;

o’zining o’sish va takomillashish jarayoni;

o’z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat: 

intellektual - ijodiy tashabbus;

bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliya ti;

ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan 
yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;



axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka 
bo’lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo’lgan chanqoqlik (N.V.Vishnekova).
V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro‘yobga chiqarishning asosiy vazifalarini 
quyidagicha belgilaydi: 

ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish; 

 pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;

samarali va ahamiyatli meьyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni 
topish;

shaxsning o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zini o’zi namoyon qila olishi asosida 
o’z rivojlanishini ta’minlash;
SHu tariqa o‘qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi 
va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi. 
4.
Ma‘rifat (pedagogik jarayon) – bu ta‘lim va tarbiyaning amalga oshiruvchi 
insonning faoliyat sohasi. Bilimga ega va uni boshqalarga o‘rgatishni o‘ziga kasb qilgan 
―Ta‘lim-tarbiya beruvchi‖lar – bog‘cha tarbiyachisi, ustoz, o‘qituvchi, pedagog, katta 
o‘qituvchi, assistent, dotsent, professor, ma‘ruzachi deb nomlanadi. Bilimga talabgorlar, 
ya‘ni ―Bilim oluvchilar‖ – bog‘cha bolalari, o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar va 
shogird deb ataladi. Ta‘lim-tarbiya muassasalariga bog‘cha, maktab, akademik litsey, 
kollej, institut, universitet, akademiya kabilar kiradi. Ko‘rib turibsizki pedagogikaning 
bir qator tushunchalari mavjud ekan. Bu ijtimoiy voqeilikning asosiy maqsadi bilim 
berish ekan u ta‘lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. 
O‘zbekistonda chop etilgan izohli lug‘atda ham ―Ma‘rifat – kishilarning ong – 
bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya‖ deyilgan. Demak ma‘rifat 
deb ajdodlar to‘plagan bilimlarni avlodlarga yetkazib berish yo‘lida qilinadigan 
harakatlar majmuidir.
SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. SHaxs 
tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, konkret kishi, ya‘ni, muayyan jamiyatning a‘zosini 
ifodalashga xizmat hiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini 
yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq 
qilmog‘i kerak. 
―Individ‖ nima? Bola ma‘lum yoshga qadar ―individ‖ sanaladi. Individ lotincha 
―individium‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» 
ma‘nolarini anglatadi. 
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy 
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. 
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan 
qiziqish hamda iste‘dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
SHaxs – muayyan jamiyatning a‘zosi bo‘lib, u psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, o‘z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta‘riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma‘naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon 
bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har 


bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan 
rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni 
kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta‘sirida odam inson sifatida rivojlanib 
boradi va shaxsga aylanadi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish