iste’dod nishonalari;
uquvlilik;
qobiliyat;
iste’dod;
oila tarbiyasi sharoiti;
o’quv yurti;
o’z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib
qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
ijodiy individuallik;
o’zining o’sish va takomillashish jarayoni;
o’z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
intellektual - ijodiy tashabbus;
bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliya ti;
ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan
yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka
bo’lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo’lgan chanqoqlik (N.V.Vishnekova).
V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro‘yobga chiqarishning asosiy vazifalarini
quyidagicha belgilaydi:
ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
samarali va ahamiyatli meьyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni
topish;
shaxsning o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zini o’zi namoyon qila olishi asosida
o’z rivojlanishini ta’minlash;
SHu tariqa o‘qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi
va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
4.
Ma‘rifat (pedagogik jarayon) – bu ta‘lim va tarbiyaning amalga oshiruvchi
insonning faoliyat sohasi. Bilimga ega va uni boshqalarga o‘rgatishni o‘ziga kasb qilgan
―Ta‘lim-tarbiya beruvchi‖lar – bog‘cha tarbiyachisi, ustoz, o‘qituvchi, pedagog, katta
o‘qituvchi, assistent, dotsent, professor, ma‘ruzachi deb nomlanadi. Bilimga talabgorlar,
ya‘ni ―Bilim oluvchilar‖ – bog‘cha bolalari, o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar va
shogird deb ataladi. Ta‘lim-tarbiya muassasalariga bog‘cha, maktab, akademik litsey,
kollej, institut, universitet, akademiya kabilar kiradi. Ko‘rib turibsizki pedagogikaning
bir qator tushunchalari mavjud ekan. Bu ijtimoiy voqeilikning asosiy maqsadi bilim
berish ekan u ta‘lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda chop etilgan izohli lug‘atda ham ―Ma‘rifat – kishilarning ong –
bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya‖ deyilgan. Demak ma‘rifat
deb ajdodlar to‘plagan bilimlarni avlodlarga yetkazib berish yo‘lida qilinadigan
harakatlar majmuidir.
SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. SHaxs
tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, konkret kishi, ya‘ni, muayyan jamiyatning a‘zosini
ifodalashga xizmat hiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini
yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq
qilmog‘i kerak.
―Individ‖ nima? Bola ma‘lum yoshga qadar ―individ‖ sanaladi. Individ lotincha
―individium‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona»
ma‘nolarini anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan
qiziqish hamda iste‘dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida
shakllana boradi.
SHaxs – muayyan jamiyatning a‘zosi bo‘lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o‘z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining
bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta‘riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma‘naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon
bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har
bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan
rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni
kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta‘sirida odam inson sifatida rivojlanib
boradi va shaxsga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |