3.Rivojlanishidagi
nuqsonlarni
klassifikatsiyalash,
ularning
sabablari va omillari.
Olib borilgan tadqiqotning ko‗rsatishicha, rivojlanishida
nuqsoni bo‗lgan bolalarning soni ko‗p bo‗lib, ayni vaqtda yanada oshib
bormoqda.
«Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me'yordan,
umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto‗g‗ri rivojlanishni anglatadi.
Rivojlanishida muammolari bo‗lgan bolalarda jismoniy yoki psixik
kamchiliklar (nuqsonlar) bo‗ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida
chetlanishlarning sodir bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo
bo‗lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to‗la yo‗qotish, ayrimlarini esa tuzatish,
uchinchi xillarining o‗rnini to‗ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida
uni o‗qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi.
Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi bo‗yicha
yagona qarash mavjud emas.
M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlari
ko‗rsatadilar:
1. Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko‗rish, nutqi
qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funksiyasi
buzilgan).
2. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
3. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo‗lgan
bolalar.
4. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi
oligofrenlar).
6. Psixik kasallikning boshlang‗ich ko‗rinishi (shizofreniya, epilepsiya,
isteriya va boshqalar) namoyon bo‗ladigan bolalar.
O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif
etadi
118
:
1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo‗lgan bolalar.
2. Funksional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo‗lgan
bolalar.
1.
Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar
bo‗lgan bolalar.
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo‗lgan bolalarni
quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi
119
:
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishidan
ortda qolgan bolalar).
2. Nutqi buzilgan bolalar.
3. Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko‗rish va eshitish qobiliyatlari
buzilgan)
4. Tayanch-harakatli apparati buzilgan bolalar.
5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo‗lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat
hisoblanadi.
Bolaga korreksion ta'sir ko‗rsatishning samaradorligi mavjud nuqson
xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funksiyalarining buzilganlik darajasi,
bolaning yoshi, nuqsonlar o‗rnini to‗ldirishga imkon beruvchi qobiliyati, tibbiy-
pedagogik ta'sir ko‗rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya
sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog‗liq. Anomal bolalarning
ma'lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta'sirga muhtoj bo‗lsalar, boshqa
guruhlari ularga esa davolash–sog‗lomlashtirish tadbirlarining amalga
1
1
Усанова О.Н. Психик ривожланишида муаммолари былган болалар. – Москва,
Педагогика, 1995.
2
2
Рахмонова В.С. Дефектология ва логопедия асослари. –Тошкент, Ы=итувчи, 1990.
oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika
qilinishi ma'lum muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |