So‘zlashuv uslubi
Forslarda so‘zlashuv bilan kitobiy uslub bir-biridan farq qiladi. Eronliklar telefon orqali so‘zlashganda doimo so‘zlashuv uslubida gaplashadilar. Yozuvda esa doimo kitobiy uslubni ishlatadilar.
So‘zlashuvda ba’zi harflar o‘zgaradi. Cho‘ziq unli "o" burun tovushlari "m,n" dan oldin kelsa "u" harfiga almashadi.اونجا – آنجا onjo – unjo uerda–, می خوانم می خونم mixonam – mixunam o‘qiyapman, خونه – خانه xone – xune – xona, midoni – miduni – bilasan, javon – javun – yosh, bom – bum bom, tamom – tamum. Jumla oxiriga keladigan ast bog‘lamasi va 3- shaxs birlik qo‘shimchasi –ad "e’’ kabi talaffuz qilinadi.درست است Do‘ro‘st ast–درسته do‘ro‘st-e to‘g‘iri,می پوشد mipushad – می پوشه mipushe – kiyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |