4-amaliy mashg’ulot
ب، پ، ت، ث، ن، ی MUTTASIL HARFLAR
Reja:
1. Muttasil harflarning xususiyatlari.
2. Muttasil harflarning yozuvda ifodalanishi.
3. Munfasil harflar qanday belgilar asosida shakllangan.
4. Harflar nima uchun cho’zib yoziladi?
Tayanch so‘zlar:
Muttasil harflar, har ikki tomondan ulanadigan harflar, o’zaro ulanadigan harflar, be, pe, te, se, nun. Yoy.
Muttasil harflarning xususiyatlari.
ب be harfi b tovushini, پ pe harfi p tovushini, ت te harfi t tovushini, ث se harfi s tovushini, ن nun harfi n harfini, ی yo harfi i, y tovushlarini ifodalaydi. Bu harflar shakl jihatdan bir xil yoziladi, faqat nuqtalarning o‘rni va miqdori bilan farqlanadi. Bu harflarning ikki xil ko‘rinishi bor: alohida, qo‘shilgan holda
ن nun va ی yo harflari yuqoridagi harflar bilan so‘z boshida va o‘rtasida bir xil yozilib, nuqtasi bilan farqlanadi. Qo’shigan holda esa o‘ziga xos yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |