Badan terisini parvarishlash va yotoq yaralar profilaktikasi.
Nazariy tushuncha. Og
’ir yotgan bemorlarni parvarish qilishda terini ozoda, toza
saqlashning ahamiyati katta. Teri yaxshi parvarish qilinmaganda va organizm
zaiflashganda terining bosilib turadigan soxalarida yotoq yaralar hosil bo
’ladi.
Badan terisida yotoq yaralar odatda kurak, bel soxasiga, tirsaklar, dumgaza, son va
boldir soxasida paydo bo
’lib, ularning rivojlanishiga terida qon aylanishning
buzilishi sabab bo
’ladi.
Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va
epidermisning qichishi xisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar paydo bo
’ladi.
To
’qimalar yumshoq to’qimalar, xatto tog’ay suyaklar nekrozga uchraydi.
Infeksiyaning qo
’shilib ketishi ba’zan sepsisga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |