8-Amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Yo’l transport hodisasida jarahatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Ishdan maqsad:
Talabalarda yo’l transport hodisasida jarahatlanganlarga birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish tartibi to’g’risida ko’nikma va malaka hosil qilish.
Yo’l-transport hodisalari jarayonida ro’y berayotgan shikastlanishlar katta ijtimoiy
muammolarga
aylanmoqda.
Iqtisodiy
jihatdan
rivojlangan
mamlakatlarning
ko’pchiligi
avtoavariyalarning epidemiyasiga yo’liqgan bo’lib, undan katta zarar ko’rsatmoqda.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, yo’l-transport hodisalariga uchraganlarga birinchi daqiqalarda
tibbiy yordam ko’rsatish ko’p jihatdan ular hayotini saqlab qolishga bog’liq bo’ladi. Yapon
mutaxassislarining fikricha, shikastlangan kishi klinik o’lim holatida 3 daqiqagacha bo’lsa, hayotni
180
saqlab qolish ehtimoli 75% tashkil qiladi. Bu vaqt 5 daqiqaga cho’zilsa, hayotni saqlab qolish ehtimoli
25 % gacha kamayadi. Agar 10 daqiqadan ko’p vaqt o’tsa, odamni hayotini saqlab qolib bo’lmaydi.
N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy tadqiqot institutning mahlumotlariga ko’ra,
yo’l-transport hodisalarida o’lganlarning taxminan 17% ning sababi qon oqish, nafas bug’ilishi va
boshqa lozim bo’lgan tibbiy tez yordam ko’rsatilmagan holatlar tufayli ro’y bergan. Yo’l-transport
hodisalarida og’ir shikastlanganlarning 60% fojea joyiga, 8 % davolash muassasasi yo’lida o’limi
aniqlangan.
Yo’l-transport hodisasiga jabrlanganlarning shikastlanish darajasiga qarab jinoyat ko’rib
chiqiladi. YTH oqibatida jabrlangan shaxs o’lganda haydovchiga juda katta javobgarlik yuklatiladi.
YTH da o’lganligini aniqlash uchun, xodisadan keyin odam o’lgangacha o’tgan muddat bilan
aniqlanadi. Turli mamlakatlarda bu muddat turlicha belgilangan. Masalan: Polsha va Vengriyada bu
muddat 2 kun, Avstriyada 3 kun, Frantsiyada 6 kun, Italiya, Rossiya va O’zbekistonda 7 kun deb
belgilangan. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining belgilashicha, avariyadan keyingi 30 kun
orasida o’lganlar, YTH oqibatida o’lganlar hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik kodeksiga asosan og’ir tan jarohati, uncha og’ir bo’lmagan va yengil
jarohatlarga bo’linadi. YTH da haydovchining javobgarligi ana shu jarohatlanish darajasi bilan
belgilanadi.
Og’ir tan jarohatlariga, hayot uchun xavfli bo’lgan, eshitish, ko’rish gapirish, qo’li, oyog’ini
yo’qotgan, sog’ligi izdan chiqgan, mehnat qobiliyatini 35% ga yo’qotganlar hisoblanadi.
Uncha og’ir bo’lmagan tan jarohatlariga hayot uchun uncha xavfli bo’lmagan, tan ahzolari va
funktsiyalari yo’qolmagan, sog’ligi 4 xaftadan ko’proq muddatda izdan chiqqan, mehnat qobiliyatini
15-35% gacha yo’qotganlar hisoblanadi.
Engil tan jarohatlariga sog’ligini yo’qotib, 28 kungacha davolangan va mehnat qobiliyatini
15% gacha yo’qotganlar kiradi.
Barcha transport vositalarining haydovchilari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Har bir haydovchi
haydovchilik guvohnomasi olishdan oldin va 6,1 jadvalda keltirilgan muddatlarda tibbiy ko’rikdan
o’tadilar. Transport vositalarining haydovchilarini dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-
vaqti bilan tibbiy ko’riklardan, shu jumladan, yo’lga chiqish oldidan va yo’ldan qaytgandan keyin
tibbiy ko’riklarda o’tish «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi» qonunning 17-moddasida ham
keltirilgan.
Agar davlat yo’l harakati xavfsizligi va transport korxonalaridagi mansabdor shaxslarda
haydovchining sog’ligiga nisbatan shubha bo’lsa, unga belgilangan muddatlardan oldin tibbiy
ko’rikdan qayta o’tish uchun yo’llanma berilishi mumkin. Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan qayta
o’tish haqidagi qaror DYHXX boshqarmasiga bo’lim va bo’linmalari boshliqlari va ularning
o’rinbosarlari, ular bo’lmaganda esa ichki ishlar bo’limi boshlig’i va ularning o’rinbosarlari
tomonidan qabul qilinadi.
№
Transport vositalarining nomlari va tasniflari
Tibbiy ko’rik muddati
1.
Barcha turdagi mototsikl va mopedlar
3 yilda 1 marta
2.
To’la og’irligi 3500 kg dan oshmaydigan, o’rindiqlari
haydovchilarnikidan tashqari 8 dan oshmagan avtomobillar «V»
toifasi
3 yilda 1 marta
3.
Yuk tashiydigan, to’la og’irligi 3500 kg dan oshadigan
avtomobillar, «S» toifasi
3 yilda 1 marta
4.
Yo’lovchilarni
tashishga
mo’ljallangan
va
o’rindig’i
haydovchilarnikidan tashqari 8 ta bo’lgan avtomobil «D» toifasi
3 yilda 1 marta
5.
SHatakchi transport vositalari tarkibi V, S yoki D, Ye toifalari 3 yilda 1 marta
181
6.
Trolleybus, tramvay
3 yilda 1 marta
7.
Barcha toifadagi nogironlar
2 yilda 1 marta
8.
Nogironlar motokolyaskalari
2 yilda 1 marta
9.
Barcha turdagi haydovchilar: -stajirovkani o’tgan, haydovchi
huquqiga ega nogiron
-55 yoshga to’lgan erkaklar, 50 yoshga to’lgan ayol
haydovchilar, ulug’ vatan urushi qatnashchilari
1 yilda 1 marta
2 yilda 1 marta
Do'stlaringiz bilan baham: |