Piyodalarning harakat miqdori
- mahlum yo’l kesimidan vaqt birligi ichida o’tgan
piyodalar soni bilan o’lchanadi.
Piyodalar harakat tezligi
- piyodalarning yoshiga, psixologik holatiga, harakatlanish
maqsadiga, qatnov zichligiga bog’liq bo’lib, o’rtacha 1,8-5,7 km/soat tashkil etadi.
Piyodalar oqimining zichligi
- bir metr kvadrat trotuar maydoniga to’g’ri keladigan
qiymat bilan aniqlanadi. Piyodalar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalarning
harakat miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, ularning nisbati piyodalarning
harakatlanish qulayligini belgilaydi.
Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo’lning
bo’laklariga nisbatan o’zgaruvchan ko’rsatkichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |