10
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng iqtisodiy o’zgarishlar
bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi. O’zbekistonda avtomobil ishlab
chiqarish sanoati yo’lga qo’yildi. Mamlakatimiz avtomobil ishlab chiqaruvchi 26
davlatlar orasida o’zining muxim o’rnini egalladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yo’l
qurilish sohasi jadallashtirildi. Respublika avtomobil yo’llarini 2006-2012 yillarda
rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.
I. Karimov 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Avtomobil-yo’l kompleksini
rivojlantirishdan kelib chiqadigan asosiy maqsad -Evropa-Osiyo yo’nalishidagi
transport oqimining ma’lum qismini mamlakatimizdagi tranzit yo’nalishlarga burish va
tranzit xizmati hajmini oshirish” ko’rsatib o’tilgan. Xozirgi kunlarda Qo’ng’irot –
Buxoro – Samarqand – Toshkent – Andijon yo’nalishi bo’yicha 4 qatorli xalqaro
avtomobil yo’li - “O’zbekiston milliy avtomagistrali” qurilishi jadal suratlar
bilan olib
borilmoqda
.[
1
]
Keyingi yillarda avtomobillashtirish ko’rsatkichi ortib borishi natijasida
Respublika avtomobil yo’llarida harakat miqdori yildan-yilga ortishiga olib keldi.
Hozirgi va istiqboldagi asosiy iqtisodiy-ijtimoiy masalalardan biri avtomobil yo’llarida
harakat xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Bunda asosiy ishlar yo’l-trans’ort
hodisalarini, ularda halok bo’luvchilarni va tan jarohati oluvchilar sonini, ko’riladigan
iqtisodiy zararlarni kamaytirishga qaratilishi zarur.
Yuqorida, harakat xavfsizligini ta’minlashda inson omili muxim ahamiyatga ega
ekanligi, ko’’gina yo’l-transport xodisalari(YTH) haydovchining yoki piyodaning aybi
natijasida sodir etilayotganligi takidlangan edi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra
ko’’gina, shu jumladan rivojlangan davlatlarda YTHlari asosan harakat ishtirokchilari
tomonidan sodir etilayotganligi keltiriladi. Oxirgi 10-15 yilda O’zbekistonda sodir
etilayotgan YTHining 80 % dan ko`prog’i haydovchilar va Piyodalarning aybi bilan
sodir etilmoqda. Kuzatuvlar YTHlarining salmoqli qismi haydovchilar va piyodalar
Yo’l harakati qoidalariga rioya qilmaganlarida vujudga kelayotganligini ko’rsatmoqda.
Dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlarida 1968 yildagi Vena halqaro
shartnomasiga asoslangan Yo’l harakati qoidalari qabul qilingan.
Tarixda birinchi Yo’l harakati qoidalari Frantsiyada 1893 yil 13 avgustda qabul
qilingan. Birinchi to’rtta yo’l belgilari 1909 yilda ‘arijda avtomobil harakati bo’yicha
o’tkazilgan shartnoma bo’yicha qabul qilingan.
11
Birinchi elektr svetoforlari 1914 y. AQSHda ‘aydo bo’ldi. Datlabki svetoforlar faqat
qizil va yashil signallardan iborat bo’lgan. 1918 y.. svetoforlar yevro’a mamlakatlari
ko’chalarida o’rnatila boshlandi.
1931 y. Jenevada yo’l harakati bo’yicha o’tkazilgan konferentsiyada yo’llarda
yagona signallarni qo’llash to’g’risidagi shartnoma qabul qilindi.
1949 y. Jenevada yo’l harakati bo’yicha o’tkazilgan xalqoro konferen-tsiyada
“Yo’l harakati to’g’risida” shartnoma qabul qilindi. Yo’l belgilari va signallar
to’g’risidagi bayonnoma imzolandi. Sobiq SSSR bu shartnomaga 1959 y. qo’shildi.
1968 y. Vena konferentsiyasida “Yo’l harakati” va “Yo’l belgilari va signallar”
to’g’risidagi Konventsiyalar qabul qilindi. 1971 y. Jeneva Yevro’a kengashida bu
Konventsiyalarga qo’shimchalar kiritildi.
Cobiq SSSRda shaharlarda, aholi yashaydigan punktlarda va yo’llarda hara-
katlanish yagona Qoidalari qoidalari 1961 y. qabul qilindi. 1965 y. bu Qoidalar qayta
tasdiqlandi. 1973 y. 1 yanvardan Vena Konventsiyasiga va Jeneva kengashi tomonidan
kiritilgan qo’shimchalarga asoslangan Yo’l harakati qoidalari qabul qilindi. Yangi
redaktsiyadagi Yo’l harakati qoidalari 1980 y., 1987 y. qabul qilindi.
O’zbekiston mustaqilligi davrida yo’l harakati qoidalarini rivojlantirish bo’yicha ishlar
davom etdirilmoqda. O’zbekistonning birinchi yo’l harakati qoidalari 1994 y. qabul
qilindi. 2001 y mart oyidan kiritilgan yo’l harakati qoidalari xozirgi kungacha amalda
ishlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: