Odam tashish
172
Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “S” toifasidagi transport vositalarini
boshqarish huquqiga ega bo’lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qo’shib hisoblaganda 8 nafardan
ortiq bo’lganda esa “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo’lgan va
shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga
oshirilishi kerak.
Eslatma: Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarda odam tashishga yo’l qo’yish Mudofaa
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Odam tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30
santimetr pastda joylashgan o’rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa botdagi o’rindiqlar
mustahkam suyanchiqqa ega bo’lishi kerak.
Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o’rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo’lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va
unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo’lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti
tahminlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarning yukxonasida faqat yukni olish uchun
borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo’lishiga yo’l qo’yiladi, bunda ular bortlardan
pastda joylashgan o’rindiqlar bilan tahminlanishlari kerak.
Avtobuslarda yoki furgon yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda katta yoshli
kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta
yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo’lishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga
“Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisini qo’yish kerak.
Haydovchi transport vositasi to’la to’xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi,
eshiklar yopilgandan so’nggina harakatlanishni boshlashi va to’la to’xtamaguncha ularni ochmasligi
shart.
Odamlarni tashish quyidagi hollarda tahqiqlanadi:
Avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon yukxonali avtomobillarda odam
tashishdan tashqari);
Traktorlar va boshqa o’zi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama – uycha, yuk
mototsikllari yukxonasida;
Mototsikllarning konstruktsiyasida ko’zda tutilgan joylardan tashqarida;
12 yoshga to’lmagan bolalarni mototsiklning orqa o’rindig’ida, shuningdek yengil
avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o’rnatilmagan bo’lsa, uning oldingi
o’rindig’ida;
12 yoshga to’lmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik
tavsifnomasida ko’zda tutilgan miqdordan ortiq.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat
etilgan to’la vazndan ortmasligi kerak.
173
Do'stlaringiz bilan baham: |