Baynalmilalchilik (Internatsionalizm; arabcha “baynalmilala”-millatlararo) – jahondagi barcha millat va elat tengligi, hamjixatligi nazariyasi va amaliyoti.
Vataparvarlik - kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy-ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir. Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi.
Globalllashuv (globalizatsiya) – lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv” , “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishi tushuntirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |