Termiz davlat universiteti tarix fakulteti



Download 1 Mb.
bet13/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

Millati

Ming kishi

%

Jami aholi

11.799,4

100,0

Shu jumladan:







o‘zbeklar

7.724,7

65,5

Ruslar

1.473,5

12,5

tatarlar

573,7

4,9

qozoqlar

476,3

4,0

tojiklar

448,5

3,8

qoraqalpoqlar

230,3

1,9

koreyslar

147,5

1,2

ukrainlar

111,7

0,9

qirg‘izlar

110,7

0,9

yahudiylar

102,9

0,9

turkmanlar

71,0

0,6

ozarbayjonlar

38,9

0,3

armanlar

34,2

0,3

nemislar

34,0

0,3

uyg‘urlar

23,9

0,2

boshqirdlar

20,8

0,18

greklar

20,5

0,17

beloruslar

17,0

0,14

eroniylar

15,5

0,13

mordvalar

14,2

0,12

lo‘lilar

11,3

0,1

chuvashlar

8,9

0,08

Dog‘iston elatlari

5,9

0,05

boshqalar

83,5

0,7

Mazkur jadvaldagi ma’lumotlar ko‘p jihatdan ko‘nchilik, kimyo korxonalari va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun chetdan ishchi kuchi keltirilishi bilan ham bog‘liqdir. 1961-1975 yillar mobaynida chetdan salkam 400 ming kishi keltirdi, ularning uchdan ikki qismi Rossiya hisobidan ta’minlandi. Chetdan kelgan aholi asosan shaharlarga kelib joylashdi. Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Samarqand, Toshkent shaharlari migrantlar uchun eng ma’qul shaharlar toifasiga kirar edi. 1966 yilgi zilziladan keyin Toshkentni qayta tiklash uchun quruvchilarni kelishi ro‘y bergan so‘nggi yirik migratsiya bo‘ldi. Uy-joyidan mahrum bo‘lgan toshkentliklar mamlakatning boshqa tumanlariga ko‘chib o‘tdilar, ularning ba’zilari o‘sha joylarda doimiy yashab qoldilar. Vayron bo‘lgan Toshkentga turli hududlardan quruvchi, me’mor, malakali kadrlar yetib kelishdi. Moskva, Leningrad, ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlari, boshqa yirik shaharlardan yordamga kelgan jamoa a’zolaridan bir qismi qurilish ishlari tugaganidan keyin, doimiy istiqomat qilish uchun O‘zbekistonda qoldilar.

1939-1970 yillarda ko‘pchilik viloyatlarda etnik xilma-xillik indeksi pasaygan bo‘lsa, Buxoro viloyatida bu indeks o‘sib +0,003ni tashkil etdi, Qoraqalpog‘iston ASSRda +0,001 bo‘ldi. Toshkent shahrida uning qiymati 0,64 dan 0,69ga o‘zgardi1. Shunday qilib, O‘zbekiston viloyatlari orasida milliy tarkibning xilma-xilligi kamaygan viloyatlar, xilma-xilligi ko‘paygan viloyatlardan ortiqdir.

Tub joy aholisi bilan yevropalik aholining tabiiy ko‘payishi jarayonlaridagi katta farq – buning asosiy sababini tashkil qiladi. Jumladan, o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar va qozoqlardagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari ruslar, ukrainlar, beloruslar va boshqalardagi tug‘ilish ko‘rsatkichlaridan 2-2,5 barobar yuqori bo‘lgan. 1959 yildan 1970 yilgacha O‘zbekistondagi ruslar soni 382,8 ming kishiga, ya’ni 13,5%ga ko‘paygan holda, ularning salmog‘i 0,9%ga qisqarib, 1970 yilda 12,5%ni tashkil etdi. Tatarlar, ukrainlar, koreyslar, yahudiylar va boshqalarning ulushi ham qisqardi.

Shu vaqt ichida tojiklarning soni 137,1 ming kishiga yoki 144%ga ko‘paydi, ularning respublika aholisi umumiy sonidagi ulushi o‘zgarmay qoldi (3,8%). Qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar uchun ham mana shunday manzara xarakterli bo‘ldi. O‘zbekiston milliy strukturasi rivojlanishida yuqorida qayd etilgan asosiy tamoyillar, kelgusida ham saqlanib qoldi. Biroq, shu bilan birgalikda ma’lum muayyan jihatlari ham kuchaydi. Bu yerda, gap jumladan ruslar, ukrainlar va boshqa slavyan xalqlarining soni mutloq ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sgan bo‘lsada, lekin ularning ulushi birmuncha pasayganligi haqida bormoqda.

Chunonchi 1979 yilda ruslarning salmog‘i 10,8%ga tushib qoldi, mazkur yili shundan avvalgi o‘tkazilgan aholi ro‘yxatiga nisbatan 1,7%ga kamaygan edi. Holbuki, shu vaqt ichida (1970-1979 yillarda) ruslarning soni 192,2 ming kishiga ko‘paydi. O‘tgan 9 yil mobaynida ruslarning o‘rtacha yillik mutloq o‘sishi atigi 21,4 ming kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘zbeklarning mutloq ko‘payishi ko‘rsatkichidan qariyb 15 barobar kamdir. Ana shu 9 yil mobaynida o‘zbeklar har yili 3,16 ming kishiga ko‘payib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan 9 yil mobaynida o‘zbeklarning soni 2,8 million kishiga ko‘payib 10 million darajadagi marradan o‘tib ketdi. Shu vaqt ichida o‘zbeklarning o‘rtacha yillik ko‘payishi ruslarga nisbatan 1,6 barobar yuqori bo‘ldi. Jumladan, o‘zbeklardagi o‘rtacha yillik o‘sish 3,6%ni, ruslarda esa 1,4%ni tashkil qildi.

O‘zbekistondagi ukrainlar, koreyslar, tatarlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, armanlarning soni ko‘paygani bilan ularning aholi umumiy milliy tarkibidagi salmog‘i o‘zgarmayapti. So‘nggi 1989 yilda Butunittifoq aholi ro‘yxati o‘tkazilgan paytgacha, bu tamoyil hozirgi kunga qadar o‘zgargani yo‘q.

1979-1989 yillarda o‘zbeklarning mutloq soni yanada sezilarliroq ravishda ko‘paydi. Shu davr ichida ular qariyb 3,6 million kishiga ko‘payib, 14,1 million kishiga yetdi. Natijada o‘zbeklarning ulushi 1989 yilda jami aholining 71,4% ini tashkil etdi.

Shu davrda ruslarning soni avvalgi darajada 1,7 million kishiligicha qoldi, ularning O‘zbekiston milliy strukturasidagi hissasi esa 8,3%gacha kamaydi.

Shu davrda tojiklarning soni sezilarli ravishda ko‘payib 594,6 ming kishidan 933,6 ming kishiga, qozoqlarning soni 620,1 ming kishidan 808,2 ming kishiga, qoraqalpoqlarning soni 297,8 ming kishidan 411 ming kishiga yetdi. Yuqorida ta’kidlangan xalqlarning Respublika aholisi tarkibidagi salmog‘i birmuncha oshganligini jadvaldan ham ko‘rish mumkin.

Shu davr ichida tojiklarning soni tez sur’atlar bilan ko‘payganligi natijasida ular respublika aholisi tarkibida o‘zbeklar va ruslardan keyin uchinchi o‘rinni egallab, qozoqlarni orqada qoldirib ketdilar. 1989 yilda O‘zbekistondagi tojiklarning soni million kishiga yetay deb qolib, sovet davrining oxirgi 30 yil (1959-1989 yillar)ida uch barobar ko‘paydi. Ammo ularning salmog‘i o‘z vaqtida 9%ga oshdi xolos.

Shu davrda O‘zbekiston aholisining respublikalararo migratsiya aloqalari xarakterida tub burilishlar sodir bo‘ldi. Shu o‘n yillikning o‘rtalarigacha har holda migratsiya sohasida ijobiy saldo saqlanib qoldi. 1971-1975 yillarda u 100 ming kishini tashkil qildi. 1976 yildan boshlangan migratsiyadagi salbiy saldo uzoq muddatli tamoyilga aylandi. 1976-1980 yillar mobaynida migratsiya saldosi doimiy ravishda salbiy tus olib, aholining ko‘chib ketishi 110 ming kishini, 1981-1988 yillarda 287 ming kishini tashkil etdi. Shu paytga kelib migratsiya oqimlarining shakllanishiga siyosiy omillar ta’sir o‘tkaza boshladi. Mazkur yillarda aholining O‘zbekistondan ko‘chib ketishi 397 ming kishiga yetib, yiliga o‘rta hisobda 30,5 ming kishini tashkil etdi.

Shu davrdagi migratsiya vaziyatini bir ibora bilan ta’riflab bo‘lmasligi tabiiydir, chunki uni murakkab va xilma-xil ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, geografik omillar belgilab berar edi.

O‘zbekiston aholisining migratsiya sohasidagi urf-odatlari esa hamisha kuchli bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi.

O‘zbekiston aholisining ko‘pmillatliligi shakllanishi va rivojlanishida yuqorida ko‘rib chiqilgan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xususiyatlar hozirgi kunda respublikaning shahar aholisidagina o‘z ifodasini topayotganligini ta’kidlab o‘tmoq kerak. Hozirgi qishloq aholisi esa asosan Markaziy Osiyoning tub joy aholisi – o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, tojiklar, qozoqlar va turkmanlardan iborat. Ularning respublika qishloq aholisi tarkibidagi ulushi 1989 yilda 96,7%ni tashkil qildi.

Respublika qishloq aholisining qolgan ozgina qismi 1989 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, qirg‘izlar (0,3%), uyg‘urlar (0,2%), ozarbayjonlar (0,1%), ukrainlar (0,1%), eroniylar (0,1%) va boshqa millatlar (0,4%)ni tashkil etadi. Qishloq joylarda ruslarning ulushi haddan tashqari kam (0,7%) bo‘lib, 1989 yilgi aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra 1653,6 ming ruslardan bor-yo‘g‘i 85,8 ming kishi mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qilar edi.

Sovet mustamlakachiligining ilk bosqichlarida bu manzara butunlay boshqacha bo‘lgan, chunki yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifalari va qisqa muddatlarda metropoliyaning paxta mustaqilligiga erishishi zarurligi, asosiy millatni Rossiyaning hamma joylaridan, mamlakatning chekka milliy o‘lkalariga, shuningdek ittifoqining chekka qishloq tumanlariga ko‘chirishni talab qilar edi.

Chunonchi, 1939 yilda O‘zbekistonning qishloq joylarida 212,3 ming rus aholisi joylashgan edi. Uning respublika qishloq aholisi tarkibidagi ulushi 4,4%ni tashkil qilar, ya’ni ular qozoqlar (5,6%), tojiklar (5,5%) dan sal ozroq va qoraqalpoqlar (3,6%)dan sal ko‘proq edi.

O‘sha paytda mamlakatning shahar aholisi orasida ruslarning salmog‘i ancha yuqori edi. 1939 yilda shahar aholisi orasida ular o‘zbeklar bilan deyarli bir xil ulushni egallagan. Masalan, agar shahar aholisi tarkibida o‘zbeklarning ulushi 40,8% bo‘lsa, ruslarning ulushi 35,5% edi. Keyinchalik bu ulush asta-sekin kamayib, 1989 yilda 19,5% ni tashkil etdi yoki qariyb ikki barobarga qisqardi. O‘zbekistonning shahar aholisi tarkibida o‘zbeklarning ulushi doimiy ravishda oshib bordi va 1989 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra 53,7%ni tashkil qildi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish