1926 yil aholi ro‘yxatiga ko‘ra O‘zbekistonning milliy tarkibi
(tegishli yil chegaralarida)1
Millati
|
ming kishi
|
%
|
jami aholi
|
5267,7
|
100,00
|
shu jumladan
|
|
|
o‘zbeklar
|
3475,3
|
66,0
|
tojiklar
|
967,7
|
18,4
|
Ruslar
|
246,5
|
4,7
|
qozoqlar
|
107,0
|
2,0
|
qirg‘izlar
|
90,7
|
1,7
|
quramalar
|
50,1
|
1,0
|
uyg‘urlar
|
31,9
|
0,6
|
qipchoqlar
|
32,8
|
0,6
|
tatarlar
|
25,4
|
0,5
|
ukrainlar
|
25,8
|
0,5
|
arablar
|
28,0
|
0,5
|
qoraqalpoqlar
|
26,6
|
0,5
|
turkmanlar
|
25,9
|
0,5
|
turklar
|
22,5
|
0,4
|
Yevropalik yahudiylar
|
19,7
|
0,4
|
O‘rta Osiyolik yahudiylar
|
18,2
|
0,3
|
armanlar
|
15,0
|
0,3
|
eroniylar
|
9,8
|
0,2
|
qashqarliklar
|
9,2
|
0,2
|
nemislar
|
4,4
|
0,1
|
beloruslar
|
4,6
|
0,1
|
lo‘lilar
|
3,5
|
0,1
|
polyaklar
|
3,7
|
0,1
|
moldovanlir
|
1,8
|
0,03
|
boshqalar
|
15,2
|
0,29
|
Aholi ro‘yxati ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, mahalliy bo‘lmagan aholi, asosan, 1917 yil oktabridan keyin ko‘chib kelganlardan iborat bo‘lgan. Bu yerda 9 yilgacha, ya’ni 1917 yildan keyin yashaganlar ulushi erkaklar orasida ham, ayollar orasida ham uchdan ikkini tashkil etadi. Migrantlar orasida 15-39 yosh guruhlari 62,9%, shu yerda tug‘ilganlar esa 42,5%ga to‘g‘ri keladi. Kelgindi aholining qariyb yarmi ruslar edi. 1926 yilda O‘zbekiston hududida 246,5 ming rus xalqi vakillari asosan shahar joylarda yashar edilar. O‘zbeklar va Markaziy Osiyoning boshqa aholisining shaharlardagi ulushi kamroq (33,4%) bo‘lgan. Boshqa millatlar aholisining asosiy qismi ukrainlar, qozoqlar, tatarlar, turkmanlar edi. Mahalliy bo‘lmagan aholining 77,6%ini ruslar tashkil etgan.
Fuqarolar urushi va chet el harbiy intervensiyasi davrida, O‘zbekistonning joylarida ham aholining shaharlardan qishloqqa siljish jarayoni sodir bo‘ldi. Chunonchi, 1913 yilda hozirgi O‘zbekiston hududidagi shaharlarda 1060 ming yoki jami aholining 24,5%i yashagan bo‘lsa, 1924 yilga kelib, shahar aholisi 866 ming kishiga, salmog‘i esa 20,3%ga tushib qoldi.
Keyingi yillarda mahalliy aholi yana shaharlarga qayta boshladi. O‘zbekiston SSR tashkil etilgan yil (1924 yil)da respublikada 4258 kishi, shu jumladan shaharlarda 866 ming (20,3%) va qishloqlarda 3392 (79,7%) kishi yashagan edi. 1926 yilga kelib shahar aholisining soni 1102 kishiga yetib, ikki yil mobaynida 27,3%ga qadar o‘sdi.
30-yillarning boshlarida O‘zbekistonda sanoat yangidan barpo etilib va rivojlana boshladi. Shu davrda shahar aholisi qishloq aholisidan ko‘ra tezroq ko‘paydi, shubhasiz, bunda migratsiyaning ma’lum hissasi bor edi.
Shu davrda dehqonlarni tashkiliy ravishda ko‘chirish ham davom etdi. Bu ish bilan sobiq SSSR Butunittifoq Markaziy Ijroqo‘mi huzuridagi Butunittifoq Ko‘chirish Qo‘mitasi shug‘ullandi, bu qo‘mita keyinchalik sobiq SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Bosh ko‘chirish boshqarmasiga aylantirildi.
Mamlakatning Yevropa mintaqalaridan migratsiya oqimlarining sifati asta-sekin o‘zgara boshladi, ya’ni O‘zbekistonga ishga yuborish bilan ayni bir vaqtda fabrika-zavod xodimlarining uyushmagan oqimlari ham kelaverdi. Mahalliy yoshlarni esa o‘qish va kasb-hunar o‘rganish uchun asosan, Rossiya va Ukrainaga borishi yo‘lga qo‘yildi.
1926 va 1939 yillardagi Butunittifoq aholi ro‘yxatlari o‘rtasidagi davrda O‘zbekiston aholisining soni va milliy tarkibida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu o‘rinda muayyan hududlarni bir respublikadan ikkinchisiga olib berish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Masalan, 1929 yilda Xo‘jand okrugini Tojikiston ASSRga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Natijada Tojikiston ASSR aholisining soni 1.156015 kishiga yetdi, shundan 78%i tojiklar edi. O‘sha yilning oktabrida Tojikiston ittifoqdosh respublikaga aylantirildi va O‘zbekiston tarkibidan chiqdi.
Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati esa 1930 yildan bevosita Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirar, 1932 yilda u avtonom respublikaga aylantirib, 1936 yildan O‘zbekiston SSR tarkibiga kirdi.
Respublika aholisining milliy tarkibi shu davrda sobiq Sovet Ittifoqidagi murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatda shakllandi. Sobiq SSSRning ko‘pgina respublikalarida fuqarolar urushi tugab, ommaviy qatag‘onlar boshlangan edi. Qishloq aholisining nisbatan boyroq qatlamlari – “quloqlar”, shuningdek ziyolilar, ruhoniylar, butun-butun xalqlar qatag‘onga duchor bo‘ldi. Iqtisodiy sohada esa bu davrda yuzaga kelgan bir qator iqtisodiy muammolar keyinchalik sobiq Ittifoqning ko‘pgina mintaqalariga falokat keltirdi.
Sovet jamiyatida qayd etib o‘tilgan va boshqa bir qancha keskin o‘zgarishlar aholining sobiq Sovet Ittifoqi ko‘pgina respublikalaridan O‘zbekistonga va Markaziy Osiyoning boshqa respublikalariga ixtiyoriy yoki majburiy ko‘chishiga ham sabab bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligini zo‘rlab kollektivlashtirish munosabati bilan “quloqlar”ni surgun qilish tadbiri majburiy ko‘chirishning katta to‘lqinini yuzaga keltirdi. Uning ikki manbai bor edi: 1) butun mintaqaning tub joy aholisi va shimoliy Kavkazning milliy tumanlaridan surgun qilinganlar. 2) 30-yillarning o‘rtalarida Sibir va Qozog‘istonga surgun qilingan, ammo iqlimga o‘rgana olmaganlarning ma’lum bir qismi.
Rossiyada, asosan uning musulmon aholili respublikalari (Tatariston, Boshqirdiston, Chuvashiston)da quloq qilinish va siyosiy quvg‘inga uchrash xavfi ostida qolgan aholi ham bu yerlarga ko‘chib kelishga majbur bo‘lgan edi.
30-yillardagi ocharchilik ham, asosan, Volgabo‘yidan va Rossiyaning boshqa tumanlaridan, shuningdek Ukrainadan aholining O‘zbekistonga va Markaziy Osiyoning boshqa respublikalariga ko‘plab oqib kelishiga sabab bo‘ldi.
Sobiq SSSRdagi migratsiya jarayonlarini tartib soluvchi tegishli sovet ma’murlarining ta’siri kuchli edi. Aholi siljishini ro‘yxatga olish (propiska) tartiboti va uy-joy taqsimoti tizimi ular tomonidan qat’iy tarzda cheklab turilar edi. Kolxozchilar bu tizimga ko‘proq qaram bo‘lib, o‘sha paytlarda ularning hatto pasportlari mavjud emas edi.
Mamlakatni industrlash siyosati jarayonida sobiq SSSR markazidan slavyan respublikalaridan malakali mutaxassislar va ishchilar tashkiliy ravishda, reja asosida yuborila boshlandi. O‘zbekistonga asosan, rus ishchilari doimiy yashash uchun ko‘chib kela boshladilar. Masalan, 1930 yilda mamlakatning to‘qimachilik markazlaridan O‘zbekistonga 300 nafar malakali to‘quvchi va ip yigiruvchi yuborildi, ular respublika yangi to‘qimachilik korxonalari ishchilarining asosiy o‘zagini tashkil etdi. 1931 yilda Rossiyadan hammasi bo‘lib, 15 ming turli kasblarning malakali ishchilari yetib keldi.
Birinchi besh yillik davrida O‘zbekistonning yirik sanoatiga 57 ming nafar ishchi kelib qo‘shildi. Zero, o‘sha davrda mahalliy millat ishchilari 4 ming kishidan oshmas edi.
Sanoat korxonalari qurilishida ishlash uchun Rossiyadan O‘zbekistonga 1933 yilda 3062, 1934 yilda 3500, 1935 yilda 3000 nafar ishchi yuborildi. 1933-1938 yillarda O‘zbekistonga hammasi bo‘lib 650 ming kishi, shu jumladan Rossiyadan 94,3 ming kishi ishlash maqsadida ko‘chib keldi.
Respublika ishchilar sinfi ko‘p jihatdan chetdan keltirilgan ishchi kuchi hisobiga shakllantirilganligi, markazning mustamlakachilik siyosati oqibati edi. Chunonchi, sobiq SSSR Gosplani (Davlat Rejalashtirish Komiteti)ning sanoatda birinchi besh yillik rejani ishlab chiqishga bag‘ishlangan majlisida (1927 yil fevral) aniq qilib shunday deyilgan edi: “O‘rta Osiyo kabi mamlakatlarda chetdan keltirilgan ishchi kuchi asosida darhol yirik sanoatni barpo etish afzalroqdir”. Garchi ishchilar sinfining milliy kadrlarini shakllantirish yo‘lida qadamlar qo‘yilgan va ularning soni ko‘paygan bo‘lsa ham, ammo foiz jihatdan ularning soni juda ozchilikni tashkil qilar edi. Masalan, 1926 yilda ishchilar orasida o‘zbeklar 50,4%ni, 1936 yilda esa 36,5%ni tashkil etdi xolos.
Sobiq SSSRda 20-30-yillarda xorijiy mamlakatlardan keluvchi muhojirlar, ishchilar sinfi saflarini to‘ldirish yo‘llaridan biri edi. 5-10 yil muddatga vaqtincha kelgan bunday muxojirlarning bir qismi doimiy yashash uchun sovetlar mamlakatida qolar edi.
Mintaqa xalq xo‘jaligida 70 mingga yaqin eroniy, Xitoyning shimoliy-g‘arbidan kelgan ko‘pgina muhojirlar bor edi. Ular konchilik sanoati, neft konlari, temir yo‘l qurilishi, turli zavodlarda ishlar edilar. Toshkent yaqinidagi paxta tozalash zavodi qurilishining o‘zida 640 nafar ajnabiy ishchi bor edi.
1939 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati dasturida birinchi marotaba milliy tarkib to‘g‘risidagi katak ko‘zda tutilgan bo‘lib, undagi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi ruslar soni 727,3 ming kishiga yetdi va 1926 yilga nisbatan 480,8 ming kishiga yoki qariyb uch baravarga ko‘paydi.
Bu – O‘zbekistondagi ruslar soni eng ko‘p miqdorda o‘sgan davr bo‘ldi. Shu davr (1926-1939 yillar) mobaynida ularning respublika aholisi tarkibidagi salmog‘i 6,8%ga ko‘payib, 11,5%ga yetdi. Shu vaqt ichida O‘zbekiston aholisining umumiy sonida tatarlar, qozoqlar, ukrainlar, boshqirdlar va tojiklar soni ham birmuncha ko‘paydi.
Ana shularning natijasida respublika asosiy aholisining ulushi qisqara boshladi. 1926-1939 yillarda O‘zbekiston jami aholisi tarkibida o‘zbeklarning ulushi 2,5%ga kamayib, 65%ni tashkil etdi. Ammo, shu vaqt ichida respublikadagi o‘zbeklarning soni 524,7 ming kishiga ko‘payib, 1939 yilda 4,1 mln. kishiga ham yetgan edi.
Ikkinchi jahon urushi (1939-1945 yillar), yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston uchun juda xilma-xil demografik oqibatlarni keltirib chiqardi. Jumladan, u respublika aholisining milliy tarkibi xususiyatlarida ham bevosita aks etdi. Farzand ko‘rish yoshidagi erkaklar frontga chaqirilishi va ularning ko‘pchiligini urushda halok bo‘lishi natijasida tub joy aholi orasida tug‘ilish kamayib ketdi. Urush yillarida aholi orasida tabiiyki oila qurish jarayoni pasaydi, mavjud oilalar ham erkaksiz qoldi, aholining tabiiy ko‘payishi esa eng past darajaga tushib ketdi.
Urush yillarida aholining migratsiyasi demografik o‘sish nuqtai nazaridan katta ijobiy samaraga ega bo‘ldi. Ma’lumki, urush boshlangach, g‘arbiy rayonlarning aholisi mamlakat ichkarisiga – mamlakatning sharqiy rayonlariga, shu jumladan O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonga ommaviy ravishda ko‘chirila boshlandi.
O‘zbekistonga urushning dastlabki yillarida qisqa vaqt ichida Rossiya, Ukraina, Belorussiya va boshqa respublikalardan butun-butun zavodlar, fabrikalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalar, loyiha tashkilotlari evakuatsiya qilindi. Ular O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish xodimlari bilan birga joylashtiriib, xodimlarning ko‘pchiligi esa o‘z navbatida oilalari bilan kelgan edilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga 90 ta zavod asosiy kadrlar tarkibi bilan ko‘chirib keltirildi. O‘zbekistonga ko‘chirilgan salkam 1 mln. kishining 70%i Rossiyadan kelgan edi. Mazkur zavodlar negizida Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Sredazkabel” ishlab chiqarish birlashmasi, “Chirchiqselmash”, “O‘zbekselmash”, “Tashtekstilmash”, “Pod’emnik”, abraziv buyumlar zavodi kabi yirik sanoat ob’ektlari qad ko‘tardi. Ular hozirgi paytgacha respublikaning yirik sanoat korxonalari sifatida sanalib turmoqda. Zavodlar bilan birga kelgan xodimlarning bir qismi urushdan keyin O‘zbekistonda doimiy yashash uchun qoldilar.
Shuningdek, urush yillarida mamlakatning g‘arbiy okkupatsiya qilingan joylaridan turli millatlarga mansub ko‘plab kishilar ommaviy ravishda bu yerga qochib kelishga majbur bo‘lgan edilar.
O‘lka xalqlarining bag‘rikengligi, mehmondo‘stligi, baynalminal tarbiyasi urush yillarida, ayniqsa qochqinlarni qabul qilib olishda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ko‘pgina o‘zbek oilalari ota-onasi urushda halok bo‘lgan turli millat farzandlarini o‘z qaramog‘iga olib, asrab oldilar.
Shu yillarda ham O‘zbekistonga boshqa xalqlarning vakillari (polyaklar, qrim tatarlari, bolqorlar, mesxeti turklari va boshqalar)ni deportatsiya qilish jarayoni davom etdi. Masalan, mesxeti turklari 1944 yilda Gruziyaning janubiy va janubi-g‘arbiy tumanlaridan ko‘chirildi. Majburan ko‘chirilgan 115 mingdan ortiq kishining aksariyati “maxsus ko‘chirilganlar” huquqi bilan aynan O‘zbekistonga kelib joylashtirildi.
1944 yil dekabr oyida Toshkent shahar ijroqo‘mi huzurida maxsus ko‘chirish bo‘limi tashkil etildi, 1946 yil fevralida uning nomi ko‘chirish bo‘limi deb o‘zgartirildi. Mazkur bo‘limning ma’lumotlariga ko‘ra 1944 yilning noyabrida 566 turk xo‘jaligi (2260 kishi) Sirdaryo tumaniga, 463 xo‘jalik (1787 kishi) Mirzacho‘l tumaniga joylashtirildi.
Turmush sharoitlari og‘irligi bois ushbu ko‘chirilganlarning bir qismi vafot etdi. Shunga qaramay, 1946 yilda O‘zbekistonda maxsus ko‘chirib keltirilgan turli millat vakillaridan 179992 kishi yashar edi.
Urushdan keyingi yillarda ham, 70-yillarning o‘rtalarigacha O‘zbekistonga aholining migratsiyasi davom etdi. Urushdan keyingi dastlabki davrda demografiya sohasida alohida o‘ziga xoslikka ega bo‘ldi. Jumladan, shu yillar (1946-1955 yillar)da oila qurish o‘sib, natijada tug‘ilish jarayoni sezilarli ravishda ko‘paydi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayniqsa tub joy aholi orasida farzand ko‘rish darajasi ortdi.
Urush yillarida aholi kamayib ketganligining o‘rni tez orada to‘lib ketib, shu tariqa “kompensatsiya effekti” deb ataladigan hodisa yuz berdi.
Urush yillarida O‘zbekistonga ko‘chib kelgan ko‘pgina yevropaliklar – ruslar, ukrainlar, yahudiylar, beloruslar va boshqa millat namoyondalari urushdan keyin sekin-asta o‘z yurtlariga qaytib keta boshladilar, ammo ularning bir qismi O‘zbekistonda doimiy yashash uchun qolib ketdi.
1949 yilda Toshkent, Chirchiq, Bekobod, Yangiyo‘l shaharlariga Gresiyadan siyosiy muhojirlarning kattagina guruhi keldi. Bu yerda ularni samimiy qabul qilib olib, uy-joy va ish bilan ta’minladilar. Oradan 40 yil o‘tgach, 1989 yilning kuzida Gresiya parlamenti ularni o‘z yurtiga qaytishlariga ijozat beruvchi qonun qabul qildi, natijada greklarning repartatsiya jarayoni boshlandi.
1939 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati paytiga kelib, O‘zbekistonda yashovchi ruslar soni million kishiga yetdi. Respublikaning milliy tarkibida ularning salmog‘i 1939 yilga nisbatan 1,9% ko‘payib, 13%ga yetdi. Shu vaqt ichida urushning demografik oqibatlariga qaramay, ko‘p jihatdan aholining urush tufayli ko‘chib kelishi natijasida O‘zbekistonda yashaydigan ruslar soni 324.4 ming kishiga yoki 1,6 barobarga ko‘paydi.
Mazkur davrda respublikadagi tatarlar, yahudiylar, beloruslar, osetinlar, boshqirdlar, chuvashlar, ozarbayjonlar, uyg‘urlar va boshqalarning soni ayniqsa ortib bordi. Masalan, 1959 yilda 1939 yilga nisbatan O‘zbekistonda yashovchi ozarbayjonlar soni 11 barobardan ziyod, osetinlar qariyb 5 barobar, boshqirdlar, beloruslar, koreyslar, tatarlar, chuvashlar, uyg‘urlar, yahudiylar 2 barobar va undan ham ko‘proq darajada ortdi.
1959 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda 444,8 ming tatar, 138,5 ming koreys, 94,3 ming yahudiy, 87,4 ming ukrain, 40,5 ming arman, 27,4 ming ozarbayjon va shu kabilar yashar edilar.
1939-1959 yillarda ayrim millatlar bo‘yicha O‘zbekiston aholisi sonining qiyosiy ko‘payishi, shuningdek mazkur davrda aholining milliy tarkibida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |