2.1 Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiy taraqqiyot
XIX asrning 50-60-yillarida Fransiyaning iqlisodiy taraqqiyoti iyul monarxiyasi davriga qaraganda ancha tez bordi. 1851-1869 yillarda mamlakatning milliy daromadi 2 barobar oshdi. Temir va po'lat ishlab chiqarish esa 5 million tonnadan 20 million tonnaga yetdi. Bug' mashinalarining soni esa 8 mingdan 33 mingga yetdi. Ammo mamlakatda og'ir industiriyaning taraqqiyoti yengil sanoatdan orqada qolmoqda edi. Fransiya temiryo'l turlari bilan qoplandi. Temiryo'l liniyalarining umumiy uzunligi 17,5 ming km ga etdi. 1879 yilda frantsuz tijorat flotining tonnasi 1 million tonnadan oshib ketdi Uning 200 ming tonnasi bug' kcmalari zimmasiga to'g'ri kelardi. Bu vaqlda Angliya bug' kcmalarining tonnasi 1 million 250 ming tonnani, yelkanli kemalar bilan birga esa umumiy tonnaji 6 million tonnani tashkil qilardi.
Angliyadan farqli holda Fransiyada fabrika sanoatinihg tez rivojlanishi bilan birga ko'p sonli mayda - qo'l rnehnatiga asolangan ishlab chiqarish mavjud bo'lib qolaverdi. 60-yilarda Angliyada yirik mashina ishlab chiqarish, hunarmandchilik va mayda ishlab chiqarishni butunlay siqib chiqardi. Mamlakat poytaxti bo'lgan Parijda mayda ishlab chiqarish ko'proq edi. Parijda yirik ishlab chiqarish korxonalari o'nlab zavodlar, tamaki fabrikalari. tipografiyalar va boshqalar mavjud edi. Ammo bu yirik korxonalarda 440 ming kishilik sanoat ishchilarining bor-yugi 50 mingi band edi, xolos. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida banklarning roli oshdi. 1848 yilgi inqirozdan so'ng departamenllarning emissiya banklari frantsuz bankiga aylantirildi. Mamlakatda faqat frantsuz bankigina qog'oz pullarni chiqarish huquqiga ega edi. Yangi ""Kredi mobile"" va "Lion krediti" banklari katta ta'sirga ega bo'ldi. 1852 yilda dehqon xo'jaliklarini kapital bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'lgan "Yer kredit" banki tashkil qilindi. Frantsuz qishloqlarida mayda dehqon xo'jaliklari ko'pchilikni tashkil qilib, ular "partsellar" deb atalar edi. Barcha dehqon xo'jaliklarining 75 foizini 10 gektargacha eri bo'lgan xo'jaliklar, 19 %ini o'rta dehqon xo'jaliklari. 4,7 %ini yirik -- 40 gektardan ziyod eri bo'lgan xo'jaliklar, tashkil qilar edi, Mamlakatda 3 millionga yaqin dehqon-batraklar mavjud edi. Bundan tashqari 1 milliondan ko'proq yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo'lgan dehqonlar ish izlab shaharga ketgan edi. Shunday qilib, Fransiyaning millionlab dehqonlari qashshoqlikka mabkum qilingan edi. Bu Napoleon III ni qo'llab -quvvatlaganliklari uchun frantsuz dehqonlariga imperatorning "minnatdorchiligi" edi. 1815-yilning 18-iyun kuni Fransiya imperatori Napoleon Bonapart qo‘shinlari va inglizlar, niderlandlar hamda prussiyaliklardan iborat koalitsiyaga qo‘mondonlik
qilgan graf Vellington qo‘shinlari o‘rtasida tarixga Vaterloo jangi nomi bilan kirgan mashhur jang bo‘lib o‘tadi. Bu imperatorning faoliyatidagi so‘nggi jang edi. Ushbu jangga bugun roppa-rosa 205 yil to‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan a n’anaviy tarix ruknida jang tafsilotlari haqida hikoya qiladi.
Napoleonning Rossiya va Germaniyadagi mag‘lubiyatidan keyin 1814-yilda Buyuk Britaniya, Rossiya, Prussiya qirolligi va Avstriya imperiyalaridan iborat koalitsiya tuzildi va uning oldiga Napoleon hukmronligiga barham berish vazifasi qo‘yildi. Napoleonning tajribasiz yoshlardan tuzilgan armiyasi bilan qo‘lga kiritgan qator g‘alabalariga qaramasdan, 31-mart kuni Parij taslim bo‘ldi va generallar Napoleondan taxtdan voz kechishni talab qildi. Shunday sharoitda 6-aprel kuni u taxtdan voz kechgani haqidagi qarorni imzoladi. 11-aprelda Fontenbloda imzolangan shartnomaga muvofiq u O‘rta Yer dengizidagi Elba oroliga faqatgina shu orolda hukm yuritish huquqi va imperator nomini saqlagan holda surgun qilindi. Mamlakatda Lui XVIII hokimiyatni qo‘lga oldi.
Ammo 1815-yilning mart oyida imperator Parijga qaytib keldi. Lui XVIII qochib ketdi va Napoleon 20-mart kuni Tuelri saroyini egalladi. Bu kun imperatorning “Yuz kunlik” hukmronligining boshlanishi edi. Napoleon tashqi siyosat borasida tinchlik tarafdori ekanini e’lon qildi, ammo unga qarshi ittifoqchilar uning qaytishidan xursand emas edi. Ana shunday sharoitda ular Venada yig‘ildi va Napoleonga qarshi kurashni qayta boshlash haqida kelishib oldi. Shunday qilib ingliz, nemis, niderland, prussiyaliklardan iborat guruhlar Belgiyaga yuborila boshlandi.Keyinchalik ularga avstriyaliklar va ruslar yordamga kelishi kerak edi. Napoleon esa tezlik bilan g‘alaba qozonish maqsadida iyun oyida Belgiyaga qarab yurdi. Bu paytda esa graf Vellington boshchiligidagi inglizlar va niderlandlardan iborat qo‘shin Vaterloo yaqinida turgan edi. Ularga yordamga prussiyaliklarning general Blusher boshchiligidagi qo‘shini kelishi kerak edi. Napoleon ularning o‘zaro birlashmasliklariga erishish maqsadida zudlik bilan hujum qilishni maqsad qildi. 15-iyun kuni prussiyaliklarga zarbalar berib, ularni chekinishga majbur qildi. Shu kuni uning generallaridan 6-bo‘linma qo‘mondoni Lui de Burmont o‘z joyini tark etdi. U bilan birga bir nechta zobitlar ham jang maydonini tark etdi. Napoleon o‘zining “Muqaddas Yelena xotiralari”da uni jang rejalarini dushmanga sotganlikda ayblaydi. Aslida esa ular jang maydonini tark etganida hali biror-bir topshiriq olmagan edi. Vellington 20 yildan so‘ng undan hech qanday ma’lumot olmaganini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |