Napoleon qo‘shini
18-iyun kuni erta tongda 74 ming kishilik Napoleon armiyasi tekislikning janub tarafiga saf tortdi. Uning tarkibi quyidagicha edi:
yo‘lning g‘arb tarafida — general Reillening 20 ming odami, ularning oldidan Kellermanning 3 400 otliq kavaleriyasi hamda 2 100 kishilik Guyot qo‘mondonligidagi imperiya gvardiyasining og‘ir kavaleriyasi;
uo‘lning sharq tomonida — Druet d’Erlonning 20 ming askari va ularning oldida Milhaudning 2 700 kishilik otliq kavaleriyasi va imperiya gvardiyasining Lefebr-Desnuet qo‘mondonligidagi ikki ming yengil kavaleriyasi;
orqada esa Lobauning 10 ming odami, Domon va Subervining har birining 1 200 kishilik kavaleriya qismlari va gvardiyaning 9 ming piyoda askarlar birikmalari joy oldi Napoleon qo‘shini son jihatdan bir oz ustun edi, ammo uning artilleriyasi ancha ko‘p bo‘lib, aynan shunga ishonib u tonggi yig‘ilish paytida “Bugun kechqurun Brusselda tunaymiz”, deb aytgan edi (Jacques Bainville, Napoléon, Gallimard, 2005, p. 547). Napoleonning rejasiga ko‘ra, asosiy hujumni sharqda va o‘rtada olib borish edi. Shuning uchun u I korpus oldidan 80 ta yirik to‘plarni joylashtirdi. Vellington zaxiralarini g‘arb tomonga jalb qilish uchun ukasi Jeromga chalg‘ituvchi hujumlar qilishni topshirdi. Tuni bilan yomg‘ir yog‘gani uchun jang maydoni loy bo‘lib ketgan edi va bu artilleriyani harakatlantirishga qiyinchilik tug‘dirdi. Hujum boshlash kechikdi, natijada to‘plarning effektivligi pasayib ketdi. Piyodalar va otliqlarning harakatlanishi ham qiyinlashdi. Napoleon erta tongda hujum qilishni reja qilgan edi. Ammo tuni bilan yog‘gan yomg‘ir uning rejalarini puchga chiqardi va u quyosh chiqib yerni quritishini kutib turishga majbur bo‘ldi. Chunki loy yerda otlar artilleriyani tortib borishi qiyinlashar va piyoda hamda otliqlarning harakatchanligiga jiddiy zarar berardi. Jang 11:30 da imperatorning ukasi Jerom tomonidan inglizlarga qarata hujumlar berish bilan boshlandi. Hugumont fermasiga joylashgan nassauliklarga qarshi sakkiz ming kishilik qo‘shin hujum qilishiga qaramasdan, uni egallashga muvaffaq bo‘linmadi. Fransuzlarning barcha hujumi qaytarildi.
Tushdan keyin soat 13:00 da fransuzlarning 1 400 metr uzunlikda joylashtirilgan 80 to‘pi yarim soat tinmasdan o‘q uzdi. Natijada platoning noqulay qismida joylashgan ikkita ingliz-niderland brigadasi jiddiy zarar ko‘rdi, ammo asosiy qism tepalikning orqa qismida panada bo‘lgani uchun ularga zarar yetmadi. Shundan so‘ng general d’Erlonning har biri to‘rt ming kishilik mushketlar bilan qurollangan o‘qchilar brigadasidan tuzilgan to‘rtta batalyoni tartib bilan ittifoqchilar qo‘shinlariga qarab yurdi. Ular uchta fermaga joylashib olgan ittifoqchilar qo‘shiniga qarshi zarbalar berib, ularni egallashi lozim edi.
3
Bir qator hujumlardan so‘ng plato bo‘ylab ilgarilagan fransuzlar tepalik orqasida turgan pistirmaga duch keldi va katta yo‘qotishga uchradi. Og‘ir yo‘qotishlarga qaramasdan, inglizlar bu safar ham mudofaada muvaffaqiyatga erishdi.
15:00 da qayta tiklangan 1-korpus va bir nechta yangi to‘plar tayyorlanganidan keyin Haye Sainte fermasiga qayta hujum qilindi. Fermani 450 nafar King’s German Legion o‘qchilari himoya qilishayotgan edi. Bu safargi hujumda fransuzlar kavaleriyasi qatnashdi. Fransuzlar kavaleriyasiga qarshi Vellington kvadrat usulidagi himoya taktikasini qo‘lladi va har bir kvadrat ichiga to‘plarni joylashtirib ulardan yaqinlashayotgan fransuzlarga qarata o‘q otishni buyurdi. Ushbu epizod mashhur fransuz adibi Viktor Gyugoning “Xo‘rlanganlar” asarida badiiylashtirildi (Yves Vander Cruysen, Waterloo démythifié !, Éditions Jourdan, 2014). Umumiy hisobda Kellerman, Guyot, Lefebr-Desnuetlarning 10 ming kavaleriyasi sakkiz yuz metr uzunlikda Ittifoqchilar markaziga qarshi jang qilayotgan edi.
Napoleon sharqiy qanotni ham unutmadi va u tarafdan kelishi mumkin bo‘lgan prussiyaliklarga qarshi turish uchun Domon va Subervie kavaleriyalari va Lobauning VI korpusini joylashtirdi. 16:30 da prussiyaliklarning IV diviziyasi Plansenuada fransuz armiyasiga qarshi hujumga o‘tdi va Napoleon armiyasining o‘ng qanoti qaqshatqich zarbaga uchradi. 18:00 ga yaqin Plansenua nemislar qo‘liga o‘tdi va Lobau korpusi chekinishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Napoleonning Yoshlar gvardiyasi qishloqni qaytarish uchun hujumga o‘tdi. Ammo bu safar ham prussiyaliklarning kuchli zarbasiga chidash berolmadi. Biroq 19:00 ga yaqin Veteranlar gvardiyasi yordamida qishloq egallandi. O‘n qanot vaqtincha tiklandi.
Markazda esa jang qattiq ketardi. 18:30 ga borib nihoyat Haye Sainte fermasi fransuzlar tomonidan egallandi. Ney Britaniya pozitsiyalarini egallash maqsadida to‘plarni ilgari surdi va Napoleondan qo‘shimcha madad istadi. Ammo prussiyaliklar xavfi tufayli imperator buni rad etdi.
Sharqiy tarafdan prussiyaliklarning himoyasiga erishgan Vellington zaxira kuchlarni markazga tashlashga qaror qildi. Napoleon ham gvardiyani markazga yo‘naltirdi. Ammo juda kech edi. Granatachilar va yengil piyodalar Vellingtonning kavaleriyasi, artilleriyasi va piyodalariga qarshi hech narsa qila olishmadi. Gvardiya chekindi va bu armiyaning qolgan qismida ham tartibsizlik keltirib chiqardi. Napoleon o‘rta gvardiyani jangga tashlayotgan paytda Vellingtonga fransuz kapitani Barel ismli shaxs gvardiya hujumi, Napoleoning hujum rejalari haqida ma’lumot yetkazdi va uni ogohlantirdi.
22:00 da Vellington va Blusher Belle Alliance (Ajoyib ittifoq) fermasida uchrashdi. Ularning bu yerda uchrashishlari ko‘pchilik tomonidan keyinchalik taqdirning bir belgisi sifatida qaraldi. Napoleon jang maydonidan qochdi, jangda horigan Vellington uni ta’qib etishni prussiyaliklarga qoldirdi va qarorgohiga qaytib jang haqida hisobot tayyorladi va jangni u bo‘lib o‘tgan yer nomi bilan Vaterloo jangi deb nomladi. Jangdagi qurbonlar turli manbalarda turlicha beriladi. Belgiyalik tarixchi Jak Loji bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni jang maydonida 9 500 (4 500 ittifoqchilar, besh ming fransuzlar) askar halok bo‘lgan, 30 ming nafari jarohatlangan, to‘rt ming kishi bedarak yo‘qolgan. Sakkiz mingdan 10 minggacha fransuz askari asir olingan (Jacques Logie, Waterloo: La campagne de 1815, Racine, 2003, p. 153.). To‘rt kun davom etgan Belgiya kampaniyasi davomida jami fransuz armiyasi safida 11 500 ta askar, jumladan, 14 ta general halok bo‘lgan va 34 mingga yaqin askar jarohatlangan. Ittifoqchilar safida esa Vellington armiyasida 5 260, jumladan, beshta general, Blusher armiyasida 6 900 kishi halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar 14 500 va 17 000 ni tashkil qilgan. (Par Thierry Lentz, Waterloo, 1815, Perin, 2015, p. 281.). Shuningdek, jang maydonlarida 12 ming ot o‘lgan. Bir necha kungina davom etgan Belgiya yurishidagi ushbu yo‘qotishlar Fransiya inqilobi va imperiyaning eng halokatli yo‘qotishlari bo‘lib, bir necha oylar davom etgan Rossiya va Germaniya yurishlaridan ham o‘tib ketgan.
Xulosa
Ushbu jang yuqorida aytganimizdek, Napoleon faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ldi va ushbu mag‘lubiyat ortidan uning “Yuz kunlik” hukmronligiga barham berildi va u Atlantika okeani janubidagi Yevropadan ancha uzoq bo‘lgan Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi. 20-noyabrda imzolangan Parij shartnomasiga muvofiq, Fransiya 150 ming kishilik xalqaro armiya tomonidan okkupatsiya qilindi va besh yil davomida ularni ta’minlash vazifasi Fransiyaga yuklatildi. Shuningdek, urush xarajatlarini qoplash uchun 700 million frank to‘lov yuklatildi (Alfred Colling, La Prodigieuse Histoire de la Bourse, 1949, p188). Jang bilan bog‘liq qiziq ma’lumot: shu kuni Vaterlooda o‘lgan 10 ming jasaddan yig‘ib olingan tishlar bir necha yil davomida stomatologiyadagi tish protezlari savdosida ishlatildi. Ushbu voqea tarixda “Vaterloo tishi” (Waterloo teeth) nomini oldi. Napoleon mag‘lubiyatining bir nechta sabablari mavjud bo‘lib, ularning zamirida taktik jihatdan xatoliklar yotadi. Shuningdek, ayrimlar uning jang kuni juda qattiq kasal bo‘lgani, kuchli og‘riqlar iskanjasida qolgani sababli shifokorlar unga juda kuchli og‘riq qoldiruvchi dorilar bergani uchun fikrlarini jamlay olmagan, degan fikrni ham ilgari suradi. Shunday qilib, Vaterlooda deyarli uch qit’ani qo‘l ostida birlashtirgan fransuzlarning buyuk imperatorining imperatorlik va sarkardalik faoliyatiga nuqta qo‘yildi. Keyinchalik 1821-yilning 5-may kuni olis Muqaddas Yelena orolida imperator kasallikdan vafot etdi. Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H.I 1789-yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-yil Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij shahri garnizoni qoʻmondoni va 1796-yilda Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida H.I oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan H.I Misrga harbiy yurish qilish haqidagi qarorini Direktoriyadan oʻtkazgan. Lekin, oʻz xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799-yil oktabrda Parijga qaytib kelgan va 9—10-noyabrda davlat toʻntarishi oʻtkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800-yil fransuz bankiga asos solgan.
1802-yil H.I oʻzini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan. 1804-yilda esa imperator deb eʼlon qilingan. Yangi burjua monarxiyasini mustahkamlash maqsadida N. I 1-xotini Jozefina bilan nikohni buzgan va 1810-yil Avstriya imperatori Frans I ning qizi Mariya Luizaga uylangan. Buyuk davlatlar ittifoqiga qarshi olib borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlits (1805), Iyena (1806)dagi ajoyib galabalari, imperiya hududini tez surʼatda kengayishi, H.I ni amalda butun Gʻarbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy Yevropada xukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan. 1812-yilda Rossiyaga qarshi yurishidagi magʻlubiyatidan soʻng H.I oʻzini oʻnglay olmadi, uning „buyuk armiyasi“ tor-mor qilindi, Yevropada H.I zul-miga qarshi xalq-ozodlik harakatlari koʻtarildi. H.I ga qarshi ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi. Soʻnggi urushlarda H.I ning magʻlubiyatga uchrashi, ittifoqchi qoʻshinlarning Parijga kirib kelishi (1814-yil 31-mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi (1814-yil 31-mart). Gʻolib it-tifoqchilar H.I ning imperator unvonini saqlab qolib, Elba o.ni uning ixtiyoriga berdilar.
H.I ning Fransiyaga qaytadan kirib kelishi (1815-yil 1-mart) va „yuz kun“ deb atalmish davrda (1815-yil 20-mart — 22-iyun) uni 2-marotaba taxtni boshqarishi mamlakatda N. I ni qoʻllabquvvatlaydigan ijtimoiy kuchlar hali ham mavjudligidan darak berardi. Ammo Vaterloo jangida u ittifokchilar armiyasi tomonidan tor-mor qilindi va 1815-yil 22-iyunda batamom taxtdan voz kechdi. Muqaddas Yelena o.ga surgun qilingan H.I 6 yildan soʻng inglizlar asirligida vafot etgan. 1840-yil uning xoki Parijga Nogironlar uyiga kuchirib keltirilgan.
H.I xdrbiy qoʻshinlarni kasbiy (professional) armiyaga aylantirdi. Yevropada eng ilgʻor hisoblangan fransuz qurolli kuchlarini yaratish, ularni harbiy sanʼatga oʻrgatishga, strategiya va taktikani takomillashtirishga zamin yaratdi. U dushmanni tor-mor etishning asosiy yoʻli unga qarshi qatʼiy jang qilishdan iborat deb hisoblardi. H.I strategik tashabbusning roli va ahamiyatiga alohida urgʻu bergan.
H.I ning sarkardalik mahorati jahon harbiy sanʼatiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.
U 1804-1815-yillar davomida Napoleon I nomi ostida Fransiya imperatori boʻlgan. U koʻplab mamlakatlarning fuqarolik qonuniga katta taʼsir koʻrsatgan Napoleon Kodeksini yaratgan, lekin u koʻplab koalitsiyalarning Napoleon urushlari nomi ostida Fransiyaga qarshi olib borilgan urushlardagi hissasi tufayli mashhur. Napoleon Fransiyaning Yevropaning katta qismida hukmronligini oʻrnatib Fransuz inqilobi gʻoyalarini tarqatishni maqsad qilgan, lekin shu bilan bir paytda u imperial monarxiyani tuzgan. Napoleon urushlarda oʻzidan son boʻyicha ancha kuchli boʻlgan raqiblarini ustidan juda koʻp marta magʻlub qilganligi sababli barcha zamonlarning eng zoʻr sarkardalaridan biri sanaladi va uning janglari dunyo boʻylab koʻplab harbiy akademiyalarda oʻrganiladi.
Napoleon Corsicadagi Ajaccioda 16-asrda Corsicaga kelib qolgan italyan zodagoni oilasida tugʻilgan. U materik Fransiyada artilleriya ofitseri sifatida taʼlim olgan. U Birinchi Respublika davrida mashhurlikka erishgan va Fransiyaga qarshi qaratilgan Birinchi va Ikkinchi koalitsiya urushlarida muvaffaqiyatli qatnashgan. Napoleon bu urushlarda Italiya yarimorolidagi urush harakatlarida gʻalabaga erishgan.
1799-yilda u 18-bryumer to`ntarishini tashkillashtiradi va oʻzini Birinchi konsul deb eʼlon qildiradi; besh yildan soʻng Fransiya Senati referendum natijasiga koʻra uni imperator deb eʼlon qiladi. 19-asrning birinchi oʻn yilligida Napoleon boshchiligidagi Fransuz imperiyasi Yevropaning barcha kuchli davlatlari qatnashgan Napoleon urushlarida ishtirok etgan.[3] Ketma-ket gʻalabalardan soʻng Fransiya kontinental Yevropada yetakchiligini himoyaladi va Napoleon boshqa Yevropa davlatlarini Fransiyaga qaram davlat qilib, ularni oʻz qarindoshlari va doʻstlariga boʻlib berdi. Napoleon bu yoʻl bilan fransuz taʼsir doirasini asrashga harakat qilgan.
Yarimorol urushi va 1812-yilgi Vatan urushi Napoleon muvaffaqiyatlarini toʻxtatdi. Uning Buyuk Armiyasi Rossiya bilan urushda juda katta zarar koʻrdi va qaytib toʻliq tiklanmadi. 1813-yilda Oltinchi koalitsiya uning qoʻshinlarini Xalqlar jangida tor-mor etildi; kelasi yili Koalitsiya Fransiyani bosib oldi, Napoleonni taxtdan voz kechishga majbur etdi va uni Elba oroliga surgun etdi. Bir yil oʻtmasdanoq u Elbadan qochdi va hukumatni oʻz qoʻliga oldi, lekin 1815-yil iyunda Vaterlo jangida magʻlub etildi. Napoleon umrining soʻnggi olti yilini Saint Helena orolida inglizlar tomonidan hibsda saqlandi. Jasadning ochib koʻrilishi Napoleon oshqozon rakidan vafot etganini aniqladi, lekin baʼzi mutahassislar u mergimush bilan zaharlangan deyishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Manfred A. 3., Napoleon Bonapart, M., 1971
Tarle Ye., Nashestviye Napoleona na Rossiyu. 1812 god, M., 1938
Tarle Ye. V., Napoleon, M., 1957
Levitskiy N. A., Polkovodcheskoye iskusstvo Napoleona, M, 1938.
Gʻiyosov, Temur. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Tatarinova K.I. "Angliya tarixi bo'yicha ocherklar" M., 1958 yil
2. Polskaya N.M. "Buyuk Britaniya" M., 1986 yil
3. Yangi hikoya, ed. V.V.Biryukovich, M., 1951 yil
4. Jahon iqtisodiyoti tarixi, tahrir. G.B. Polyak, A.N. Markova, M., 2004 yil
5. Barg M.A. Kromvel va uning va vaqti. - M., 1950 yil
6. Yangi tarix, 1-qism, nashr. A.L. Narochnitskiy, M., 1972 yil
Ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |