Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo


-80-yillar mobaynida Qoraqapog‘iston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda asosan ekstensiv usullar



Download 3,55 Mb.
bet3/7
Sana01.07.2022
Hajmi3,55 Mb.
#724622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko\'rsatkichli

1.1.60-80-yillar mobaynida Qoraqapog‘iston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda asosan ekstensiv usullar

Unga KPSSning «ulkan rejalari»da xom ashyo yetkazib berish vazifasi ajratilgan edi. Bu hol Qoraqapog‘iston iktisodiyotining faqat, bir tomonlama rivojlanishini ta’minlab, unga ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, boy resurslarni tayyor mahsulotga aylantirish imkonini bermas edi.Ittifoq siyosiy rahbariyatining fikriga ko‘ra, 1946 yil paxtachilikni rivojlantirishda hal qiluvchi burilish yili bo‘lishi lozim edi. Natijada paxta yakkahokim ekinga aylantirildi, avtonom respublika «iktisodiyotining o‘zagi», uning «faxri» bo‘lib qoldi.1946 yilda Qoraqapog‘istonda 425 ta jamoa xo‘jaligi bo‘lib, 154,8 ming ga sug‘oriladigan yerga, shu jumladan, chigit ekiladigan 54,0 ming ga maydonga ega edi. 1946-1950 yillarda 42 ming ga yer o‘zlashtirildi, 1950-1960 yillarda esa chigit ekiladigan maydon yana 35 ming ga ko‘paytirildi, 1960 yilga kelganda chigit ekiladigan maydon 131,5 ming ga.ni tashkil qildi.Tiklash davrining ko‘p qirrali muammolarini hal qilishda qarovsiz qolgan va foydalanmay kelingan sug‘oriladigan yerlarni irrigatsiya va melioratsiya holatini yaxshilash muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1947 yilning bahorida Tuyamo‘yin kanalining birinchi navbati ishga tushirildi (uning uzunligi 11,5 km edi). «Shumanay» kanali qurildi. 1950 yildan e’tiboran birinchi marta qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, irrigatsiya tarmog‘ini tozalash ishlari boshlandi. 1950 yilda Markazning Bosh Turkman kanali qurilishi to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi, bu kanal Xorazm vohasi orqali Shimoliy Turkmaniston bo‘ylab o‘tar va Amudaryoning qadimgi O‘zboy o‘zani bo‘ylab Kaspiy dengizigacha borar edi. Belgilangan rejalar, agar keyingi davrda ham amalga oshiriladigan bo‘lsa, mintaqadagi ekologik vaziyatni jiddiy ravishda o‘zgartirardi, lekin Orol dengizini halokatga olib kelmas edi. Biroq 1952 yilda Bosh Turkman kanalining qurilishi boshqa loyiha bo‘yicha bordi, uni amalga


1.Abduazizova N.A. Turkiston matbuoti tarixi. –T: Akademiya. 2000.


2.Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. –T; O‘qituvchi, 1992.



5


oshirish natijasida Qoraqum kanali yuzaga keldi.1949 yilda sug‘orish tizimlarining to‘rt boshqarmasi tashkil etildi: Paxta-arna (To‘rtko‘l va Beruniy tumanlari uchun), Lenin nomli kanal (Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tumanlari uchun), Kegayli (Chimboy va Kegayli tumanlari uchun), Kuvanish-jarma (Taxtako‘pir va Qorauzak) boshqarmalari. Birinchi marta sug‘orish tarmoqlarini tozalash maqsadida mashina-traktor stansiyasi tashkil etildi. 1950 yilda jamoa xo‘jaliklarini yiriklashtirish kampaniyasi boshlandi. Respublikada mavjud 410 ta jamoa xo‘jaligi asosida 200 ta kolxoz tashkil qilindi. Natijada ular har birining o‘rtacha ekin maydoni ortib, avvalgi 364 ga o‘rniga 883 ga yer to‘g‘ri keladigan bo‘ldi. Jamoa xo‘jaliklarini birlashtirish yuzasidan Markaz yo‘lini amalga oshirish ko‘pgina qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ldi. Dehqonlar o‘zlarining jonajon kichik ovullaridan yirik xo‘jalik posyolkalariga ko‘chib o‘tishga psixologik jihatdan tayyor emas edilar. Birinchidan, ular Markazning bu «tashabbusini» salbiy idrok qildilar, ikkinchidan esa, belgilangan bu ishlarni nihoyatda qisqa muddatlarda amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining sun’iy ravishda jadallashtirishga urinishlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi.Bu yillarda sovet hokimiyati dehkonlarga qarshi qaratilgan bir qator qarorlar qabul qildi. Dehkonlar va fermerlardan 2622 ga yer tortib olindi, bu yerlar ularga Ikkinchi jahon urushi vaqtida yordamchi xo‘jaliklar, yakka va jamoa tartibida dehqonchilik qilish uchun vaqtincha berilgan edi. Aholi jamoa xo‘jaliklariga 1083 bosh qoramolni, 4146 bosh mayda hayvonlarni, 180 bosh otni qaytarib topshirdi.Urushdan keyingi xalq xo‘jaligini tiklash yillarida mahsuldor chorvachilikni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishildi. Chimboy tumanida Butunittifoq chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining tayanch punkti tashkil qilindi. Chimboy tumanidagi naslchilik davlat xo‘jaligiga Rossiyadan 104 bosh qizil-cho‘l zotli buzoqlar keltirildi, respublika jamoa xo‘jaliklarning 80%i uchtadan mahsuldor mollar fermalariga ega edi. 219 ta yilqichilik va 48 ta tuyachilik fermalari tashkil etildi. 50-yillarning o‘rtalariga kelib respublika chorvachiligidagi mutanosiblik buzildi. Chorvachilik paxta yakkahokimligi kuchayib borishi bilan siqib chiqarila boshladi. Shu yillardan boshlab xo‘jaliklarda chorva mollari soni muttasil kamayib bordi. Chorvachilikdagi bu holat 60-70-yillar va undan keyingi davrda ham davom

6


etdi. Hatto shaxsiy xo‘jaliklarda ham chorva mollari soni qisqarib borganligi kuzatildi. Bu esa, dehqonlar va chorvadorlar moddiy ahvoliga, turmush darajasiga ta’sir qilmay qo‘ymas edi.Pillachilik sohasida ham sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Respublikadagi 36 ta jamoa xo‘jaligi 1948 yilda har quti urug‘dan 55 kg. dan pilla oldilar. 50-yillarda pillachilik yanada rivojlantirildi. 1957 yilning martida respublika pillakorlarining XII Qurultoyi bo‘lib o‘tdi, uning qatnashchilari pilla yetishtirishni yiliga 319 t.gacha ko‘paytirish majburiyatini oldilar. O‘sha yilning o‘zida davlatga 410 t pilla topshirildi, bu 1953 yilda olingan pillaga nisbatan 49% ko‘p edi.Urushdan keyingi o‘n yilliklar davomida Qoraqapog‘istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantiriщdagi ziddiyatlar yanada ko‘proq chuqurlashdi. Rejalashtiruvchi Markaz oziq-ovqat ekinlarini siqib chiqarish hisobiga chigit ekish salmog‘ini muttasil oshirib borishga majbur qildi.«SSSRning paxta mustaqilligiga erishish to‘g‘risida»gi mash’um tezis Qoraqalpog‘istonning 50-yillar boshidagi xalq xo‘jaligi rivojlanishida ustun darajada ustivorlik qildi. Markaz paxta yetishtirishni 1950 yildagi 139 ming t.dan 1955 yilda 207 ming t. ga yetkazishni belgilab berdi. Biroq Qoraqapog‘iston uch yil surunkasiga (1951 - 1953) paxta tayyorlash rejasini bajarmadi, faqat 1954 yilda kolxozchilar mamlakat xazinasiga 199 ming t. paxta topshirdilar. 1955 yilda chigit ekiladigan maydon 114,3 ming ga yetkazilgan bo‘lishiga qaramay, 207 ming t. o‘rniga faqat 137 ming t. paxta terib topshirildi, xolos.50-yillarning o‘rtalari butun Ittifok bo‘yicha «qo‘riq yerlarga yurish» davri bo‘ldi. Markaziy hukumatning «1954-1958 yillarda O‘zSSRda paxtachilikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida», «O‘zSSR va Qozog‘iston SSRda Mirzacho‘lning qo‘riq yerlarini sug‘orish to‘g‘risida»gi va ana shu yillarda qabul qilgan boshqa qarorlarida asosiy e’tibor umuman O‘rta Osiyoning, xususan Amudaryo deltasidagi qo‘riq va bo‘z yerlarning katta massivlaridan foydalanish istiqboliga qaratildi. Mazkur qarorlarga muvofiq Qoraqalpog‘istonda chigit

3.Abdumalik To‘ra boshchililigidagi ozodlik harakati tarixi. –T; 2006.


4.Abduraximova N. A. Ergashev F. R. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. -T.: Akademiya, 2002



7

ekiladigan maydon, agar 1953 yilda 92,9 ming ga bo‘lan bo‘lsa, oradan o‘n yil o‘tgandan so‘ng 1963 yilda bu maydon 135,4 ming ga yetkazildi. Biroq har gektar yerdan olinadigan hosildorlik esa, bu yillarda 15,8 sentnerdan oshmadi. 50-yillarning ikkinchi yarmida Qoraqapog‘istonni haqiqiy «Qayta tashkil etish epidemiyasi» larzaga keltirdi, bu ko‘p jihatdan viloyat partiya tashkilotiga Toshkentdan Nosir Mahmudovning birinchi kotib lavozimiga tayinlanishi (1956-1963 yillar) bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu rahbarning hatti-harakatlari volyuntarizm, o‘ylamay-netmay qilgan tadbirlari bilan ajralib turardi: u Qoraqapog‘istonning iqltm sharoitining sovuq kelishini hisobga olmasdan chigitni chuqur emas, yer sirtiga yuzaroq qilib ekishni joriy qildi, respublikaning shimoliy tumanlaridagi jamoa xo‘jaliklari tarqatib yuborildi, ularning o‘rniga davlat xo‘jaliklari tashkil etildi. Natijada 475 ta kolxozdan faqat 38 tasi qoldirildi, qolgan 437 jamoa xo‘jaligi negizida 20 dan ortik yirik davlat xo‘jaliklari tashkil qilindi. Masalan, birgina Kegayli tumani miqyosida bitta «Kegayli» davlat xo‘jaligi tashkil topdi. Respublika davlat xo‘jaliklari birgina 1958 yilning o‘zida davlatga 108 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazdilar. Shuningdek davlat xo‘jaliklarida mavjud bo‘limlar qisqartirilib, ular o‘rniga ekin maydoni 250-500 ga dan bo‘lan yiriklashgan brigadalar tashkil etildi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, Xo‘jayli, Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot tumanlari bitta yirik Xo‘jayli tumani qilib, Taxtakul, Beruniy va Ellikqal’a tumanlari bitta To‘rtko‘l tumani qilib, Chimboy, Kenes, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari bitta Chimboy tumani qilib birlashtirildi. Yiriklashgan tuman rahbarining xo‘jaliklarni aylanib, ular bilan tanishib chiqishi uchun kamida 15 kun kerak bo‘lardi. «Qayta tashkil etish epidemiyasi» xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazdi.1962 yilda Markaz tomonidan partiya organlarining sanoat va qishloq xo‘jalik organlariga bo‘linishi va xalq xo‘jalik kengashlari tizimining tashkil etilishi mutlaqo tushunarsiz bo‘lan «boshqaruvni takomillashtirish» konsepsiyasi edi. Bu noilmiy konsepsiya natijasida Qoraqapog‘iston mikyosida sanoat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha viloyat qo‘mitalari, tumanlarda esa qishloq xo‘jalik boshqarmalarining boshliqlari lavozimlari paydo bo‘ldi, ayni vaqtda sobiq tuman partiya qo‘mitalari rahbarlari ikkinchi lavozimlarga o‘tkazildi. Bu yangi tashkiliy

8


tuzil ishlar bor-yo‘g‘i ikki yil umr ko‘rdi, shunga qaramasdan, xalq xo‘jaligiga juda katta ziyon-zahmat keltirdi.60-yillarda, butun mamlakatda bo‘lanideq Qoraqapog‘iston yana eksperimentlar girdobiga tortildi. Bu gal «bosh makkajo‘xorikor» N.S.Xrushchevning talabiga ko‘ra makkajo‘xori yetishtirishga, hatto, respublikaning shimoliy tumanlarida ham katta e’tibor berildi. Makkajo‘xori ekilgan maydon 1957 yilda 2067 ga, 1958 yilda 5772 ga.ni tashkil etdi, ya’ni bir yil ichida deyarli 3 baravar ko‘paytirildi. Shuningdek 60-yillarning o‘rtalarida respublikada qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lgan sholikorlikning rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. Maxsus sholikorlik xo‘jaliklari tashkil qilindi. 1980 yilda respublikada sholikorlikka ixtisoslashgan 17 ta davlat xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ta’minlandi. Natijada, 1965 yilda 25,7 ming t. sholi yetishtirilgan bo‘lsa, 1983 yilda bu ko‘rsatkich 332,3 ming t. ni tashkil qildi.Umuman, 50-60-yillardagi qishloq xo‘jaligiga baho berganda aytib o‘tish joizki, bu davr qoraqalpoq xalqining xo‘jalik hayotida asrlar mobaynida qaror topib kelgan an’anaviy jug‘rofiy va iqlim shart-sharoitlarini e’tiborga olmagan xilma-xil eksperimentlar ko‘p o‘tkazildi. Dehqonlarning shaxsiy xo‘jaliklari har tomonlama cheklab qo‘yildi. Bir dehqon xo‘jaligi 1956 yilda bor-yo‘g‘i 15 sotix yordamchi xo‘jalikka ega edi, 1 bosh sigir va 4-5 bosh qo‘y saqlardi, bir qator xo‘jaliklar (8775 xo‘jalik) umuman chorva mollariga ega emasdi.Shunga qaramasdan, Qoraqapog‘istonda paxta yetishtirish muttasil oshirib borildi. 1964-1984 yillar mobaynida respublikada 7 mln. 144 ming tonna paxta yetishtirildi, Markazning to‘qimachilik fabrikalariga 2 mln. 219 ming tonna paxta tolasi jo‘natildi. Faqat 1963, 1969 va 1978 yillarda iqlim sharoitlarining noqulay kelishi va suv toshqinlari tufayli paxta tayyorlash rejalari bajarilmadi.Hisobiga muayyan siljishlar ro‘y berdi. Qishloqda esa bir qator ijtimoiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mulkchilikning xilma-xil shakllari, ayniqsa, fermerlik xo‘jaligi asoslarini kengrok joriy etila borganda bu o‘zgarishlar yanada

5.Avaz Muhammad Attor Ho‘qandiy. Tarixi Jahonnomoyi. –T; 1991.


6.Axmadjonov M. Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. –T., 2003



9


sezilarli bo‘lishi mumkin edi. Lekin mustabid tuzum sharoitida, kommunistik mafkura yakkahokimligida bunday o‘zgarishlarning samarali bo‘lishi mumkin emasdi. Qoraqalpog‘iston sanoatining rivojlanishi paxtachilik bilan butunlay bog‘liq qilib qo‘yilgan edi. 1946-1950 yillarda Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Chimboy shaharlarida yog‘ ishlab chiqarish zavodlari ishga tushirildi, Porlitay posyolkasida baliq zavodi, Oqg‘ov posyolkasida ohakli materiallar kombinata, Qoraqapog‘iston poytaxti - Nukusda motor ta’mirlash, yog‘-sut, pivo zavodlari, elektr stansiyalar qurildi va ishga tushirildi. Natijada paxta yog‘i ishlab chiqarish 1940 yildagi 30 t.dan 1950 yilda 6,9 ming t.ga, baliq va go‘sht konservalari 20 ming bankadan 10,6 mln. bankaga yetkazildi.Urushdan keyingi yillarda avtomobil transportini rivojlantirishga va tuproqli yo‘llarni asfaltlashga birmuncha e’tibor kuchaytirildi. Uzunligi 164 km bo‘lan Xo‘jayli-Pristan-Nukus-Xalqobod-Chimboy magistral avtomobil yo‘li qurildi. Biroq bu asosiy muammoni hal qilolmadi, xalq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘gan Chorjo‘y shahridan Xorazm va Qoraqapog‘iston orqali Qozog‘istonga temiryo‘l qurish zarur edi.O‘zbekiston birinchi kotibi Usmon Yusupov bu temir yo‘lning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, Markaz bilan kelishib o‘tirmasdan va uning roziligisiz Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘li liniyasini qurish to‘g‘risida farmoyish bergan edi. Qurilish 1947 yilda boshlandi. O‘sha yili Xorazm, Shimoliy Turkmaniston va Qoraqapog‘istonning 100 mingdan ortiq aholisi bu qurilishda qatnashib, 40 kun ichida 5 mln. kub metrdan ko‘proq tuprokni relslar ostiga yotqizdilar.Avtonom respublika hukumatining rahbari Navro‘z Japakov boshchiligida 20.000 ga yaqin Qoraqalpog‘istonliklar Darxonota-Urganch uchastkasida zarbdorlarcha mehnat qildilar. Biroq O‘zbekiston rahbariyatining bu tashabbusi Markaz tomonidan qattiq qoralandi. Usmon Yusupov 1947 yilning oxirida VKP(b) MQ Siyosiy byurosida xayfsan oldi, chunki o‘sha yili O‘zbekiston paxta tayyorlash rejasini bajarmagan edi. Bundan foydalangan Markaz U.Yusupovga paxta terimi vaqtida kolxozchilar va ishchilarning butun kuchi Chorjuy-Qo‘ng‘irot temir yo‘l qurilishiga jalb qilingan, deb ayb qo‘ydi.Shu tariqa, O‘zbekiston rahbariyatining tashabbusi bilan o‘lka tarixida birinchi marta Qorakalpogastonda temir yo‘l qurilishi avj oldirib yuborildi. Quruvchilarning

10


mehnat qahramonligi natijasida qisqa muddat ichida temir yo‘l magistrali Qoraqapog‘iston chegaralariga kirib bordi. Shunday qilib, Qoraqapog‘istonning O‘rta Osiyo sahrolari orasida jug‘rofiy biqiqligi davri tugadi.Urushdan keyingi dastlabki yillar shunday davr bo‘ldiki, mafkuraviy hayotda ijodkor ziyolilarning ayrim vakillari - D.MDariboev, N.Dovkoraev va boshqalarga nisbatan quvg‘inlar bo‘ldi, kutubxonalardan «eskilikka sajda qilish» degan bahona bilan «Alpomish», «Edige», «Maspatsha» kabi xalq og‘zaki ijodining durdona asarlari olib tashlandi, qoraqalpoq xalqi milliy-ma’naviy boyligidan maxrum qilindi.

Xullas, Qoraqapog‘istonning urushdan keyingi xalq xo‘jaligini tiklash yillaridagi rivojlanishi ancha ziddiyatli bo‘ldi. Bu xol shundan keyingi davrda ham saqlanib qoldi.Qoraqapog‘iston o‘zining sanoat jihatdan rivojlanishida O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan orqada qolgan edi. Buning sabablaridan biri energetika bazasining quvvati yetarli emasligida edi. Bosh Turkman kanali qurilishining rejasida quvvati 24 ming kvt bo‘lan Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasini qurish ham mo‘ljallangan edi. Garchi Bosh Turkman kanali qurilishi boshqa joyda bunyod etilayotgan bo‘lsa ham oradan bir necha yil o‘tganidan keyin Taxiatosh IESni barpo etish boshlandi. Buning uchun maxsus «Taxiatashgidroenergostroy» qurilish tresti tashkil etildi, u o‘lkadagi energetika sanoatini barpo etishga asos soldi. 1958 yilga kelib Qoraqapog‘istonda 48,3 mln. kvt soat elektr quvvati ishlab chiqarildi. 1956 yilda respublikada Taxiatosh GRESni qurish boshlandi. Qisqa muddat ichida energetiklar shahri vujudga keldi. Taxiatosh GRESning birinchi navbati 1961 yilda foydalanishga topshirildi.Markaz O‘zbekiston kabi Qoraqapog‘iston sanoatini ham asosan paxtachilik bilan bog‘lagan holda rivojlantirishni mo‘ljallagan bo‘lib, sanoatning boshqa tarmoqlariga e’tibor qaratilmadi. O‘lkada yengil sanoat korxonalari sekin sur’atlar bilan tashkil etildi. Sultonuizdag, Ustyurtning boy ma’dan zaxiralaridan esa umuman foydalanilmadi.


10.Dolimov Ulug‘bek. Turkistonda jadid maktablari. –T; Universitet, 2006.


11. Ziyoev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash.1998.



11


Bu esa respublika va uning aholisi moddiy va ijtimoiy ahvoliga anchagina ziyon keltirdi. Bunga qo‘shimcha Qoraqalpog‘istonning urushdan keyingi yillardagi siyosiy hayotidagi beqarorlik mahalliy qadrlarga ishonchsizlik bilan qarash, tuman rahbarlaridan tortib respublika mikyosidagi rahbarlargacha bo‘glan yuqori lavozimlarga Markaz vakillarining qo‘yilishi avtonom respublika xalq xo‘jaligidagi ahvoliga, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 60-yillarning boshlaridan e’tiboran ittifoq siyosiy rahbariyati tomonidan o‘ylab chiqarilgan mashhur «buyuk o‘n yillik» sakrashlari boshlandi, ular Qoraqalpog‘istonni ham chetlab o‘tmadi. Uning oldiga ataylab amalga oshirib bo‘lmaydigan quyidagi vazifalar qo‘yildi: - Sanoat sohasida 20 yil mobaynida qamishdan foydalanish asosida uchta korxona - sellyuloza-qog‘oz kombinati, dunyoda eng yirik sellyuloza-karton kombinati va gidroliz zavodi qurish. 1980 yilda ular 122 mln. so‘mlik ya’ni 1960 yilda butun Qoraqapog‘iston sanoati ishlab chikargan mikdorda mahsulot berishi lozim edi. Natriy va boshqa tuzlardan, shuningdek tabiiy gazdan foydalanish asosida ikkita kimyo korxonasi qurilishi mo‘ljallandi. Natijada kimyo sanoati yigirma yillikning oxiriga borib Qoraqalpog‘iston sanoati 1960 yilda ishlab chiqargan butun mahsulotning qiymatidan deyarli 3 baravar ko‘p mahsulot chiqarishi lozim edi. Yigirma yil mobaynida ikkita yirik metall ishlovchi korxona, 13 ta paxta tozalash zavodi, to‘qimachilik va pillakashlik kombinatlari, charm zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari, ustki trikotaj fabrikasi, mo‘ynachilik kombinati barpo etish mo‘ljallandi; respublika elektr stansiyalarining umumiy quvvati 1350 ming kvtni tashkil etib, yiliga 7400 mln. kvt elektr quvvati ishlab chiqarishi kerak edi. Natijada respublikada elektr quvvati ishlab chiqarish 130 baravardan ko‘proq ortishi lozim edi.

12


1.2 Qishloq xo‘jaligi sohasida.

Yigirma yillikning oxiriga borib Qoraqapog‘istonda 500 ming t.ga yakin paxta, 100 ming t. sholi, 115 ming t. go‘sht va 220 ming t. sut ishlab chiqarish mo‘ljallandi Ekin ekiladigan maydonlar esa 20 yil mobaynida 80% ortishi, shu jumladan, chigit ekiladigan yerlar 45%, sholi ekiladigan maydonlar 13,5 baravar ortishi lozim edi. Respublika jamoa va davlat xo‘jaliklarida qoramollar sonini 20 yil ichida 1,6 marta, shu jumladan, sigirlarni 1,8 marta, qo‘ylarni 4,4 marta (qorako‘l terini - 6 marta), cho‘chqalarni 2,7 marta, parrandalarni 5 marta ko‘paytirish rejalashtirildi.SSSR siyosiy rahbariyatining yigirma yil ichida Qoraqapog‘istonda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan «bosh» rejalari ana shular edi. Biroq ular hakikatdan yiroq bo‘lib chiqdi, odatdagidek ular qog‘ozda qolib ketdi.


60-70-yillarda Qoraqalpog‘iston sanoatining rivojlanishi asosan yengil sanoat, ya’ni paxta tozalash va oziq-ovqat sanoatlarini ustivor rivojlantirilishi evaziga ancha yuqori bo‘lganligi kuzatildi.Oziq-ovqat sanoatida Mo‘ynok baliq konserva zavodi o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga erishdi, uning har yilgi quvvati 17,4 mln. bankaga yetkazildi. Biroq Orolning qurib borishi natijasida uning baliq zaxiralari ham keskin kamayib ketdi. Shuning uchun 1975 yildan boshlab yetishmaydigan xom ashyo okean baliqlari bilan to‘ldirildi. Ana shu vaqtdan boshlab baliq ovlash ichki ko‘llarga o‘tkazildi, aholi baliqchilikdan asta-sekin sholichilik va chorvachilikka o‘ta boshladi.Qoraqalpog‘iston ishlab chikaruvchi kuchlarining yanada rivojlanishi Taxiatosh GRESi quvvatining ortishi bilan (1970 yilda 769,7 mln. kvt soat) mustahkamlanib bo‘ldi. U O‘zbekistonning energetika tizimi orqali O‘rta Osiyo energotizimiga qo‘shildi, bu esa shaharlar, aholi punktlari, sanoat va madaniy ob’ektlarning elektr quvvati bilan mustahkam ta’min etilishiga imkon berdi. 1970 yilda respublikaning barcha qishloq tumanlari asosan elektrlashtirildi.


Buxoro-Ural va O‘rta Osiyo-Markaz gaz quvurlari qurilishida Quyiamudaryo iqtisodiy rayonining ehtiyojlari hisobga olindi: gaz quvurlari qurilishi tajribasida


16.Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. –T., 2003.


Is’hoqxon Junaydulloxoja o‘g‘li Ibrat. Farg‘ona tarixi. –T; Kamalak, 1991



13


birinchi marta Qizilkum va Qoraqum sahrolarining qumlik barhanlari, Ustyurtning toshli yassi torliklari, Orolbo‘yining suvsiz keng cho‘llarini yengib o‘tildi. Qoraqapog‘istonning sanoat korxonalari va aholi punktlari sekin-asta gaz bilan ishlashga o‘tkazila boshlandi.Amudaryoning har ikki sohili bo‘ylab zamonaviy avtomagistrallar: Gazli-Urganch-Taxiatosh-Qo‘ng‘irot-Mo‘ynok (qariyb 450 km), Duldul-To‘rtko‘l-Beruniy-Nukus-Qozoqdaryo (330 km) va Toshkent-Orol dengizi yo‘llarining qurilishi 70-yillarda respublikaning yagona O‘zbekiston transport tizimiga qo‘shilganini bildirar edi.60-80-yillardagi islohotlar o‘zining butun ziddiyatli ekanligiga qaramay, har xolda Qoraqapog‘istonning ishlab chiqaruvchi kuchlarini nisbatan rivojlantirishga yordam berdi. Xalq xo‘jaligining moddiy-texnikaviy bazasi mustahkamlandi, irrigatsiya-melioratsiya inshootlarining butunlay yangicha tizimi tashkil etildi. Bu hol qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orishda muhim omil bo‘ldi.Ayni vaqtda Markazning mohiyat e’tibori bilan mustamlakachilikdan iborat siyosati tufayli respublikaning tabiiy-iqtisodiy salohiyati to‘liq foydalanilmadi. 80-yillarda respublika rahbarlarining Sultonuizdag konining foydali qazilmalarini o‘zlashtirishni jadallashtirish borasidagi tashabbusi Markaz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi, bu xol Qoraqapog‘istonning aholisi zich joylashgan va mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan janubiy tumanlaridagi bo‘sh mehnat resurslarini jalb qilish imkonidan mahrum etdi.Respublikada industriyaning mashinasozlik elektrotexnika, kon-ruda, kimyo sanoati kabi tarmoqlari rivojlanmadi.Sanoat faqat bir tomonlama, paxtachilikka ixtisoslashgan tarmog‘i, shuningdek qisman bo‘lsa-da, oziq-ovqat sanoati rivojlantirildi. Bu bir tomonlama rivojlanish respublika iqtisodiga putur yetkazdi. Chunki Qoraqapog‘iston xom ashyoni chetga chiqarish hisobigagina aholisining farovonligini yaxshilay olmasdi.40-80-yillarda Qoraqalpog‘iston maorifi, oliy ta’limi, fani, madaniyati va san’ati o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlandi. Xalq ta’limi maktablari va o‘quvchilar soni muttasil oshib bordi. Agar 1940/41 o‘quv yilida avtonom respublikada 603 umumiy ta’lim maktablari bo‘lib, ularda 91,9 ming o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1983/84 o‘quv yilida maktablar soni 857 taga, o‘quvchilar soni esa 284, 4 mingtaga yetdi.

14


II BOB URUSH DAVRIDA QORAQALPOQLAR XIZMARI



Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish