2.1 Urush davrining og‘ir sharoiti
1944 yilda Qoraqapog‘istonda davlat pedagogika instituta ochildi va u respublika
uchun o‘qituvchilar tayyorlab beradigan asosiy makonga aylandi. 1976 yilda
pedagogika instituta Qoraqapog‘iston Davlat universitetiga aylantirildi. Shu bilan
birga, Qoraqalpog‘iston davlat pedagogika instituta ham faoliyat ko‘rsatdi.
Avtonom respublika oliy o‘quv yurtlarida 1963/65 o‘quv yilida 4,6 ming talaba
o‘qigan bo‘lsa, 1983/84 o‘quv yilida 6,1 ming talaba ta’lim oldi. Shuningdek
respublikada 28 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlari: uchta pedagogika bilim yurti,
to‘rtta qishloq xo‘jalik texnikumi, avtomobil yo‘llari texnikumi, gidrotexnikum,
energetika qurilish texnikumi, musiqa-xoreografiya va meditsina bilim yurtlari,
madaniy-oqartuv texnikumi va boshqa o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatib xalq
xo‘jaligining turli sohalari uchun mutaxassislar tayyorlab berdilar. Ularda 80-
yillarning oxiriga kelib 20 mingdan ortiq talaba o‘qidi. Qoraqalpog‘istonning
ko‘pgina yoshlari ittifokning turli shaharlaridagi institut va texnikumlarda ham
ta’lim oldilar.Qoraqalpog‘iston ASSR Maorif xalq komissarligi huzuridagi til va
adabiyot ilmiy-tadqiqot sektori negizida 1939 yilda ilmiy-tadqiqot instituti tashkil
qilindi, bu institut 1947 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zSSR FA)
tarkibiga kirdi va u Qoraqalpog‘iston ekonomika va madaniyat instituti deb ataldi.
1956 yilda esa O‘zSSR FAning Qoraqapog‘iston filiali tashkil qilindi. Filial
tarkibida tibbiyot fanlari kompleksi institutlari, tarix til va adabiyot institutlari,
Botanika bog‘i faoliyat ko‘rsatdi. Shuningdek 1958-1972 yillar davomida
Qoraqapog‘istonda Butunitgifoq va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadkikot
institutlarining bir qator filiallari ham tashkil qilindi. Natijada Qoraqalpog‘iston
olimlari fanning botanika, ximiya, geologiya, fizika, matematika, ekonomika, tarix,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, pedagogika, san’atshunoslik va boshqa
sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu yillarda
N.Dovkoraev. Ya.Doso‘mov, M.Nurmuhamedov, S.K.Kamolov, K.Aimbetov,
1.Abduazizova N.A. Turkiston matbuoti tarixi. –T: Akademiya. 2000.
2.Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. –T; O‘qituvchi, 1992.
K.M.Maksetov kabi bir qator tanikli olimlar yetishib chiqdi.Qoraqalpog‘iston adabiyotida an’anaviy janrlar bilan bir qatorda dramaturgiya, proza, tanqidchilik kabi yangi janrlar ham rivojlandi. Milliy tilda matbuot va kitoblar nashr qilish yo‘lga qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston ASSR Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Qoraqalpoq adabiyotining A.Musaev, S.Majidov, A.Utepov, K.Avezov va boshqa yozuvchi, shoirlari sovet jamiyatidagi o‘zgarishlar va «yangi turmush» kuychilari bo‘lib maydon ga chiqdilar. I.Kaipnazarov, X.Seitov, J.Seytnazarov, X.Turumbetov, D.Aytmuratov va boshqalar 70-80-yillar qoraqalpoq adabiyotining tanikli namoyandalari edi.Qoraqapog‘istonda musiqa va amaliy san’at ham sovet andozasi asosida rivojlandi. An’anaviy milliy san’at turlari bilan bir qatorda teatr, rassomchiliq haykaltaroshlik kabi muhim sohalar ham yuzaga keldi va rivojlandi. Qoraqapog‘iston rassomlari asarlari 1969 va 1970 yillarda Moskvada tashkil qilingan tasviriy san’at ko‘rgazmalarida muvaffaqiyat qozondi.Binobarin, 40-80-yillardagi og‘ir sharoitda mustabid tuzum tomonidan aldanib va bor-yo‘g‘idan ayrilib kelgan Qoraqapog‘iston xalqi harbiylashtirilgan tinch mehnatning haddan tashkari og‘ir bo‘lishiga qaramasdan, barcha qiyinchiliklarga bardosh berdi va fidokorona mehnat qildi. Shunday bo‘lsa-da, xalqning g‘ayriinsoniylikning barcha shakllariga qarshilik ko‘rsatish ruhi bekor ketmadi, muqaddas ozodlik olovi odamlar qalbida so‘nmadi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyatga qaygʻu va musibatlar keltirishi bilan qalblarda ogʻir va oʻchmas iz qoldirdi. Millionlab insonlarning yostigʻini quritgan oʻsha dahshatli urushda yurtdoshlarimiz ham tinchlik va yorqin kelajak uchun mardonavor kurash olib bordi, jang maydonlarida mardlarcha qurbon boʻldi. Ularning qahramonligi doim yodimizda, mangu va abadiy yashaydi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasida harbiy xizmatga kelayotgan navqiron yigitlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga
urushda ota-bobolarimiz koʻrsatgan jasorat va qahramonliklarini yetkazish maqsadida hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab Ikkinchi jahon urushi yillarining muzeyi tashkil etildi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati tomonidan xabar berilmoqda.Darvoqe, armiya
ostonasi – mudofaa ishlari boʻlim va boshqarmalaridan boshlanishi, ayni haqiqat. Oʻsib kelayotgan yigit konstitutsiyaviy burchini ado etish uchun armiya bilan tanishishni aynan shu dargohdan boshlaydi. Demak uning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi ham shu joyda yana-da yuksaladi.Mudofaa ishlari boshqarmasining tashabbusi bilan qoraqalpogʻistonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining oila aʼzolari oʻrtasida olib borilgan targʻibot va tashviqot ishlari natijasida qisqa vaqt ichida ushbu muzeyni yaratishga erishildi.Shu bilan birga 400 ga yaqin eksponat, hujjat va qoʻlyozmalar Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkentda barpo etilayotgan “Gʻalaba bogʻi”dagi Shon-sharaf muzeyi fondi uchun taqdim etildi.Eslatib oʻtamiz, Shon-sharaf muzeyi 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida ochilishi rejalashtirilmoqda.
3.Abdumalik To‘ra boshchililigidagi ozodlik harakati tarixi. –T; 2006.
4.Abduraximova N. A. Ergashev F. R. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. -T.: Akademiya, 2002
Do'stlaringiz bilan baham: |