Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


shariat uzra (barqaror) qildik...»



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

shariat uzra (barqaror) qildik...» (Josiya, 18), oyatida shariat so‘zi «to‘g‘ri yo‘l» 
ma’nosida  kelgan.  SHariat –  islom  huquqiga  ko‘ra,  ulamolar nazdida,  Qur’on  va 
sunnatda  kelgan  ilohiy  ko‘rsatmalar  (hukmlar)ning  majmuidir.  Boshqacha 
aytganda, islom dinining amaliy qismidir. Huquqshunoslar esa, islom qonunchilik 
majmuini nazarda tutadilar. 
«Fiqh»  so‘zi  lug‘atda  «chuqur  tushunish»,  «idrok  etish»,  «bilish» 
ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’noda esa «fiqh» – shariat hukmlarini o‘rganish, 
shariat  qoidalarini  barcha  qismlari  bilan  anglash  hamda  qaysi  maqsadda  ishlab 
chiqarilganini  tushunish  va  o‘zlashtirilgan  ushbu  ilmni  amalga  tadbiq  etishdir. 
Fiqhning asosiy manbasi: Qur’on, sunnat, ijmo va qiyos. 


91 
 
Fiqh bilan chuqur shug‘ullangan olimlar faqihlar (fiqh olimi, huquqshunos) 
deb  nomlandi.  Bular  orasida eng ko‘zga ko‘ringan  va  fiqhiy  mazhabi hozirgacha 
etib kelgan mujtahid olimlar quyidagilardir: Imom Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit 
Kufiy,  imom  Molik  ibn  Anas  Madiniy,  imom  Muhammad  ibn  Idris  SHofeiy  va 
imom Ahmad ibn Hanbal SHayboniy. 
Mazkur  mazhablar,  aqida  nuqtai  nazardan  bir  xil,  faqat  fiqhiy  jihatdan  bir-
biridan  farq  qiladi.  SHuningdek,  bular  bir-birini  inkor  etmaydi,  balki  qo‘llab-
quvvatlaydi.  Mazhablarning  maqsadi  diniy  manbalardagi  matnlarni  keng  xalq 
ommasiga  oson  tushuntirish  bo‘lgan  va  bu  bilan  oddiy  xalq  o‘z  kundalik 
masalalarini tezda xal qilganlar. 
«Mazhab»  arabcha  so‘z  bo‘lib,  «yo‘nalish»,  «yo‘l»,  «diniy  ta’limot» 
ma’nolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan 
holatdagi  ko‘rinishi  mazhab  deyiladi.  Ko‘rib  o‘tganimizdek,  mazhablar  fiqhiy  va 
aqidaviy degan ikki qismga bo‘linadi. Fiqhiy mazhablar to‘rtta: hanafiy, molikiy, 
shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiylik va ash’ariylikdir. 
Molikiy  mazhabiga  madinalik  olim  imom  Molik  ibn  Anas  Abu  Abdulloh 
(713-795)  asos  solgan.  U  «Madina  imomi»  unvoniga  sazovor  bo‘lgan.  Imom 
Molik  Madina  olimlari  qarashlari  asosida  o‘z  mazhabini  shakllantirgan.  SHuning 
uchun  ushbu  imom  Madina  faqihlaridan  fiqhni  o‘rganib,  ahli  hadis  qo‘llaydigan 
uslubni qabul qilgan va ushbu qoida asosida o‘z shogirdlarini tarbiyalagan. Imom 
Molik  Qur’on,  sunna  va  ijmoga  tayanib  hukm  chiqargan.  SHu  bilan  birga 
madinalik  olimlar  ittifoqini  ham  hukm  chiqarishda  e’tiborga  olgan.  CHunki 
Muhammad  (alayhis-salom)  shu  shaharda  yashagan  va  bu  shahar  aholisi 
payg‘ambar  va  sahobiylarning  ko‘rsatmalari  hamda  qilgan  ishlarini  mukammal 
o‘zlashtirgani  bilan  ajralib  turadi.  Olim  «al-Muvatto»  nomli  hadis  ilmiga  oid 
to‘plam muallifi hisoblanadi va mazkur asar molikiy mazhabining asosiy manbasi 
sifatida qadrlanadi. Muhaddis buning uchun qirq yil umrini sarflagan. Bu asar ilk 
hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan. 
Imom  Molik  ibn  Anasning  shogirdlari  orasida  taniqli  muhaddis  va  hanafiy 
mazhabi  faqihi  imom  Muhammad  Shayboniy  (vaf.  805  y.),  shofi’iylik  mazhabi 
asoschisi Muhammad ibn Idris Shofeiy (vaf. 820 y.) bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham 
bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka 
oid huquqiga sezilarli ta’siri bor.  
Muhammad ibn Idris SHofeiy (767-820) ham alohida mazhabga asos solgan. 
Bu  olim  imom  Molik  va  imom  Abu  Hanifaning  katta  shogirdi  imom 
Muhammaddan  dars  olgan.  Shu  nuqtai  nazardan  ushbu  mazhabning  huquq  tizimi 
xanafiylar va molikiylarning diniy-hukuqiy ta’limoti asosida ishlab chiqilgan, deb 


92 
 
aytish mumkin. Shunday bo‘lsada, u ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. Boshqacha 
qilib aytganda, ahli hadis va ahli ra’yning qarashlarini birlashtirgan hamda o‘ziga 
xos  uslubni  yaratgan.  Olim  ijmo  bo‘yicha    ko‘proq  ummat  ijmosiga  e’tibor 
qaratgan  bo‘lsa,  shu  mazhabning  keyingi  ulamolari  olimlar  ijmosini  ham  qabul 
qilishga  majbur  bo‘ldilar.  Shofeiylik  ham  boshqa  mazhablar  kabi  Qur’on,  sunna 
ijmo va qiyosga tayanadi. Imom SHofeiyning «al-Umm» va «ar-Risola» kitoblari 
ushbu mazhab usuliga asos bo‘ldi. 
SHuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  hijriy  uchinchi-to‘rtinchi  (milodiy  9-10) 
asrlarda  Markaziy  Osiyoda  SHofeiy  mazhabi  Hanafiy  mazhabi  bilan  raqobat 
qilgan.  Uning  yirik  vakili  toshkentlik  buyuk  olim  Muhammad  ibn  Ali  ibn  Ismoil 
Qaffol SHoshiy (904-976) edi. U kishi fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z 
davrining  mashhur  olimlaridan  bo‘lgan.  Toshkentda  vafot  etgan,  qabri  Hastimom 
(Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan. 
Hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855) hisoblanadi. Olim 
yashagan  Bag‘dod  shahrida  ilmu  fan  rivoj  topishi  bilan  birga  turli  e’tiqodiy 
qarashlar  markazi  bo‘lgan.  Hanbaliy  mazhabida  Qur’on,  sunnat,  ijmo  va 
sahobiylarning so‘zlari asosiy o‘rin egallaydi. Qat’iy zarurat sezmagan holatlardan 
tashqari  qiyosdan  foydalanmaydi.  Barcha  hadislarni  va  rivoyatni  (sahobiylar 
so‘zini)  qiyosdan  ustun  qo‘ygan.  Imom  Ahmad  xulafoi  roshidin,  sahobiylar, 
tobeiylar,  shuningdek,  o‘zidan  oldingi  uch  mazhab  fiqhini  o‘zlashtirgan. 
CHunonchi  u  ilk  marta  fiqhni  imom  Abu  Hanifaning  shogirdi  imom  Abu 
YUsufdan  o‘rgangan.  SHuningdek,  «men  hadis  yozib  olgan  birinchi  kishi  Abu 
YUsuf  edi»,  deganidan  hadisni  ham  shu  kishidan  olgani  bilinadi.  Keyinchalik 
imom  SHofeiydan  ham  fiqhni  o‘rgangan.  O‘zi  esa,  imom  Buxoriyga  ustozlik 
qilgan.  Hadis  ilmi  bo‘yicha  «al-Musnad»  asari  juda  mashhur  hisoblanadi.  Bu 
kitobda  qiriq  ming  atrofida  hadis  jamlangan  bo‘lib,  asar  hanbaliy  mazhabining 
asosiy qarashlarini o‘zida ifoda etadi. 
YUqorida keltirilgan fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Ular bir-
birining fikriga qarshi chiqmaydi va o‘zlarini boshqasi bilan teng deb hisolaydilar. 
Mazhablar  shariatning  biror  masalasida  engilroq  yoki  qattiqroq  hukm  chiqarishi 
bilan ajralib turadi. SHuningdek, mazhablar o‘zi tarqalgan mintaqalar sharoitidan 
kelib  chiqqan  holda  fatvolar  berganlar.  Jumladan,  shofeiy  mazhabida  tahoratdan 
so‘ng  yuz-qo‘linini  artmaslik  afzal  hisoblansa,  hanafiy  mazhabida  yuz-qo‘lini 
artish  afzaldir.  Hanafiy  mazhabi  sovuq  o‘lkalarda  ham  tarqalganini  e’tiborga 
olinsa,  shofeiy  mazhabi  asosan  issiq  o‘lkalarda  yoyilgan.  Mazhablar  turlicha 
bo‘lishiga  qaramay  asoschi  mujtahidlarning  barchasi  bir-biriga  ustoz-shogird 
martabasidadir.  Ular  bir-birlarining  mazhabini  tan  oladilar.  To‘rtta  mazhab  ham 


93 
 
hijriy ikkinchi asrning o‘zida shakllanib ulgurgan. Ammo  musulmon kishi ushbu 
mazhablarning faqat bittasiga amal qilishi lozim deb uqtiriladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish