9.To‘qqizinchi (tuzukim)–raiyat ahvolidan ogoh bo‘l-dim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el va shaharning rasmu odatlari, mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir o‘lka va shahar axdining ashrof-ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Mizojlariga, tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim. Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushini, qilish-qilmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarni xatga bitib, menga bildirib turishlari uchun diyonatli, to‘g‘ri yozuvchi kishilarni belgiladim. Bordiyu egri yozganlari menga bildirilsa, ularni jazoladim. Hokimlaru sipohdan qay birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdim.
10. O‘ninchi (tuzukim)–turku tojik, arabu ajamning turli toifa va qabilalaridan bo‘lgan va menga nisbatan xayrixohlik qilgan kishilarning ulug‘lariga hurmat ko‘rsatdim, qolganlarini ham o‘z holiga yarasha siyladim. Yaxshilariga–yaxshilik qildim, yomonlarini esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilsa qadrladim, do‘stligini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim. Kimki mening xizmatimni qilsa, uning xizmati haqqini ado etdim. Kimki menga dushmanlik qilsayu, keyin pushaymon bo‘lib, iltijo bilan himoya istab, tiz cho‘kib huzurimga kelsa, dushmanligini unutib, muruvvat va do‘stlik ko‘rsatdim. Chunonchi, ulus amiri Sher Bahrom avval menga hamroh edi, boshimga ish tushganda meni tashlab ketdi va dushmanlarimga qo‘shilib, menga qarshi qilich ko‘tardi. Oxiri bergan tuzim haqqi tiz urib, yana iltijo qilib keldi. Asl er-yigit ekani va jang-jadal bilan suyagi qotgan mardlardan bo‘lganligi sababli yomon ishlarining hammasidan ko‘z yumdim. Huzurimga kelgach, o‘zini hurmatlab, martabasini oshirdim. Uni mardu mardonaligi uchun kechirdim.
11.O‘n birinchi (tuzukim)–farzandlar, qarindoshlar, yoru birodarlar, qo‘shnilar va men bilan bir vaqtlar do‘stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, (molu mulk va naqd pul bilan) hakdarini ado etdim. O‘z farzandlarim, qavmu qarindoshlarimdan qarindoshlik mehrini uzmadim. Ulardan noravo ish o‘tgan bo‘lsa, darhol (qo‘l-oyog‘ini) bog‘lab, o‘ldirishga buyurmadim. Har kimni (turish-turmushning pastu balandlarida) turli yo‘llar bilan sinab bilib oldim va ularga shunga yarasha muomala qildim. hayotning ko‘p issiqsovug‘ini ko‘rib, ulardan saboq olib, tajribamni oshirdim. Shuning uchun do‘stu dushman bilan kelishib yashadim. 170 Forscha matnda shunday: «Az Odam to Xotam va az Xotam to in dam». (–А.А.)
Do'stlaringiz bilan baham: |