Termiz davlat universiteti talabalari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini doirasida o’tkaziladigan fakultetlar aro «Universitet ligasi» nomli turnirining nizomi



Download 298,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.01.2022
Hajmi298,8 Kb.
#381536
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Universitet ligasi-2019 nizomi

V.  Apellyatsiya  tartibi 

 

5.1.    Turnirda    yuzaga    keladigan    bahsli    vaziyatlarni    hal    qilish    uchun  



Apellyatsiya  hay’ati (keyingi  o’rinlarda – AH) tashkil  etiladi.  

5.2.    Har    bir    tur    yakunida    jamoalar    natijalari    e’lon    qilingach    jamoalar  

AHga  murojaat  bilan  chiqishi  mumkin.  Turdagi  har  bir  savol  berilgandan  so’ng  

apellyatsiya  berishga  yo’l  qo’yilmaydi.  

5.3.  Quyidagi  mazmundagi  apellyatsiyalar  qabul  qilinadi:  

1)  javobni  to’g’ri  deb  hisoblash  bo’yicha  apellyatsiya  –  jamoaning  hisob  

komissiyasi  ochko  bermagan  savol(lar)ga  bergan  javobini  hisoblash  uchun  qilgan 

murojaati;  

2)  savolni  noto’g’ri  deb  hisoblash  bo’yicha  apellyatsiya – jamoaning  savol 

matnida  yoki  javobida  faktik  xatolar  borligi  uchun  savolni  hisobdan  chiqarish 

to’g’risida  qilgan  murojaati.  

Boshqa  mazmunda  berilgan  apellyatsiyalar  (masalan,  boshqa  jamoalarning  

javobini  hisoblash  yoki  hisoblamaslik  bo’yicha) qabul  qilinmaydi.  

5.4.    Apellyatsiyalar    faqat      jamoa    sardorlari    tomonidan    yozma    ravishda  

beriladi. 



5.5. Apellyatsiya  berish  uchun  jamoadan  2  yoki  undan  ortiq  vakilning  AH 

oldiga    kelishi,    yaqinlashishi,    apellyatsiya    jarayoniga    aralishishi    qat’iyan    man 

etiladi.    Ushbu    holatlar    aniqlanishi    bilan    jamoa    apellyatsiya    berish    huquqidan 

mutlaqo  mahrum  etiladi  va  shu  holat  yuz  bergungacha   apellyatsiya  natijasida 

hisoblangan  ochkolari  ham  bekor  qilinadi.  

5.6.    Apellyatsiya    maxsus    tayinlangan    AH    tomonidan    ko’rib    chiqiladi.  

Ushbu jarayonga  boshqa  shaxslarning  aralashishi  taqiqlanadi.  

5.7.  AH  3  nafar  a’zo  va  1  nafar  kotibdan  iborat  bo’ladi.  AH  kotibi  ovoz  

berish    va    muhokamada    qatnashish    huquqiga    ega    emas.    U    AH    qarorining 

rasmiylashtirilishiga  yordam  beradi.  

5.8.  AH  ochiq  ovoz  berish  yo’li  orqali  qaror  qabul  qiladi.  Bunda  oddiy 

ko’pchilik  ovoz  qoidasi  amal  qiladi.  Ya’ni  3  kishidan  2  kishi  “ha”,  1  kishi 

“yo’q”  deb  ovoz  bergan  bo’lsa,  unda  o’sha  javob  qabul  qilinadi  yoki  aksincha. 

AH  a’zolari  betaraf  qolishi  mumkin  emas.  

5.9.    Agar    savolning    noto’g’riligi    uchun    apellyatsiya    tushmagan    bo’lsa,  

unda  AH savolni  o’z  tashabbusi  bilan  hisobdan  chiqarish  huquqiga  ega  emas.  

5.10.  Agar  AH  qarori  natijasida  noto’g’ri  savol  hisobdan  chiqarilsa, unda  

o’sha savol  uchun  barcha  jamoalarning  ochkolari  bekor  qilinadi  va  o’sha  savol 

bo’yicha  apellyatsiyalar  ham  ko’rib  chiqilmaydi.  

5.11.  Javobni  to’g’ri  deb  hisoblash  bo’yicha  apellyatsiya  kelib  tushmagan  

bo’lsa ham,  AH  xuddi  shu  savol  bo’yicha  berilgan  boshqa  apellyatsiya  natijasida 

jamoalarga  ochko  yozishi  mumkin.  Masalan,  savolning  to’g’ri  javobi  “chiston”. 

Bir    jamoa    “she’riy    topishmoq”    degan    qabul    qilinmagan    javob    variantiga 

apellyatsiya  berdi. AH  tomonidan  ushbu  javob  varianti  to’g’ri  deya  qabul  qilindi  

va    jamoaga    ochko    berildi.    Bunday    vaziyatda    apellyatsiya    bergan    yoki 

bermaganidan    qat’i    nazar,    “she’riy    topishmoq”    variantini    yozgan    barcha  

jamoalarga  ochko  taqdim  etiladi.  

5.12. Apellyatsiyani  ko’rib  chiqish  jarayonida  aniqlashtirish  uchun  internet 

vositalari  yoki  boshqa  manbalardan  foydalanish  mumkin.  

 


Download 298,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish