Termiz Davlat Universiteti - Termiz Davlat Universiteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Biologiya ta’lim yo’nalishi
- 2-bosqich 220-guruh talabasi Abdukarimova Munavvarning
- Mikrobiologiya va virusologiya
- fanidan tayyorlagan
- MUSTAQIL ISHI
- Ma’ruza. Mikroorganizmlari va ularning tabiatda tarqalishi
- REJA
- Tuproq mikroorganizmlaring soni va turlari hamda aktivligini o’rganish
- Turli tuproqlar mikroorganizm jamoalari strukturasi
- Mikroorganizmlarining saprotrof guruhlari
- Zamburug’lar, Aktinomitsetlar.
- Oligotrof mikroorganizmlar
- Xemolitoavtotrof va fotolitoavtotrof mikroorganizmlar
- Tuproq mikroorganizmlaring soni va turlari hamda aktivligini o’rganish
- Vinogradskiy usuli bo’yicha, preparat buyum oynasiga tayyorlanadi va mikroskop ostida ko’riladi. Ko’rish maydonida tayoqchasimon bakteriyalarni, katta va kichik kokklarni, zamburug’ hamda aktinomitsetlar mitseliyining bo’laklarini ko’rish mumkin. Shuning uchun mikroorganizmlar tuproq zarralarining orasida juda yaxshi ko’rinadi. Bunday preparatni bo’yash uchun akridin to’q sarig’i (apelsin rangi), izotiotsinat kabi bo’yoqlar ishlatiladi.
- Akridin to’q sarig’i bilan bo’yalganda o’lik hujayralar qizil, tirik – hujayralar esa yashil rangni oladi. Mitsileyni bo’yashda yoki uning uzunligi aniqlanganda diatsetat fluorostseindan foydalaniladi.
- Turli tuproqlar mikroorganizm jamoalari strukturasi
- Rossiyada o’tgan asrning 40-yillarida, bizning mamlakatda esa shu asrning bosharidan boshlangan. Hozirgi kunda turli tuproqlar mikrobiotsenozlarini o’rganish juda qizg’in davom etmoqda.
- Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, mikroorganizmlar sonining kamayishiga sabab ularning faglar va sodda hayvonlar tomonidan yo’qotlishi hisoblanadi. Yoki tuproqning turli toksigen moddalar (etilen, etilen oksidi va boshqa moddalar) bilan ifloslanishi natijasida faqatgina ma’lum guruh mikroorganizmlargina uchraydi xolos.
- Mikroorganizmlarining saprotrof guruhlari. Turli tuproqlarning saprotrof yoki zimogen mikroorganizm guruhlari, ya’ni oson parchalanuvchi va o’zlashtiriluvchi organik tarkibga ega bo’lgan moddalarni o’zlashtiruvchi mikroorganimlar yaxshi or’ganilgan. Odatda saprotrof mikroorganizmlar qattiq ozuqa mihitiga ekish, ayrim hollarda organik modda tutuvchi suyuq ozuqa moddalari yordamida aniqlanadi. Ko’p hollarda go’sht-pepton agari (GPA), kraxmal-ammiakli agar (KAA) kabi bakteriyalar yaxshi aniqlanadigan (v chastnosti, aktinomitsetlar) ozuqa muhitlar qo’llaniladi. Mikroskopik zamburug’larni aniqlashda (podkislenniy) suslo-agar, Chapek kabi ozuqa muhitlari ishlatiladi.
- Aktinomitsetlar va ularga yaqin bo’lgan Arthrobakter avlodi
- Pseudomonas fluorescens va Arthrobacter bakteriyalarining turli tuproqlarda uchrash ko’rsatkichi, qattiq ozuqada ekish orqali aniqlangan, % hisobida
| | | | - Tundra
- O’rmon
- Quruq dasht
- Cho’l
| - Tundra podzol tuprog’i
- Podzol
- Qora tuproq
- Sariq
| - 80 tagach
- 20 tagacha
- 15 tagacha
- 8 tagacha
| | - Spora hosil qilmaydigan Beijerinkia avlodiga mansub azotofiksator bakteriyalar kislotali subtropik tuproqlarda tarqalgan. Enterobacter avlodiga mansub bakteriyalar esa o’rta yarimsharlar o’rmon tuproqlarida, Spirillum avlodi vakillari esa janub mintaqalari tuproqlarida juda ko’p miqdorda uchraydi
- Energiya almashinuvi kuchli bo’lgan tuproqlarda batsillalar ustunlik qiladi, ular organik azotni o’zlashtiribgina qolmasdan balki, mineral azotni ham o’zlashturish qobiliyatiga ega (Bacillus megaterium, B. mesentericus, B. subtilis)
- Aksincha, organic moddalarning minerallashuv jarayoni sust kechadigan tuproqlarda, spora hosil qiluvchi bakteriyalar (B. cereus, B. mycoides va boshqa.) dominantlik qiladi. Shu tomondan mikroorganizmlar va tashqi munit omillari orasida kuchli bog’liqlik paydo bo’ladi
- V.T. Yentsev Clostridium avlodiga mansub spora hosil qiladigan bakteriyalar ekologiyasini juda yaxshi o’rgangan. Ulardan ayrimlari, masalan, C. pasterianum shimol tuproqlarida juda ko’p miqdorda uchraydi. Janub tuproqlarida esa C. acetobutylivum dominanatlik qiladi
- Tuproqqa tushgan organik o’g’itlar ko’p miqdorda B. mesentericus, B. subtilis hamda termofil bakteriyalarni tutadi.
- Zamburug’lar. Shimoliy tuproqlar, kislotali xususiyatga ega bo’lganligi sababli, ular zamburug’larga bir qadar boy hisoblanadi
- T.G. Mirchink ma’lumotiga qaraganda, 1 g tundra tuproqlarida 4 mg, bargli o’rmon tuproqlarida esa 1 mg, janubiy rayonlar tuproqlairda esa 0,4-0,7 mg bo’ladi
- Birinchi dominanatlik qiluvchi avlod vakillari Aspergillus, ikkinchisi esa Penicillium hisoblanadi. Olingan ma’lumotlar asosida, Penicillium avlodi vakillari shimol tuproqlarida 35-40 turni, janubiy tuproqlarda esa 10-15 turni tashkil etadi
- Fuzarium sambicium, ishqoriy tuproqlarga juda moslashgna hisoblanadi. Mog’or zamburug’lari shimoliy rayonlar tuproqlarida ko’proq uchraydi, ayrim avlodlar (Choanephora, Cunninghamella, Rhizopus) janubiy tuproqlarga to’g’ri keladi.
- I.P. Babevoyning ma’lumotiga ko’ra, tundra tuproqlari yuzasida uchraydigan achitqi zamburug’lari torfli tuproqlar yuzasining asosiy qismini egallagan. Tundra tuproqlarida dominantlik qiluvchi achitqi zamburug’lari turlari tirik va o’lik o’simlik qismlariga xos va xarakterli hisoblanadi. Ular bazidiomitsetlarga mansub (Rhodotorullar, Rhodosporidium, Cryptococcus).
- O’rmon biogetsenozida ko’pgina achitqi zamburug’lar chirindilar tagida uchraydi va ular bazidiali zammburug’lar (Rhodotorula, Rhodosporidium, Cryptococcus avlodlari) guruhini hosil qiladi. Tuproqning mineral gorizontida achitqilar kam uchraydi. Bu joyda tipik dominantlik qiluvchilarga – askosporali zamburug’lardan Lipomyces starkeyi, bazidiyali zamburug’lardan esa – Candidata va Cryptococcus kabilar ko’p uchraydi.
- Dasht biogetsenozida o’simlik qoldiqlari achitqilarga juda boy hisoblanadi. Bu joyda Cryptococcus, Aureobasidium, Rhodosporidium va boshqa avlodlaga mansub 14 turga yain zamburug’ turlari uchraydi. Bunday tuproqlarda Lipomycestetrasporium dominantlik qiladi.
- Chala cho’l va cho’l tuproqlarida o’simliklarda achitqi avlodlaridan Sporodiobolus, Tilletiopsis va Sporobolomyces kabi balistospora hosil qiluvchi va qurg’oqchilikka chidamli hamda havo oqimi bilan tarqaluvchi – xlamidosora hosil qiluvchi zamburug’lar tarqalgan. Ammo ularning soni uncha ko’p emas. Achitqilar sanab o’tilgan regionlar tuproqlarining yuza qatlamida emas, balki 20 sm gacha bo’lgan qatlamida uchraydi. Lypomices cho’l tuproqlarida uchraydi, ammo bu tuproqlarda Cryptococclar dominantlik qiladi
- Aktinomitsetlar Aytish muinki, bir qator aktinomitset turlari (albus, griseus, globisporius, violaceus) ko’p uchrasa, ularning ichidan violaceus va asporagen albus kabi turlari janub tuproqlarida juda keng mashstabda tarqalgan. Bir guruh aktinomitsetlar (fradius, flavus, chromogenes, rubroaurantiacus) o’rmon bo’z tuproqlarida sezilarli darajada keng tarqalgan. Janubga qarab brogan sayin ularning son jihatda ko’payib borishi kuzatiladi. Masalan, verticillatus va asporogen formali flavus va chromogenus avlod vakillari janub tuproqlarida ustunlik qiladi.
- Oligotrof mikroorganizmlar
- Oligotrof mikroorganizmlar A.Zavarzin ta’kidlaganden “tarqoq mikroflora” gurhiga mansub hisoblanadi. Bu guruh juda xilma-xil hisoblanadi. Bu guruhga tarkiban kambag’al substratlarda rivojlana oluvchi juda ko’p tipik saprofit mikroorganizmlar kiradi. Oligotrof mikroorganizmlarni tuproq suspenziasini kambag’al ozuqa muhitiga ekish orqali aniqlash mumkin
- Ular yangi guruh mikroorganizmlar deb yuritiladi va shartli ravishda to’rtta guruhga ajratiladi
- Birinchi guruh – kurtaklanuvchi bakteriyalar. Bu kichkina tayoqchasimon mikroorganizmlar, odatda oxirida kurtak hosil bo’lishiga olib keluvchi protoplazmatik gifalar hosil qiladi. Kurtaklansihdan so’ng oxirgi kurtak bo’linib, yangi mikroorganizmni hosil qiladi. Yosh tayoqchalar harakatchan hisoblanadi.
- Bu guruhga: shoxlanmaydigan gifaga hosil qiluvchi – Hyphomikrobium; shoxlanuvchi gifa hosil qiluvchi – Psedomicrobium; polimorfizm xususiyati mavjud bo’lgan – Hyphomonas; gifa hosil qilmaydigan, ammo kurtaklarini hujayrada hosil qiluvchi - Blastobacter kabilar kiradi
- Ikkinchi guruh – prostekobakteriyalar. Hujayrasida 0,3 mkm va undan kichik o’simtalari mavjud bo’ladi. Bu o’simtalar hujayraning bir qismi bo’lib, hujayra qobig’i, tsitoplazmatik maembrana va tsitopazmaga ega bo’ladi.
- Prosterkobakteriyalarga bir qator avlod vakillari mansub bo’lib, ularga: Prosthecomicrobium – tayoqchasimon bakteriyalar bo’lib, bo’linish yo’li bilan ko’payadi, eniga 2 mkm, uchi o’tkirlashgan juda ko’p o’simtlari mavjud; Ancalomicrobium – morfologik ko’rinishi dastlabki avlod vakillariga o’xshash bo’lib, 2 mkm dan uzun bo’lgan panjasimon o’simtalari mavjud bo’lib, kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi; Labrys – radial nursimon hujayraviy ko’rinishga ega bo’lgan, ko’rinshi ikki uchli bo’ltaga o’xshash bo;lib, kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi; Stella – dengiz yulduzi shaklidagi, radial-nursimon simmetriyaga ega bo’lib, ko’pay ishi oddiy bo’linish yo’li bilan amalga oshdi. Prostekobakteriyalarga yan bir qator mikroorganizmlar mansubdir.
- Uchinchi guruh – tayoqchasimon (poyasimon) bakteriyalar. Ular uchun vibrionsimon yoki tayoqchasimon hujayraga ega bo’lgan, butun hujayrani qoplab turuvchi poya hosil qiladi. Poya hosil bo’lguncha, yosh hujayralar xivchinga ega bo’ladi. Poyalar bu bakteriyalarni substratga birikib turish vazivasini bajaradi. Toza kulturada, mikroorganizm populyatsiyalaro ko’p bo’lgan joylarda, ko’pgina hujayralar bir-biriga birikib rozetka hosil qiladi. Ko’payishi tortilib bo’linish orqali amalgam oshadi.
- Bu guruhga tuproqda juda kam uchraydigan bakteriya avlodlari: Caulobacter va Asticcacaulis avlodi vakillari kiradi. Birinchi avlod vakillarida poyachalar hujayraning oxirida hosil bo’ladi, ikkinchi guruhdagilarda esa hujayraning yon tomonida hosil bo’ladi.
- To’rtinchi guruh – halqasimon bakteriyalar. Ularning hujayralari buralgan ko’rinishda bo’lib, harakatsiz, oddiy bo’linish orqali ko’payadi. Bu guruhga: buralgan hujayraga ega bo’lgan – Mycrocyclus; tayoqchasimon hujayraga ega bo’lgan – Renobacter; spiralsimon hujayraga ega bo’lgan – Spirosoma avlodlari kiradi.
- Ba’zi bir oligotrof mikroorganizmlarning sistematik ko’rinishini aniqlash biq qadar mushkulligicha qolib ketmoqda. Bu o’zaro bir nechta hujayrasi birikib, yulduzsimon ko’rinishni hosil qiladigan – Seliberia avlodiga mansub bakteriyalarga tegishlidir. Ko’payishi kurtaklanish orqali amalga oshadi. Ularning yosh hujayralari harakatchan bo’ladi.
E’tiboringiz uchun Rahmat - E’tiboringiz uchun Rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |