Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi, ongning faoliyatda



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
1.4.Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi, ongning faoliyatda 
rivojlanish prinsipi 
XX  asrning  30-yillarning  o‘rtalariga  kelib  psixologiya  fanining  asosiy 
printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyatning birligi printsipi, psixikaning 
faoliyatda taraqqiy etish printsiplari aniq ifodalab berildi.  
Determinizm  tamoyili.  Bu  tamoyilga  binoan  psixika  yashash  sharoiti  bilan 
belgilanadi.  Yashash  sharoitining  o‘zgarishi  bilan  psixika  ham  o‘zgaradi.  Inson 
tug‘ilgandan  keyin  qanday  sharoitda  yashasa,  unga  yashash  muhiti  qanday  ta‘sir 
qilsa,  qanday  ta‘lim-tarbiya  olsa  u  shu  sharoit,  muhitda  shakllanadi,  uning  ongi 
ham  shu  muhit  ta‘sirida  rivojlanadi.  Chunki,  inson  ongining  paydo  bo‘lishi, 
shakllari va taraqqiyoti hayot uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalar ishlab chiqarish 
usullari  taraqqiyotining  qonunlari  bilan  belgilanadi.  Shuningdek,  ijtimoiy  tarixiy 
xarakterga  ega  ekanligini  tushunish  inson  ongining  ijtimoiy  turmushga 
bog‘liqligini  ko‘rsatadi.  Insonning  yashagan  muhiti  uning  ongini  qanday 
rivojlanishiga ta‘sir qiladi. U shu muhitda shakllanadi. 
Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Bu tamoyilga binoan ong va faoliyat bir-
biriga  qarama-qarshi  ham  emas,  aynan  bir  narsa  ham  emas,  ular  bir  butunlikni 
tashkil qiladi. Inson faoliyat ko‘rsatar ekan uning mazmunini, motivlarini, qanday 
bajarish kerakligini ongida rejalashtiradi va ular yordamida tevarak-atrofni qurshab 
olgan muhit bilan munosabatga kirishadi. 
Ong  va  faoliyatning  birligi  tamoyili  psixologlarning  faoliyatni  o‘rganish 
orqali  xatti-harakatlardan  ko‘zlangan  maqsadga  muvaffaqiyatli  erishishini 
ta‘minlovchi  ichki  psixologik  mexanizmlarni,  ya‘ni  psixikaning  obyektiv 
qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. 
Psixika  va  ongning  faoliyatda  taraqqiy  etishi  tamoyili.  Bu  tamoyilga  binoan 
psixika  va  ong  faoliyatda  rivojlanadi  va  u  faoliyat  natijasidir.  Insonning  psixik 
taraqqiyoti  o‘yin,  o‘qish  va  mehnat  faoliyati  bilan  bog‘liqdir.  Bu  faoliyatlarsiz 
psixik taraqqiyotni tasavvur qilish mumkin emas. Masalan: bola o‘yin orqali o‘zaro 
munosabatlarga  kirishadi,  nutqni  egallaydi,  narsa  va  hodisalarni  idrok  qiladi, 
xotirasida  saqlaydi,  tasavvur  qiladi,  fikr  yuritadi,  xayol  qiladi.  O‘yinda  xarakter 
shakllanadi.  O‘z-o‘zini  anglaydi.  Faoliyat  jarayonida  ota-bobolarining  ijtimoiy 
tajribalarini  o‘rganadi.  Bu  esa  taraqqiyotning  faqat  insongagina  xos  bo‘lgan 
maxsus  shakli  sifatida  yuz  beradi.  Bola  ta‘lim  jarayonida  psixik  taraqqiyotning 
yakka shakllarini mustaqil, faol fikr yuritish, mavhum fikrlash kabilarni egallaydi. 


11 
 
Bu  esa  uning  ongini  yana  ham  rivojlanishiga  olib  keladi.  Demak,  ong  faoliyatda 
namoyon  bo‘lib,  faoliyatda  tarkib  topadi.  Psixika  va  ong  taraqqiyot  mahsuli  va 
faoliyat  natijasi  ekanligini  hamma  otaonalar,  tarbiyachi  va  o‘qituvchilar  bilishlari 
lozim. 
Psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili uni klassifikatsiya qilish imkonini 
eradi. Shu nuqtayi nazardan psixologiya sohalarining mazmuni va vazifasiga qarab 
uni klassifikatsiya qilish va tuzilishini aniqlash mumkin.  
Hozirgi zamon psixologiyasi quyidagicha klassifikatsiya va tuzilishga ega: 
I. Aniq faoliyatning psixologik tomoni. 
II. Taraqqiyotning psixologik tomoni. 
III. Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni. 
I. Psixologiyaning aniq turdagi inson faoliyati psixik muammolarni o‘rganuvchi bir 
qator sohalarni o‘z ichiga oladi. 
1. Mehnat psixologiyasi (mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, uni ilmiy 
tashkil qilishning psixologik tomonini o‘rganadi). 
2.  Muhandislik  psixologiyasi  (mashina  bilan  inson  o‘rtasidagi  vazifalarni 
taqsimlash, muvofiqlashtirish, avtomatlashtirish jarayonini o‘rganadi). 
3.  Pedagogik  psixologiya  (ta‘lim,  tarbiya,  o‘qituvchi  psixologiyasi  muammolarini 
o‘rganadi). 
4.  Tibbiyot  (meditsina)  psixologiyasi  (bemorning  xulq-atvori  va  shifokorning 
faoliyatini o‘rganadi). 
Shuningdek,  psixik  hodisalar  bilan  miyadagi  fiziologik  tuzilmalarni  o‘rganadigan 
neyropsixologiya, 
psixik 
faoliyatga  ta‘sir  qiluvchi 
dorivor 
moddalarni 
o‘rganadigan 
psixoformakologiya, 
davolashga 
ta‘sir 
etuvchi 
vositalarni 
o‘rganuvchi  psixoterapiya,  inson  sog‘lig‘ini  ta‘minlash  uchun  turli  tadbirlarni 
ishlab chiquvchi psixoprofilaktika psixologiyasi ham shular jumlasidandir. 
5.  Yuridik  psixologiya:  sud  ishi  psixologiyasi  (jinoyatni  ochish),  criminal 
psixologiya (jinoyat motivlarini aniqlash), penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati 
psixologiyasi kabilar kiradi. 
6. Harbiy psixologiya (jangovor harakatlarni o‘rganuvchi psixologiya). 
7. Sport psixologiyasi (sportchilar shaxsini o‘rganadi). 
8.  Savdo  psixologiyasi  (sotuvchi  va  xaridorlarning  o‘zaro  munosabatlari 
psixikasini o‘rganadi). 
9. Ilmiy ijodning psixologiyasi (ijod qiluvchi shaxsning faoliyatini o‘rganadi). 
Inson  faoliyati  turli-tumandir.  Hozirgi  kunda  har  bir  faoliyatning  psixologiyasini 
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
II.  Taraqqiyotning  psixologik  tomoni.  Taraqqiyotning  xususiyatlarini  asos  qilib 
olib, uni o‘rganadigan psixologiya turlari ajratiladi. 
Bular: 1. Bolalar psixologiyasi. 
2. Yoshlar psixologiyasi. 
3. O‘smirlar psixologiyasi. 
4. O‘spirin yoshlar psixologiyasi. 
5. Katta yoshli kishilar psixologiyasi. 
6. Geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi). 
7. Maxsus (anomal taraqqiyot) psixologiya. 


12 
 
Shuningdek,  bunga  patopsixologiya  (psixik  taraqqiyoti  normadan  oqqan) 
oligofreno  (miyaning  tug‘ma  kamchiliklari  bilan  bog‘liqligini  o‘rganadi), 
Surdopsixologiya  (karlar),  tiflopsixologiya  (ko‘r  yoki  xira  ko‘radigan  kishilar 
psixologiyasi) kabilar kiradi. 
8. Qiyosiy (psixik hayotning nasliy shakllarini tekshiradi) psixologiya. 
Bunga zoopsixologiya (tur, jins, oilaga mansub hayvonlar psixikasini o‘rganadigan 
fan),  etologiya  (hayvonlar  xatti-harakatining  tug‘ma  mexanizmini  o‘rganadigan 
fan) kabilar kiradi. 
III.  Insonni  jamiyatga  bo‘lgan  munosabatining  psixologik  tomoniga  mansub 
bo‘lgan psixologiyalar faoliyat va taraqqiyotda yuz beruvchi psixik hodisalarni o‘z 
ichiga oladi. Bunga:  
1.  Jamoada  odamlarni  o‘zaro  munosabatlarini  va  unda  yuzaga  keladigan  psixik 
hodisalarni  o‘rganadigan  ijtimoiy  psixologiya,  din  psixologiyasi  ham  (diniy 
tasavvurlar,  hissiyotlarning  kelib  chiqishi,  diniy  jazava  (zikr)larni  o‘rganish  bu 
psixologiyaning ajralmas qismidir. 
2.  Inson  shaxsining  individual  psixologik  yoki  differensial  (farq)  xususiyatlarini 
o‘rganadigan shaxs (yoki differensial) psixologiyasi. 
3.  Shaxsning  kasbga  bog‘liq  qobiliyatlarini,  kasbga  yaroqli  ekanini  aniqlovchi 
xarakterologiya, individual psixologik ayirmalar tipologiyasi, professiografiya. 
4.  Umumiy  psixologiya.  Bu  psixologiya  psixik  taraqqiyotning  umumiy 
qonuniyatlarini,  tadqiqot  usullarini,  psixologiya  fani  asoslab  bergan  tamoyillarni, 
psixologiya  faniga  kirib  kelgan  asosiy  ilmiy  tushunchalarni  xarakterlab  beradi.  U 
psixik  jarayonlar  (bilish  jarayoni,  iroda,  hissiyot,  psixologik  holatlar)  va 
xususiyatlarni shaxs ongi faoliyatida rivojlanadi degan tamoyil asosida o‘rganadi. 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish