Diqqatning bir ob‟ektdan ikkinchi bir ob‟ektga o‟tishi diqqatning
ko‟chishi deb ataladi
. Bunda bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish sharoitida
oxirgi faoliyat samaradorligi susaymasligi kerak. Masalan, shaxs aqliy faoliyat
bilan mashg‘ul, so‘ngra u biron bir jismoniy faoliyatga ko‘chib o‘tdi, so‘ngra
musiqa asbobida kuy chaldi va boshqalar. Har safar bir faoliyat turidan
ikkinchisiga o‘tgan vaqtda ma‘lum vaqt talab etiladi. Bu esa unga roslanish,
adaptatsiya qilish va yangi faoliyat turiga ko‘nikma hosil qilishni talab etadi. Agar
faoliyat mashqlantirib borilsa, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tganda
diqqatning samaradorligi susaymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |