Termiz davlat universiteti "pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/263
Sana16.01.2022
Hajmi3,45 Mb.
#378627
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   263
Bog'liq
umumiy pedagogika

asosiy  yo'llari
  0‘qituvchining  malaka  oshirish  kurslariga 
ishtiroki,  ustoz  murabbiylar  rahbarligidagi  mashg‘ulotlar  (ulardan  pedagogik  texnika  sirlarini 
o‘rganish)  va  mustaqil  (kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalash)  ishlashdir.  Pedagogik  texnika 
ko'nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik 
texnikani  egallashda  va  uni  takomillashtirishda  kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalash,  ya’ni 
talabalik  yillarida  o‘zida  tajribali  0‘qituvchilarning  shaxsiy  fazilatlarini  va  kasbiy  malakalarini 
shakllantirishga  qaratilgan  faoliyat  yetakchi  rol  o‘ynaydi,  deb  aytish  mumkin.  Kasbiy  ideal  sari 
intilishda bu harakat pedagogik texnikani egallashda muhim rol o‘ynaydi. 
5.
 
Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlari individual, guruh yoki ketma-
ketlikda  o‘tkaziladi.  Masalan,  zarur  bilimlar  ma’ruzalarda  yoki  tegishli  adabiyotlarni  mustaqil 


 
 
56 
 
o‘qish  asosida,  integratsion  bilimlarni  egallash,  portal,  kompyuter  texnologiyalari  yordamida 
egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar (turli artikulyatsiya, fonatsion 
nafas  olish  usullari,  relaksatsiya  usullari  va  shu  kabilar)  o‘qituvchi  tomonidan  muntazam 
mashg‘ulotlar  asosida  egallanadi.  Tegishli  ko‘nikmalarni  ishlab  chiqish,  individual  ishlashni 
dastlab o‘qituvchining nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ishlash talab qiladi. 
6.
 
Pedagogik  texnika  malakalarini  shakllantirishda  0‘qituvchining  jamoada  faoliyat  olib 
borishi  va  mashg‘ulotlarda  o‘z-o‘zini  nazorat  qilishi  alohida  rol  o‘ynaydi.  Pedagogik  texnika 
mashg‘ulotlarining  bu  shaklini  ancha  batafsilroq  ochib  berish  maqsadga  muvofiqdir,  chunki  u 
hozirga qadar o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv va metodik adabiyotlarda ma’lum darajada 
ko‘rsatib berilmagan. 
Har qanday jamoada, xoh o'qituvchilar, xoh o'quvchilar jamoasi bo'lsin, o'qituvchi ular oldida o'zini 
boshqa  kishilar  ko'zi  bilan  ko'rishi,  hulq-atvor  va  muomalaning  yangi  shakllarini  izlab  topishi  va 
sinab  ko'rishi,  o'zining  jamoa  bilan  birga  bajaradigan  ishi  xususiyatlarini  anglashi  lozim. 
Shundagina  pedagogik  faoliyatning  individual  uslublarini  ongli  ravishda  shakllantirish  imkoniyati 
paydo bo’ladi. Jamoa shaxsning o'z-o'zini bilishi va o'z-o'zini tarbiyalash laboratoriyasi, pedagogik 
vazifalarni  hal  qilishning  yangi  usullarini  tekshirib  ko'radigan,  nazariy  va  amaliy  masalalar,  turli 
muammolar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bo’lib qolishi mumkin. 
Psixologlar  pedagogik  texnikaning  keng  imkoniyatlarini  jamoa  bo'lib  o'rganishni,  o'qituvchilar 
orasida  bunday  jamoalarning  eng  qulay  miqdorini  10-14  kishidan  iborat  etib  belgilashni  ta’kidlab 
o'tadilar. Qatnashchilarning xuddi shunday miqdori ulardan har birining boshqa o'qituvchilar bilan 
birga  faoliyat  olib  borishda  individual  psixologik  muammolarini  juda  to'liq  ravishda  aniqlab  hal 
etish,  refleksiv  va  empatik  darajasini  jiddiy  oshirish,  kasbiy  pedagogik  fahm-farosatini 
rivojlantirish, boshqalarga ta’sir etish vositalarining kengaytirish imkoniyatlarini ochib beradi. 
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo’lajak o'qituvchilar kasbiy hamkorlik jihatidan 
birga  ishlash  malakalarini  egallashga  faol  intilishlari,  o'z-o'zini  bilish  va  kasbiy  jihatdan  o'z-o'zini 
tarbiyalash  bo'yicha  muvaffaqiyatli  faoliyat  olib  borishga  psixologik  jihatdan  tayyor  bo‘lishlari 
kerak. 
Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashg'ulotlar boshlanishidan oldin pedagogik 
texnikani  egallashning  individual  dasturi  tuzib  chiqilishi  lozim.  Bunday  dastumi  tuzish  uchun 
avvalo  pedagogik  texnika  malakalarini  shakllantirishning  boshlang'ich  darajasini  aniqlab  olish  za-
rur.  Biroq,  tajribalarning  ko'rsatishicha,  odatda,  mazkur  bosqichda  faqat  malakalar  haqidagina 
emas,  shu  bilan  birga  dastlab  avtomatlashtirilgan  (ta’limni  boshlash  vaqtiga  kelib)  ko'nikmalar 
haqida ham  mulohazalar olib borish mumkin.  Masalan, nafas  olish  va ovozning tabiiy bir holatga 
qo'yilishi,  so'zlarni  to'g'ri  talaffuz  qilish,  bundan  oldingi  tarbiyaviy  metodlaming  natijasi  bo’lgan 
savodli, ifodali nutq, mimik va pantomimik harakatlar bo’lishi mumkin. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish