Termiz davlat universiteti "pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika


 Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni Bosh



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/263
Sana16.01.2022
Hajmi3,45 Mb.
#378627
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   263
Bog'liq
umumiy pedagogika

5
 Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni Bosh
 
tahririyati, 1993, 27-28-bet. 


 
 
21 
 
qo’llaniladigan  so’zlar)  hamda  kontselyarizm  (o’rni  bo’lmagan  vaziyatlarda  rasmiy  so’zlardan 
foydalanish) kabi norasmiy so’zlardan holi bo’lishi,  
11.  O’qituvchining  kiyinish  madaniyati  o’ziga  xos  bo’lishi,  ya’ni  sodda,  ozoda,  bejirim 
kiyinishi,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o’quvchining  diqqatini  tez  jalb  etuvchi  turli  xil  bezaklar 
(oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, 
soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi. 
12.  O’qituvchi    ta’lim    muassasasida    sinf    jamoasining    asosiy  tashkilotchisi  va  ta’lim 
sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.  
13.  O’qituvchi  pedagogik  muloqot  jarayonining  faol  ishtirokchisi  ekanligini  unutmasligi 
shart.  Shuning  uchun  kasbiy  faoliyatida  o’zida  bir  qator  pedagogik  sifatlarni  tarkib  toptirib 
borishi zarur. 
14.  O’qituvchi  eng  avvalo,  mulohazali,  bosiq,  har  qanday  pedagogik  vaziyatni  to’g’ri 
baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.  
 
O’quvchi,  ota-onalar  hamda  hamkasblari  bilan  muloqot  jarayonida  fikrini  aniq  va  lo’nda 
bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni 
salbiy  holatlar  haqidagi  dalillarni  keltirishdan  boshlamasligi,  aksincha,  o’quvchi  (yoki  hamkasbi, 
ota-onalar)ning  muvaffaqiyatlarini  e’tirof  etishi,  ularni  yanada  boyitishga  ishonch  bildirishi  bilan 
muloqotni  tashkil  qilishi  lozim.  Muloqot  jarayonida  o’qituvchining  so’zlaridan  suhbatdoshiga 
nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.  
 
O’qituvchi  shaxsining  mazkur  talablarga  muvofiq  keluvchi  qiyofasi  uning  o’quvchilar, 
hamkasblari hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi. 
 
Hozirgi  sharoitda  jamiyatning  o’qituvchilik  kasbiga  nisbatan  qo’yayotgan  talablari 
kun  sayin  ortib  bormokda  va  bu  talablarni  amalda  to’g’ri  tashkil  qilish  vazifasi  o’qituvchiga 
bog’liq. Zamonaviy maktab o’qituvchisi
 
qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi avvalo sinfdagi o’quv 
jarayonining  tashkilotchisidir.  Jamiyatning  o’qituvchi  oldiga  qo’yadigai  acociy  talablari 
quyidagilar: 
-
 
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg’onish  mafkurasining hamda 
umuminsoniy  boyliklarning  mohiyatini  bilishi,  bolalarni  mustaqillik  g’oyalariga  sodiqlik  ruhida 
tarbiyalashi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan muxabbati; 
-
 
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo’lishi; 
-
 
yosh  pedagogik  psixologiya,  pedagogika  va  psixologiya,  yoshlar  fiziologiyasi,
 
maktab gigienasidan o’z kasbiga doir bilimlarga mukammal bilishi; 
-
 
o’z  kasbi  bo’yicha  jahon  fanida  erishilayotgan  so’nggi  yutuqlar,  kompyuter  va 
axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor bo’lib borishi; 
-
 
ta’lim-tarbiya metodikasidan ko’nikma va malakalarini oshirib borishi; 
-
 
o’z kasbiga ijodiy yondashishi; 
-
 
pedagogik  texnika  (mantiq,  nutq  ta’limining  ifodali  vositalari)  va  pedagogik  taktga 
ega bo’lishi; 
-
 
o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. 
Muvaffaqiyatli  ishlash  uchun  har  bir  o’qituvchi  pedagogik  mahoratga  ega  bo’lishi  zarur. 
Pedagogik  mahoratning  asosiy  qonuniyati  oz  mehnat  sarf  qilib,  ulkan  natijalarga  erishish. 
Ijodkorlik  uning  hamisha  hamrohi  bo’ladi.  Pedagogik  faoliyatga  qiziqqan,  qobiliyatli,  iste’dodli 
kishidagina  pedagogik  mahorat  hislatlari  shakllanib  boradi.  Pedagogik  faoliyat  o’z 
mohiyatiga ko’ra ijodiy xapakterga ega. O’qituvchi o’quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan 
vaziyatlarda  mustaqil  qarorlar  qabul  qiladi,  pedagogik  muammolarni  echadi,  o’quv 
jarayonini  mustaqil  boshqaradi.  Bularning  hammasi  ijodkorlikning  tub  mohiyati  ishning 
maqsadi va xarakteri bilan bog’liq. 
 O’quvchilar  bilan  olib  boriladigan  tarbiyaviy  faoliyatda,  ma’lum  maqsadga  erishmoq 
uchun o’qituvchi bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O’qituvchi o’quvchilarni o’zi 
bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:  


 
 
22 
 

 
hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo’lgan faoliyat o’quvchilar 
uchun  qiziqarli  bo’lishi,  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlariga  va  qiziqishlariga  to’g’ri 
kelishi lozim; 

 
o’quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o’qituvchi ularga  
     pedagogik va psixologik jihatdan to’g’ri vazifa qo’yishi, yo’l yo’riq   
     ko’rsatishi shart; 

 
o’quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida  
     o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi  
     vazifasini bajaradi. 
 Ijodiy  faoliyat  olib  boruvchi  o’qituvchi  faqatgina  bolalarni  muvaffaqiyatli  o’qitish  va 
tarbiyalash,  ilg’or  o’qituvchilar  ish  tajribalarini  o’rganish  bilangina  cheklanib  kolmasdan, 
tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi  zamon o’qituvchisi fan 
va  texnika  taraqqiyotining  eng  so’nggi  yutuqlaridan  foydalanishi,  o’z  kasbiy  faoliyatida  yangi 
pedagogik texnologiyalarni unumli qo’llay olishi taqozo etiladi. 
O’qituvchilik  faoliyati  faxrli  va  mas’uliyatli  kasb  ekanligi  hech  kimga  sir  emas. 
O’qituvchilik  faoliyati  juda  qadimdan  mavjud  bo’lib,  u  yuksak  darajada  qadrlangan  va 
e’zozlangan  kasbdir.  Chunki,  o’qituvchi  yosh  avlodga  bilim  bergan,  uni  ertangi  hayotga  har 
tomonlama tayyorlagan. Uning qo’lida ta’lim-tarbiya topgan bola o’z navbatida jamiyatga, uning 
ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Bir o’qituvchi yuzlab, minglab bolalarning 
kamol  topishida  o’z  hissasini  qo’shgan.  Shuning  uchun  har  doim  o’qituvchi-murabbiylik 
faoliyatini kasb qilib olgan kishilar jamiyat va davlat ardog’ida bo’lgan.  
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  asosiy  maqsadi  ham  har  tomonlama  etuk,  yuksak 
malakali qadrlar, jumladan pedagog qadrlar tayyorlashga erishishdir. 
O’qituvchilik  kasbining  faxrli  jihatlari  shundaki,  har  qanday  kasb  egasi  dastlabki 
ma’lumotni  o’qituvchidan  oladi,  jamiyat  taraqqiyotiga  bevosita  hissa  qo’shadi.  Albatta  bu 
kasbning  mas’uliyatli  jihatlari  ham  mavjud.  Jamiyat  uning  qo’liga  ishongan  holda  yosh  avlodni 
topshiradi.  U  jamiyatning  ishonchli  vakili  sifatida  yoshlarga  bilim  berishi,  ularda  Vatanga, 
mehnatga  bo’lgan  ijobiy  munosabatlarni  shakllantirishi  lozim.  Bundan  tashqari  u  pedagogik 
odobga, vijdon pokligiga ega bulmog’i kerak. 
O’qituvchining  shaxsiy  sifat  va  xususiyatlarini  bayon  etibgina  qolmay,  ular  tariflanadi,  har  biriga 
qisqacha izohlar beriladi. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan asosiy talabalar belgilab olinadi. 
Oliy  ta’lim  pedagogikasi  fanining  ta’kidlashicha  o’qituvchilik  kasbi  kishining  biologik,  anatomo-
fiziologik  xususiyatlari  bilan  ham  chambarchas  bog’liq.  Pedagoglik  faoliyati  bilan 
shug’ullanuvchilarda  qon aylanish sistemasi xastaliklari ko’p uchraydi. 
Umuman pedagoglik kasbi  o’qituvchidan quyidagi  anotomo-fiziologik  xususiyatlarni talab 
etadi. 
To’rt  muchaning  but  bo’lishi  (qo’l,  oyoq);  ko’rish,  eshitish,  nutq  organlarining  sog’lom 
bo’lishi; yurak, qon aylanish sistemasining o’z me’yorida ishlashi. 
Albatta, bunday talabni qat’iy ravishda har qanday o’qituvchiga qo’yib bo’lmaydi. Chunki, 
ayrim  jismoniy  nuqsonlarga  ega  bo’lsada,  o’qituvchilik  faoliyatida    katta  natijalarga  erishayotgan 
kishilarni  uchratish  mumkin.  Insonni  ma’lum  bir  kamchiligi    o’rnini  boshqa  yuksak  rivojlangan 
fazilati  bilan  to’ldirish  mumkin.  Bu  tabiyat  qonuni.  Eng  asosiysi  bolani  yoshligidanoq  kasbga 
to’g’ri yo’naltirish  muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shunday kasblar borki, nutq tiniqligi unda 
etakchi  o’rin  tutmaydi.  O’qituvchilikda  esa  biror  bir  harfni  ham  noto’g’ri  talaffuz  etish  mumkin 
emas. 
O’qituvchi shaxsiy xususiyatlari ichida motiv etakchi  o’rinda turadi. Motiv-o’qituvchining  
hayotda,  jamiyatda  tutgan  o’rnini,  intilishlarini  belgilab  beradi.  Ijobiy  motivga  ega  bo’lgan 
o’qituvchi  jamiyat  oldida  turgan  o’z  vazifasi  va  fuqarolik  burchini  chuqur  his  etadi,  o’z  kasbi  va 
o’quvchilarni sevadi, o’z ustida  tinmay ishlaydi. 
O’qituvchining shaxsiy sifat va xususiyatlariga qo’yidagilarni kiritish mumkin: gumanistik 
va  demokratik  yo’nalish,  jamiyatda  o’z  fuqarolik  burchini  anglab  etish,  pedagoglik  kasbi  va 
bolalarni  sevish,  pedagogik  odob,  ma’naviy,  eng  muhimi  bilimga  bo’lgan  qiziqish  va  ehtiyoj, 


 
 
23 
 
tashkilotchilik qobiliyati, o’zini tuta bilish, o’z ma’lumotini oshirish ustida ishlash va hakozo. Bular 
o’qituvchining eng muhim sifat va fazilatlari desak ham bo’ladi. Aslida, bu sifat va xususiyatlarning 
soni, miqdori nihoyatda  ko’p. 
O’qituvchining  kasbiy-pedagogik  bilim  va  ko’nikmalarini    guruhlarga  ajratib  tushuntirish. 
Ya’ni,  o’qituvchi  uchun  shaxsiy  xususiyatlarning  o’zi  etarli  emas,  balki  pedagogik  faoliyat 
ko’rsatish uchun umumkasbiy va maxsus bilim va ko’nikmalar ham zarurligi aytib o’tiladi.  
O’qituvchining  kasbiy  pedagogik  bilimlari  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi:  o’qituvchi 
pedagogika  fanining  metodologik  asoslari,  ta’lim  va  tarbiya  jarayonining  ichki  qonuniyat  va 
qoidalari,  maqsad  va  vazifalari,  mazmuni,  tashkiliy  shakl  va  usullari:  o’quvchi  bolalarning  yosh 
psixologiyasi  va  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlarini;  bolalar  anatomiyasi,  fiziologiyasi  va  maktab 
gigienasi asoslari; maxsus fanlar nazariyasi va ularni o’qitish metodikasini  chuqur bilishi zarur. 
O’qituvchi  uchun  bilimni  o’zi  etarli  emas,  balki u  nazariyani  amaliyot  bilan  bog’lay  olish 
ko’nikmasiga ham ega bo’lmog’i lozim. Buning uchun unga pedagogik ko’nikmalar kerak bo’ladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish