Termiz davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti O`zbek tili ta`lim yo`nalishi
303-guruh talabasi Shoymardonov Umidulloning malakaviy amaliyotdan tayyorlagan
HISOBOTI
07.06.2021 : Amaliyot o`tash uchun “ TerDu nashriyot – matba ”
Tahririyatiga keldim . Ish jarayoni va bosmaxona faoliyati bilan tanishdim . Bunda bizga mutaxasis Abdunazar Bo`riyev yordam
berdi.
08.06.2021 : Amaliyot o`tash jarayonida “ Surxondaryoda ilm va fan ”
Jurnali nusxasining tahririni o`rganishni boshladik.
09.06 .2021 : “ Surxondaryoda ilm va fan ” jurnali ma`qolalarida
uslubiy ,imloviy va punktuatsion xatolar va kamchiliklar tahririni o`rgandik.
10.06.2021: “ Surxondaryoda ilm va fan ” jurnali maqolalarida
Imloviy va uslubiy va punktuatsion xatolar va kamchiliklarni tahrir qilishni tugatdik .
11.06.2021 : “ Filologik tadqiqotlar .til, adabiyot va ta`lim ”
Jurnalining nuxsasining tahririni o`rganishni boshladik .
12.06.2021: “ Filologik tadqiqotlar .til, adabiyot va ta`lim ”
Jurnalidagi “ Ogahiyning shaxsiyati va she`riyati hususida ”
maqolasining tahririni ko`rib chiqdik.
13.06.2021: “ Filologik tadqiqotlar .til, adabiyot va ta`lim ”
Jurnalidagi “ maqolalar tahririning uslubiy , imloviy , punktuatsion
Xato va kamchiliklarini tahrir qilishni tugatdik.
14.06.2021: “ O`zbekiston o`z uyimiz ” kitobining adabiy va she`riy
Parchalar uslubiyatini o`rganishni boshladik . undagi she`riy parchlar uslubiyatini o`rganishni boahladik.
15.06.2021: : “ O`zbekiston o`z uyimiz ” kitobidagi adabiy va she`riy parchalar va uslubiy , imloviy , punktuasion xato va kamchiliklarini
Ko`rib chiqdik.
16.06.2021: “ O`zbekiston o`z uyimiz ” kitobidagi adabiy va she`riy parchalar , uning xato va kamchiliklarini tahrir qilishni tugatdik .
17.06.2021: “ Termiz universiteti ” gazetasidagi maqolalarning tahririni
Boshladik uslubiy, imloviy , punktuatsion kamchiliklarini tahrir qildik .
18.06.2021: “ Termiz universiteti ” gazetasidagi “ TArbiya faqat ilm dargohida… mi? ” maqolasining tahririni ko`rib chiqdik .
19.06.2021:” Termiz universiteti “ gazetasidagi “ urushning rangi ”
Maqolasi tahririni ko`rib chiqdik . Amaliyotimiz jarayonida biz tahrir jarayoni , kitoblar nashri , gazetalar nashri faoliyatini o`rgandik va
Yetarlicha bilim , ko`nikma va malakaga ega bo`ldik.
Amaliyotimiz davomida biz “ TerDu nashriyot – matba ” uyida
Ko`pgina jurnal va gazetalar tahririyati , ommaviy axborot vositalarining
Xalq hayotidagi o`rni va vazifasining qay darajada ahamiyatli ekanligini o`rgandik . “ TerDu nashriyot – matba ” markazi o`z qamroviga
“ Surxandaryoda ilm va fan ” jurnali , “ Termiz universiteti “ gazetasi,
“ TerDu bosmaxonasi ” ni o`z ichiga oladi .
Dastlab bizga soha mutaxasislari , jumladan Abdunazar Bo`riyev ish
Jarayoni bilan tanishtirdi .
Biz barcha xodimlar bilan tanishdik .
Amaliyotimizning navbatdagi kunida esa biz kitob qo`lyozmalarini
Tahrir qilishni boshladik. Navbatda biz Nematov Bo`ritosh Saydullayevich rahbarligida yozilgan “ Boshlang`ich sinf o`quvchisining
Komunikativ komponentligi va kreativ salohiyati darajasini aniqlovchi mezonlar “ ( uslubiy qo`lyozmasi ) ning xomaki nusxasini tahrir qilishni boshladik. Tahrirda biz qo`llanmaning uslubiy, imloviy , punktuatsion xatolarini tekshirdik.
Keying amaliyotimiz davomida To`ra Rahimovning “ O`zbekiston o`z uyimiz ” deb nomlangan she`riy kitobining nashr etilish jarayonini kuzatdik va bevosita qatnashdik. Dastlab ushbu kitobning electron variantini tahrir qildik , ya`ni ushbu kitobdagi uslubiy , imloviy , punktuatsion xatolarini tekshirdik ,xatolarini tahrir qildik. Ushbu amaliyot kitobning chiqarilish davridagi ikkinchi jarayon edi .
Shundan so`ng kitobning varaqlari alohida – alohida qog`oz holatida chiqarildi. Ushbu kitob ming nusxada nashr qilindi . Amaliyotimiz
Davomida “ TreDu nashriyot -matba ” nashriyotida chop etilyotgan
Ilmiy-inavatsion jurnal hisoblangan “ Surxondaryoda ilm va fan “
Jurnalidagi “ XIX asrda Buxoro amirligi aholisi etnografiyasining rus elchisi va sayyohlari asralarida o`rganilishi ” nomli maqolasini tadqiq etdik .
Ommaviy axborot vositalarida jonli efirlar , real voqealar , voqeaning
Ildiziga borib o`rganilgan hayotiy haqiqatlar aks etmoqda .
Ommaviy axborot vositalari ( OAV ) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo`lgan hamda bosma tarzda
( gazeta , jurnal , axborotnoma , byulten va boshqalar ) yoki electron tarzda ( televideniye , teleradio, kinoxronikal dasturlar umum foydalanishdagi telekomunikatsiya tarmoqlaridagi veb saytlar ) 6 oy davomida kamida bir marta nashr etiladigan va efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari
OAV deb ko`rsatiladi.
O`zbekiston Respublikasi OAV to`g`risidagi qonun qabul qilindi . Ushbu qonun O`zbekiston Respublikasining Oliy majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 542-1 son “ Ommaviy axborot vositalari to`g`risida” gi
O`zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqidagi qaroriga asosan o`z kuchini yo`qotgan
son “ Ommaviy axborot vositalari to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi qonuniniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqidagi
2007-yil 15-yanvardagi O~RQ 78-sonli qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan . Ushbu qonun 30 moddadan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |