Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se
1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish: O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun
yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni
sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi.
Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot
to‘g‘risida axborot), gigiyenik sertifikat ilova qilinadi.
Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va
muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat
nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
Chetdan
olib
kelinayotgan
mahsulotni
sertifikatlashtirish
uchun
quyidagilar taqdim etiladi:
–
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud
bo‘lganda);
–
mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);
–
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida
belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys,
schyot-faktura) nusxasi.
Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi
buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin.
So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u
manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI
yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
SI buyurtmani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil
qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so‘rovchiga muayyan
bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan
sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o‘z ichiga olgan, shu jumladan,
o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish
sxemasi va kerak bo‘ladigan MH ko‘rsatilgan Qaror to‘g‘risida xabar beradi.
Qarorda, shuningdek sinovlarni o‘tkazadigan akkreditlangan sinov
laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim
tomonidan o‘tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo‘ljallangan
bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Tez
bo’ziladigan
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
buyurtmasi,
kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va u bo‘yicha qabul qilingan qaror, so‘rovchiga,
murojaat qilingan kunning o‘zida xabar qilinadi.
Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o‘tkazish muddati,
“Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni)
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib
ketish tartibi» to‘g‘risidagi qo‘llanmada aniqlangan.