Magistratura bo‘limi boshlig‘i:
___________ PhD. A.B. Narbayev
13
2-ilova
Magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyalari (o‘zbek va ingliz
tillarida) numunasi
5A140202 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti
Bobomuratov Sardor Abdurasul o‘g‘li “Talabalar uchun Fizika va texnika
to‘garaklarini tashkil etishning xususiyatlari”mavzusidagi magistrlik
dissertatsiyasi
ANNOTASIYASI
Tayanch so‘zlar:
Fizika, to‘garak, issiqlikdan kengayish, sinfdan tashqari,
fakultativ mashg‘ulotlar.
Tadqiqot obektlari
: Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida fizika
ta’limiga uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni.
Ishning maqsadi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy
ta’lim tizimi fizika kursi uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashda fizika
to‘garaklarining o‘rni va rolini ko‘rsatib berish.
Tadqiqot metodlari:
Analitik taxlil, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba,
pedagogik loyihalash, sistemalashtirish hamda matematik-statistik metod
Olingan natijalar va ularning yangiligi:
To‘garak mashg‘ulotlari sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy
turlaridan biri bo‘lib ushbu dissertatsiya ishida quyidagi natijalar olindi.
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni yo‘lga
qo‘yish uslublari tavsiya qilindi;
– o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni pedagogik
jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish uslublari
tavsiya qilindi;
– tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va
usullarini aniqlash yo‘llari belgalab berilgan;
- fan va texnikaning yutuqlari bilan to‘garak ishtirokchilarni tanishtirib borish,
amalda ushbu yutuqlardan foydalanib yangiliklar yaratishga intilish metodikasi
ishlab chiqilgan;
- to‘garaklardan foydalanib fizik bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish
hayotga yaqinlashtirish, amaliyotda qo‘llash, amaliy natijalar olish usullari bayon
qilingan;
- to‘garaklardan foydalanib o‘quvchilarning intellektual va fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish, tabiatni o‘rganish usullarini o‘zlashtirishni singdirish
masalalari hal etilgan;
- tajribalarni o‘tkazish usullarini o‘zlashtirish va takomillashtirish, qo‘ldan
tayyorlanadigan fizik asbob-uskunalarni yig‘ishni o‘rganish, ulardan amalda
foydalanish amaliy ko‘nikmalari uchun aniq masalalar qo‘yilgan;
Ushbu dissertatsiya ishida to‘garaklarda qo‘yish mumkin bo‘lgan bir qancha
tajribalar yoritilgan, tahlil qilingan, asoslangan va to‘garak o‘tkazishda foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |