Xulosa – oldingi qo‘lga kiritilgan bilimdan yangi bilim hosil qilish vositasi bo‘luvchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy tayanch nuqtasi sillogizmdir. Masalan, Har qanday meva inson uchun foydali gapidan anglashilgan hukm oldindan ma’lum. Endi Olma. - meva degan hukmni oldingi hukmga qiyoslash asosida uchinchi hukm kelib chiqadi: Olma inson uchun foydali. Ana shu qiyoslash asosida chiqarilgan hukm xulosa bo‘ladi. - Xulosa – oldingi qo‘lga kiritilgan bilimdan yangi bilim hosil qilish vositasi bo‘luvchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy tayanch nuqtasi sillogizmdir. Masalan, Har qanday meva inson uchun foydali gapidan anglashilgan hukm oldindan ma’lum. Endi Olma. - meva degan hukmni oldingi hukmga qiyoslash asosida uchinchi hukm kelib chiqadi: Olma inson uchun foydali. Ana shu qiyoslash asosida chiqarilgan hukm xulosa bo‘ladi.
- Muammo – nazariy bilish shakllaridan biri bo‘lib, hali o‘rganilmagan, lekin o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalani o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, u bilmagan narsamizni anglash, tadqiqot oldiga ana shu masalani bilishni qo“yish sanaladi. Oldingi bilimlarimizga tayangan holda, hali yechilmagan masalani anglash, tadqiqot oldiga to‘g‘ri va zarur muammoni qo“ya bilish ilmiy bilishning muhim bosqichidir.
- Muammo - qotib qolgan bilish emas, balki dinamik jarayondir. U bilish jarayonining ikki nuqtasini - masalaning qo‘yilishi va hal etilishini o‘z ichiga oladi.
- Faraz – faktlar asosida kelib chiqqan taxminni o‘z ichiga oluvchi ilmiy bilish shakli bo‘lib, isbot qilishga ehtiyoj sezadi. Faraziy (gipotetik) bilim nisbiy xarakterga ega bo‘lib, tekshirish, asoslashni talab qiladi. Farazlarni isbotlash jarayonida, ayrimlari haqiqiy nazariyaga aylanadi, boshqalari aniqlanadi, konkretlashtiriladi, yana boshqalari hayotda tasdiqlanmay, ilmiy muomaladan tushib qoladi.
Nazariya – borliqning ma’lum qismlari o‘rtasidagi muhim va qonuniy aloqalari haqida yaxlit tasavvur beruvchi ilmiy bilimning yuqoriroq shaklidir. Nyutonning klassik mexanikasi, Ch. Darvinning evolutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, bir butun sistemaning o‘z-o‘zidan tashkil topishi nazariyasi - sinergetik nazariya nazariy bilish shakliga yorqin misoldir. - Nazariya – borliqning ma’lum qismlari o‘rtasidagi muhim va qonuniy aloqalari haqida yaxlit tasavvur beruvchi ilmiy bilimning yuqoriroq shaklidir. Nyutonning klassik mexanikasi, Ch. Darvinning evolutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, bir butun sistemaning o‘z-o‘zidan tashkil topishi nazariyasi - sinergetik nazariya nazariy bilish shakliga yorqin misoldir.
- K.Popper ta’kidlaganidek, har qanday nazariy sistema ikki asosiy talabni qondirishi lozim: 1) ziddiyatsizlik (ya’ni mantiqning mavjud qonunlarini buzmaslik); 2) tajribaviy eksperimental tekshiruvchanlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |