O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Magistratura bo‘limi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Ro‘yxatga olindi № _____ Ro‘yxatga olindi № _____
“____” ___________2022-yil “____” ___________2022-yil
5A230102 – “IQTISODIYOT” (Tarmoqlar va sohalar) bo’yicha
mutaxassisligi
AMALIYOT (STAJIROVKA)
HISOBOTI
(Stajirovka o‘tilgan korxona) Surxondaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida
Bajardi: KARIM SURAIYA
(kurs, guruh, F.I.Sh)
Stajirova rahbari:____________________________________________________
(F.I.Sh)
Hisobot himoyaga tavsiya etiladi:_______________________________________
(F.I.Sh, imzo)
Hisobot himoyasi
bo‘yicha bahosi __________ Sana “___”__________2022-yil
TERMIZ-2022
M U N D A R I J A :
KIRISH
Umumiy qoidalar………………………………………………………
Tashqi savdo va tashqi savdo siyosatining tuzilishi………………….
Tashqi savdo siyosatining maqsad va vazifalari……………………….
ASOSIY QISM
Huquqiy asoslar va geografik imkoniyatlar……………………………
O‘zbekistonda olib borilayotgan ichki va tashqi savdo siyosati………………………………………………………………….
Tarmoqlar tarkibini Surxondaryo viloyati misolida diversifikatsiya qilish imkoniyatlari…………………………………………………………….
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
KIRISH
Bugungi glaballashuv davrida jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarmoqlar iqtisodiyotini shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshiriladi. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘pchilik qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va hokazolar) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O‘z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |