Emotsiyalar tashqi ko'rinishga xosligi va muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o'tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos. Chunki empatik (hamdard- lik) his-tuyg'ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko'tarilishiga kafolat negizidir. Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shakldagi o'ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, affektlar (emotsio- nal buhronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress holat- lari)ni va his-tuyg'ularni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |