Termiz davlat universiteti, Kimyo fakulteti, Noorganik va analitik kimyo kafedrasi, Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi magistrlarning Magistrlik dissertatsiya ishlari bo’yicha kurs ishi himoyasi bayonnomasi
Termiz davlat universiteti, Kimyo fakulteti, Noorganik va analitik kimyo kafedrasi, Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi magistrlarning Magistrlik dissertatsiya ishlari bo’yicha kurs ishi himoyasi BAYONNOMASI 2022 yil “___” __________ Termiz shahar
Qatnashdilar: dots. Jumayeva Z.E, dots. Muqumova G. J, dots. Tillayev X. R., k.f.PhD Alimnazarov B. X., k.f.PhD. Eshmurodov X. E. va Noorganik va analitik kimyo kafedrasi magistratura mutaxassisligi magistrantlari
KUN TARTIBI: Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi 1 – kurs magistrantlarining Magistrlik dissertatsiya ishlari bo’yicha kurs ishi himoyasi
ESHITILDI: Bu kurs ishi himoyasida bir yil mobaynida magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilganligi haqida kafedra mudiri dots.Tillayev X. R. so’zining boshida kurs ishi himoyasini ochib berdi. Ushbu kurs ishi himoyasida magistrantlarga berilgan dissertatsiya mavzulari haqida tayyorlangan kurs ishi taqdimotlarini ma’ruza qilishni ketma-ket ro‘yxat bo‘yicha magistrantlar turli savol - javoblar asosida o’z ilmiy ishlari bo’yicha nima ishlar bajarganliklari, qilgan amaliy va nazariy ishlari muhokama qilindi. Bu himoyada barcha magistrantlar faol qatnashishdi. Himoyaning savol-javob qismida o’qituvchilardan Alimnazarov B.X., Eshmurodov X.E. va kafedra mudiri Tillayev X.R.lar magistrlarning dissertatsiya mavzulari haqida o’zlarini qiziqtirgan savollarni berib o’tishdi. Bu kamchilliklarni keyingi o‘quv yili davomida bartaraf qilishlilikni tashkil etish bo’yicha magistrlarning ilmiy rahbarlariga bildirgi berib o‘tildi va himoya so‘ngida barcha magistrlarga o‘zlarining ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishlari tayinlandi.
QAROR QILINDI: Himoya davomida yuqoridagi taklif va mulohazalar ko’rib chiqilib, qaror qilindi:
Ilmiy ish bo’yicha ilmiy rahbarlar bilan ko’proq ishlash va turli tezis va maqolalarni chiqarish va bilim ko’nikma pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan barcha ishlarni olib borishni ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Magistrlik dissertatsiyasining tajribaviy qismida laborotoriya ishlarini olib borish uchun turli asbob uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish haqida ham alohida nazoratlar olib borilishi haqida ham qaror qabul qilindi.
Yig’ilish raisi: k.f.PhD. dots .Tillayev X. R.
Yig’ilish kotibi: kat.o’q.Muqumova G. J.