Tеrmiz davlat univеrsitеti kasbiy ta’lim kafedrasi


Amaliy ishni bajarishdagi hisobatlarga quyidagilar kiritiladi



Download 24,49 Mb.
bet106/174
Sana26.06.2022
Hajmi24,49 Mb.
#706595
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174
Bog'liq
МАЖМУА тайёри

Amaliy ishni bajarishdagi hisobatlarga quyidagilar kiritiladi:
1.Duradgorlik o‘quv ustaxonasida ish o‘rni va jihozlari. Yog‘och va uning tuzilishi.
2.Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari. Duradgorlik ustaxonasining ichki tartib qoidalari.
3.Texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish tozaligi va gigiena qoidalari mavzulari boyicha refarat tayyorlash.
Mustaqil ta'lim uchun topshiriklar
O‘quv ustaxonasida ish o‘rnini tashkil etish. mavzulari boyicha refarat tayyorlash.
Nazorat uchun savollar:
1. Durodgorlik o’quv ustaxonalarini jixozlash?
2. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari?
3.Yog’chga qo’l bilan ishlov berishda texnika xavfsizligi, gigiena qoidalari?


Amaliy mashg'ulot


Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi.


Ishdan maqsad: Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi. Yog‘och materialini kesish to‘g‘risida umumiy tushuncha. Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari. Yog‘och materiallarini rejalash, yo‘nish, arralash, randalash. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish.


Nazariy ma’lumotlar:


DURAGORLIK ISH O’RNI VA UNI JIHOZLASH
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarini jihozlashda duradgorning ish o‘rnini to‘g‘ri va har tomonlama to‘liq tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Chunki o‘quvchilarning o‘zlariga topshirilgan ishlarni erkin va qulay, aniq va yaxshi sifatli qi-lib bajarishlari ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil etilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Duradgorlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan barcha turdagi asbob-uskuna va moslamalar bilan jihozlangan, ishni bajarish tartibini ko‘rsatuvchi texnik hujjatlar hamda buyum tayyorlash uchun kerak bo‘lgan yog‘och materiallar bilan ta’minlangan duradgorlik o‘quv ustaxonasining bir qismi duradgorlik ish o‘rni deb ataladi.
Duradgorlik ish o‘rnining asosini dastgoh (duradgorlik verstagi) tashkil etadi. Dastgoh barcha turdagi duradgorlik ishlari bajariladi­gan, maxsus oyoqlarga o‘rnatilgan ish stolidan iborat bo‘lib (4-rasm), unda arralash, randalash, o‘yish-teshish, "Qismlgarni biriktirish kabi ishlar bajariladi. Stolning asosiy qism-lari bo‘ylama va ko‘ndalang tiskilardan, ponalar o‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qo‘yish uchun moslangan novdan iborat.
Har bir ish o‘rniga tegishli individual asbob-uskunalar, yog‘och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o‘rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg‘a kabi asboblarning Dastalari ishlovchiga qaratilib teriladi. ;
Individual asboblarni devorga osilgan maxsus asboblar tokchasiga yoki dastgoh oyoqlarini biriktiruvchi bo‘ylama ka-shaklarga taglik taxta o‘rnatib, unga terib qo‘yilishi mumkin. Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun-qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab ti-lish va qirqish turli hollarda olib boriladi.
Qisqa va ensiz yog‘ochtaxtalarni arralashda ular bo‘ylama tiskiga qistirib olinadi. Enlik taxtalar ish taxtasi usti-dagi ponalar orasiga o‘rnatib tilinadi. Bu holda taxtaning tilib olinadigan qismi ish taxtasidan chetga chiqarib o‘rna­tiladi.
Uzun o‘lchamdagi taxta materiallar ish taxtasi ustida qo‘z-g‘almas ponaga tirab arralanadi.
(Taxtalarni randalashda ularning uzun-qisqaligiga qarab ko‘chirib olib-qo‘yiladigan ponalar orasiga o‘rnatiladi. Tax-tani ponalar orasiga o‘rnatishda bo‘yla"ma tiskini ketinga qa­rab masofadan ortiq surmaslik kerak (4-rasm). Aks holda surish vinti rezbasi uzilib, tiski ishdan chiqishi mumkin. Agar randalanadigan taxta ponalar orasiga sig‘masa, pona ol-ding‘ylarga ko‘chirib o‘rnatiladi. Enlik taxtalarning cheti (qirrasi) ko‘ndalang tiskiga o‘rnatilib randalanadi. Taxtaning ikkinchi uchi yon ponalar yoki maxsus tirgaklar ustiga qo‘yiladi.
3-rasm. Duradgorlik dastgohining balandlngini tekshirish


4-rasm. Duradgorlik dastgohi va uning yordamida bajariladigan ishlar:
1 — oldingi iskanja — (yon tiski); g —ish taxtasi; 3 — nov; 4 — orqa iskayaja —• (bo‘ylama tiski); 5 — asboblar tokchasi; 1— ponalar orasiga o‘rnatib ravdalash; Il,lV— oldingi iskanjaga qistirib randalash; III —orqa iskanjaga qistirib tnlnsh.
Oyish-teshish ishlarini bajarishda teshiladigan taxta ma­terial ish taxtasi ustiga ponalar orasiga o‘rnatilib, bo‘ylama tvski yordamida qotirib qo‘yiladi. Teshik ochishda dastgoh ish taxtasi o‘yilib qolmasligi маqсадида тешиладиган тахта os­tita ehtiyot taxtasi o‘rnatib olish tavsiya etiladi.
ehtiyot taxtachasi oddiy yoki presslangan faneradan tayyorlanib, uning ikki uchiga qarama-qarshi tomondan reykachalar mixlvnadn (4-rasm, V). Ehtiyot taxtachasidan foydalanib arralash qirqish (4-rasm, VI) va o‘yish-teshish (4-rasm, VII) ishlari olib boriladi
htiyot taxtachasidan foydalanib arralab qirqish ishlari­ni ol borish ishlari bo‘ylama tiskiga qistirib arralashga qaraganda ancha qulay Bu taxtani bo‘ylama tiskiga qistirib o‘rnatish va undan bo‘shatib olish ishlaridan holi qiladi.
Ehtiyot taxtachasida foydalanib o‘yish-teshish ishlari olib borilganda iyeristak ish taxtasi o‘yishlishdan saqlanadi. Natijada uning sifati buzilmaydi xizmat muddati ortadi. Agarda ehtiyot taxtachasi o‘yilib-teshilib sifati buziladigan bo‘lsa, uni yangilab olish mumkin. Buning uchun ortiqcha material^va mehnat talab etilmaydi.
Duradgorlik dastgohidan foydalanishda o‘quvchilar qiynalmasligi va charchab qolmasligi maqsadida ish o‘rni (dastgoh) ning balandlngini o‘quvchining bo‘ybastiga qarab moslanadi. Dastgoh balandligining o‘quvchi bo‘yiga mosligini tekshirishda u qaddini bukmagan holda ikkala qo‘lining kaftini dastgoh ish taxtasi ustiga qo‘yadi (5-rasm). Bu holda uning qaddi bu-kilmasdan kafti ish taxtasiga yetsa, ish o‘rnining balandligi o‘quvchining bo‘yiga moye hisoblanadi.
Uchtexprom tomonidan ishlab chiqarilayotgan duradgorlik dastgohlarida ularni o‘quvchilarning bo‘yiga moslash imkonini beradigan pog‘onali tagliklar bo‘lib, ular yordamida ish tax-asining balandligi o‘zgartiriladi. Pog‘onali tagliklar ish taxtasini kerakli balandlikka ko‘tarish imkonini bermasa, u holda dastgoh oyoqlari ostiga qo‘shimcha qistirma yog‘och mix-lanadi.
Agar pog‘onali tagliklarni tushirish yo‘li bilan dastgohning bo‘yini pasaytirish iloji bo‘lmasa, bunday hollarda o‘quvchining oyog‘i ostiga taglik taxta qo‘yib beriladi. Balandligi turlicha bo‘lgan dastgohlar o‘quv ustaxonalarida o‘qituv-chining ish o‘rnidan boshlab tartib bilan ketmaket o‘rnatiladi.



Download 24,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish