Tеrmiz davlat univеrsitеti kasbiy ta’lim kafedrasi



Download 24,49 Mb.
bet10/174
Sana26.06.2022
Hajmi24,49 Mb.
#706595
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   174
Bog'liq
МАЖМУА тайёри

Yog‘ochlarga tasma arrali dastgohlarda ishlov berish texnologiyasi
Yog‘ochlarga ishlov beruvchi tasma arrali dastgohlar turlari. Uning kinematik sxemasi, vazifasi, texnikaviy tavsifi. Dastgohni qirqish asbobi, uni o‘rnatish va unga qoyiladigan talablar. Dastgohda bajariladigan ish turi va undan texnik foydalanish qoidalari. Yog‘ochlarga ishlov berishda yaroqsizlik (brak) va uning oddini olish.
Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish: Tasma arrali dastgohni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish. Bajariladigan ishga asosan tasmali arrani tanlash, arra polotnosini shkivga o‘rnatish, tarang tortish va sozlash. Materialni boyiga, ko‘ndalangiga va shakldor qilib arralash.
Amaliy ish: Tasmali dastgohni yurgizish va to‘xtatish. Arra tasmasini (polotno) tarang tortish. Dastgohni (tormozda) tezda to‘xtatish. Mahsulotlarni (zagotovka) uzatishdaga harakatni o‘rganish. Bajariladigan ish turi: Yog‘och tolali va plitalarni hamda fanerlarni arralash.
Yog‘ochlarga randalovchi dastgohlarida ishlov berish texnologiyasi
Yog‘ochlarga ishlov beruvchi randalash dastgoxlari turlari. Uning kinematik sxemasi, vazifasi, tuzilishi va texnikaviy tavsifi. Dastgohning qirqish asbobi, uni o‘rnatish va unga qoyiladigan talablar. Dastgohda bajariladigan ish turi va undan texnik foydalanish qoidalari. Yog‘ochlarga ishlov berishda yaroqsizlik va uning oldini olish, tuzatish. Mehnat havfsizligi qoidalari.
Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Randalash dastgohining tuzilishi va uni boshqarish. Dastgoh valini tekshirish, sozlash, ishga tayyorlash. Val pichog‘i o‘tmaslashganda uni almashtirish. Bajariladigan ishga ko‘ra randalash dastgohini sozlash. Bruslar, taxtalarni randalash.
Amaliy ish: Randalash dastgohini yurgizish va to‘xtatish. Valni tezda to‘xtatish. Val pichog‘ining o‘tmaslashishi holatini aniqlash va valdan bo‘shatish, charxlash va joyiga o‘rnatish. Pichoqni ketingi plitaga paralelligiga va qancha chiqarilganligini tekshirib, yo‘naltiruvchi chizg‘ichni o‘rnatish va keyingi plitaga tengligini tekshirish. Mahsulotni randalashda qo‘l harakatini tekshirish.
Yog‘ochlarga reymusli (xatkashli) frezali dastgohlarda ishlov berish texnologiyasi
Yog‘ochga ishlov beruvchi reymusli va frezali dastgohlar turlari. Ularning kinematik; sxemasi, vazifasi, tuzilishi va texnikaviy tavsifi. Dastgohlarning qirqish asboblari, ularni o‘rnatish va ularga qoyiladigan talablar. Dastgohlarda bajariladigan ish turlari va dastgohdan texnik foydalanish qoidalari. Ish usullarini turshuntirish va namoyish qilish. Yog‘ochlarga ishlov berishda yaroqsizlik, uning oldini olish va tuzatish. Mehnat havfsizligi koidalari. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish: Reymusli va frezalash dastgohlarini boshqarish va tuzilishi bilan tanishish. Dastgohlar pichog‘ining valini tekshirish, sozlash va ishga tayyorlash. To‘g‘ri yuzada mahsulotlarga ishlov berish. Yog‘och materiallarini kesish, profilli qilib randalash, paz, ariqcha ochish. O‘quv amaliy mashqlar: reymusli dastgohlarni yurgazish va to‘xtatish. Vallarga pichoqni qoyish. Ishlanadigan mahsulot qalinligiga qarab, stolni o‘rnatish. Mahsulotga ishlov berishda qo‘l harakatini o‘rganish. Frezalash dastgohini yurgazish va to‘xatish. Pichoqni (freza) valga o‘rnatish va balansirovkalash. (Shpunt paz) lar: ariqchalar ochishda o‘rnatma va diskli frezalarni o‘rnatish.
Yog‘ochlarga parmalash va oyish dastgohlarida ishlov berish texnologiyasi
Parmalash va oyish dastgohi turlari. Ularning kinematik sxemasi, vazifasi tuzilishi va texnikaviy tavsifi. Dastgohlarning qirqish asboblari, uni o‘rnatish va unga qoyiladigan talablar. Dastgohlar qismlari va ularni ishlatish usullari. Parmalash va oyish dastgohini sozlash, patronga parma o‘rnatish va bo‘shatish. Dastgohda ishlash qoidalarini ko‘rsatish va tushuntirish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Parmalash va oyish dastgohlarining tuzilishi va ularni boshqarish. Dastgohlar ishlash vaqtida tasma, zanjirlarning to‘g‘ri tortilganligini kuzatish. Dastgohning ish stoliga mahsulotlarni tirgak, andoza va konduktor moslamalar yordamida o‘rnatish va normalash. Mahsulotlarni berilgan o‘lchamlarda teshish, amaliy oyish, parmalash. O‘quv mashqlari: Parmalash va oyish dastgohlarini yurgizish va to‘xtatish. Parmalash va oyish dastgohida ishlatiladigan kesuvchi asboblar turlari, ularni o‘rnatish va sozlash.
Bajariladigan ishlar: Berilgan o‘lchamdagi mahsulotlarda (buyumlarda), uyalar, ariqchalar, teshiklar ochish.
Tokarlik dastgohida yog‘ochlarga ishlov berish texnologiyasi
Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik dastgohining kinematik sxemasi, tuzilishi, vazifasi va texnikaviy tavsifi. Dastgohning qism va moslamalari. Unda bajariladigan ish turlari. Yog‘och materiallarini yo‘nishda qo‘l asboblari, mexanik kesish asboblari. Ish usuli va qoidalarini namoyish qilish. Yaroqsizlik va uning oldini olish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish: Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik dastgohining oldingi va ketingi babkasining joylanishi va uning mahkamlanishi. Dastgoh shpindeliga mahsulotni mahkamlash moslamalarini o‘rnatish. Tirgakning tuzilishi va uni o‘rnatish. Shpindelli belgilangan aylanish chastotasiga ko‘ra dastgohni sozlash. Berilgan ish vazifasiga asosan kerakli qirquvchi asbobni tanlash. Asbobni charxlash. Ichki, tashqi, tsilindrik, shakldor yuzalarga ishlov berish. O‘quv amaliy mashqlar: yog‘ochlarga tokarlik dastgohida ishlov berishda dastgohni yurgizish va o‘chirish. Dastgoh shkividan biridan ikkichisiga ko‘chirish. Mahsulotlarga yarim dumaloq keskichda ishlov berish. Mahsulotlarga yassi qiya keskichda ishlov berish. Keskichlarda tsilindrik, konussimon, shakldor yuzalarga ishlov berish. Bajariladigan ish turlari: egov dastasi, yog‘och to‘qmoq, shaxmat donalari, kubiklar, turli xil bolalar oyinchog‘i, xontaxta oyog‘i, bolalar va kattalar krovati, oshxona stoli. Tokarlik dastgohlarida yog‘ochga kuydirib ishlov berish. Yog‘ochlarga tokarlik dastgohlarida kuydirib ishlov berish turi va texnologiyasi. Yog‘ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan materiallar va asboblar. Kuydirib ishlov berish turlari va usullari. Ularni ko‘rsatish va tushuntirish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish: Tokarlik dastgohida va elektr kuydirgichlarda ishlov berish turlari. Ishlov berishda turli xil moslamalardan foydalanish usullari. TSilindrik yuzalarga kuydirib ishlov berish. O‘quv amaliy mashqlar: yog‘och materialiga kuydirib ishlov berishda qo‘l harakatini o‘rganish. Bajariladigan ish turlari: tsilindrik, shakldor yuzalarga kuydirib ishlov berish. (Egov dastasi, jo‘va, dastalar, turli xil vazalar). Yog‘ochsozlik va mebelsozlik korxonalariga sayoxat. Talabalarni zamonaviy texnika, texnologiya va korxonada ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish.

Download 24,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish