Tеrmiz davlat univеrsitеti kasbiy ta’lim kafedrasi



Download 24,49 Mb.
bet12/174
Sana26.06.2022
Hajmi24,49 Mb.
#706595
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174
Bog'liq
МАЖМУА тайёри

Silliq vtulka tipidagi detallar tayyorlash.
Texnik mu`lumotlar. Silliq vtulka tipdagi detallar tayyorlashdagi operatsiyalar: parmalash, teshiklarni parmalab kengaytirish. Teshiklarni kengaytirib zenkerlash, razvyortkalash. Moslama va nazorat o‘lchov asboblari. Sifatni nazorat qilish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berish turiga aniqlik darajasi va teshik o‘lchamiga qarab kesuvchi asbob tanlash. Torets yuzani parmalashga tayyorlash. Parmani orqa babkaning penaliga o‘rnatish. Zagatovkani parmalash. Zenkerlash, razvyortkalash operatsiyalari uchun pripusk qoldirgan holda berilgan teshik uchun parma diametrini tanlash. Parmani charxlash, yo‘nib kengaytiradigan teshikni o‘lchamga qarab yo‘nib kengaytirish, keskichni tanlash. O‘quv mashqlari. Zagatovkaning torets yuzasini teshish uchun parmani sozlash. Zagatovkani parmalash. Parmalash jarayonida parmaning ariqchalaridan kesilgan qirindini chiqarib tashlash, kombinatsiyalashgan parmada markazlash, spiral parmada parmalash va zenkerlash. Tayyorlanadigan detallar: vtulkalar, shaybalar va boshіalar. Pog‘onali vtulka tipdagi detallarga ishlov berish. Texnik ma’lumotlar. Pog‘onali vtulka tipidagi detallarga ishlov berishdagi tokarlik operatsiyalari: parmalash, teshiklarni parmlab kengaytirish, ichki yuzalarga ariqcha yo‘nish. Kesuvchi asboblarning geometrik o‘lchamlari. Bajaradigan ishni tushuntirish. Ishlov berish sifatini nazorat qilish. Noaniqliklar va ularning oldini olish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berishga qarab asbob tanlash. Kesish rejimini tanlash. Parmalash. Parmalab kengaytirish. Parmalarni qurish va mahkamlash uchun maxsus moslamadan foydalanish. Teshiklarda ariqchalar yo‘nish. Yo‘nilgan ariqcha o‘lchamlarini tekshirish. O‘quv mashqlari. Qo‘l yordamida parmani surish, kerakli uzunlikda parmalash. Qo‘lda va mexanik surish yo‘li bilan teshiklarni yo‘nib kengaytirish. Tayyorlanadigan detallar: pog‘onali vtulkalar, planka mahkamlagichlar, flanetslar, matritsa va boshqalar.
Konus yuzalariga ishlov berish
Texnik ma’lumotlar. Konus yuzalariga ishlov berish usullari. Keng kesuvchi qirrali keskich yordamida, supportning yuqori qismini burish, keyingi babka korpusini siljitish: konusli lineyka yordamida; koper yordamida. Konus yuzalariga ishlov berishda qo‘llaniladigan moslamalar, kesish va nazorat o‘lchov asboblariga tavsif. Kesish rejimi va uni to‘g‘ri tanlash. Bajariladigan ishni tushuntirish va mashqlarni namoyish qilish.
Mashqlarni o‘zlashtirish. Keng qirrali keskichni konus yuzasining qiyalik burchagi boyicha keskich tutqichiga o‘rnatish. Qisqa konuslarga keng keskich qo‘l yordamida bir tekis harakatlantirib konus yuzalariga ishlov berish. Orqa babka korpusining siljish qiymatini aniqlash. Ichki konus yuzalariga ishlov berish. Ichki konus yuzalarini kalibra o‘lchagich bilan tekshirish. Yopiq teshikli konuslarga ishlov berish va tekshirish.
O‘quv mashqlari. Ishlov beriladigan konus chizmasiga asosan supportning yuqori salazkasini burish burchagini aniqlash. Ishlov berish turiga qarab yuqori salazkani burish yo‘nalishini aniqlash. Yuqori salazkani bir tekis surib konus yuzaga ishlov berish. Orqa babka korpusidagi bo‘linmalardan foydalanib babka korpusini kerakli o‘lchamda surish. Supportning yuqori qismini burib konusli teshiklarga va berk teshiklarga ishlov berish. Yuzalarni burchak o‘lchagich shablon va kalibrlar bilan tekshirish. Tayyorlanadigan asboblar. Markazlar, kernerlar, opravkalar, shtamp uchun puansonlar va materiallar, shayba va boshqalar.


Rezba qirqish
Texnik ma’lumotlar. Rezba haqida umumiy ma’lumot. Rezba qirqish uchun zagotovka tayyorlash. Plashka va metchikni tutqichga mahkamlash va ular yordamida rezba qirqish. Rezba qirqishda foydalaniladigan dastgohni sozlash va rezba qirqish. Metchik-nakanik bilan rezba qirqish. Rezba sifatini tekshirish, noaniqliklar va ularning oldini olish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov beriladigan yuzaga qarab kesuvchi asbob tanlash. Plashka va metchik bilan rezba qirqishda kesgichni kesgich tutqichini to‘g‘ri o‘rnatish. Dastgohning qirqiladigan rezba qadamiga sozlanganligini tekshirish. Xomaki kesishda birinchi o‘tish. Keskichni ikkinchi o‘tish uchun dastlabki ish vaziyatiga aylantirish. Rezba uzil-kesin qirqish. Qirqilgan rezbani tekshirish.
O‘quv mashqlari. Jadvaldan foydlanib rezba qirqish uchun tayyorlanadigan o‘zakning diametrini va ichki rezba uchun parmaning diametrini aniqlash. Plashka tutqichni detal uchiga o‘rnatib, orqa babka penali bilan ohista siqish, ichki rezba qirqish uchun metchikni teshikka to‘g‘rilash. Keskich yordamida rezba chuqurligini hosil qilish uchun xomaki va tozalab o‘tishlar sonini aniqlash. Rezbani o‘lchagich bilan tekshirish.
Tayyorlanadigan detallar: bolt, gayka, shpilka, qotirgichlar, ajratgichlar, birlashtiruvchi muftalar va boshqalar.
Fason yuzalariga ishlov berish
Texnik mu`lumotlar. Fason yuzalarga ishlov berish: fason keskich yordamida, koprli moslama yordamida keskichni bir vaqtda ham ko‘ndalang, ham boylama surish. Fason yuzalarga ishlov berishda qo‘llaniladigan asbob va moslamalarga xarakteristika. Fason yuzalarga ishlov berishda kesish rejimlari. Bajariladigan ishlarni tushuntirish va namoyish qilish. Fason yuzalar sifatini tekshirish.
Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berish turiga qarab kesuvchi asbob tanlash. Kesish rejimlarini tanlash. Xomaki fason yuzalar hosil qilish. Fason keskichni qo‘l yordamida surib fason yuzalarga ishlov berish. Fason keskichni charxlash va uni shablon yordamida tekshirish, ko‘ndalang va boylama surish bilan qabariq va botiq fason yuzalar hosil qilish. Fason yuzalarini nazorat qilish.
O‘quv mashqlar. Fason kesgich yordamida botiq va qabariq valiklar tayyorlash. Bir vaqtning o‘zida supportni ko‘ndalang va boylama surib, botiq va qabariq hosil qilish. Fason yuzalarini shablon yordamida tekshirish. Tayyorlanadigan detallar. Chekanka uchun bolg‘alar, dastalar shaxmat donalari, bolt va vintlar, shtutserlar, ushlagich va tutqichlar, vorotok va boshqalar. Frezerlash stanogida metallarga ishlov berish, gorizontal frezerlash. Stanokning tuzilishi, uni boshqarish va sozlash.
Texnik ma’lumotlar. Gorizontal frezerlik stanogining tuzilishi va uning asosiy qismlari. Dastgoh mexanizmi va qismlarining o‘zaro bog‘liqligi. Frezerlashda asosiy va yordamchi harakatlar to‘g‘risida tushunchalar. 6N81 modelli dastgohning tuzilishi va texnik xarakteristikasi. Dastgohni tushuntirish va unda qo‘llaniladigan mashqlarni namoyish etish; dastgohni yurgizish va to‘xtatish, zagatovkani tiskiga yoki stolga qotirish, frezani va qotirish stolini harakatlantirish, shpindelning aylanish tezligini sozlash, surish qiymati va yo‘nalishi, kesish chuqurligini limba bOyicha aniqlash, dastgohda ishlash qoidalari va ish o‘rnini jihozlash. Dastgohda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari. Mashqlarni o‘zlashtirish Frezani dastgoh shpindeli yoki opravka o‘rnatish. Zagatovkani tiskiga yoki stolga mahkamlash. Dastgoh stolini qo‘l yordamida ko‘ndalang, boylama va vertikal bir tekis harakatlantirish. Dastgoh elektrodvigatelini yurgizish va to‘xtatish. Dastgoh tezliklari va surish qutisidagi shpindelning aylanish tezligini hamda stolni surish qiymatini belgilash. Frezani burilgan chuqurlikka keltirish. Zagatovkani berilgan o‘lcham boyicha ko‘ndalang va boylama surish. O‘quv mashqlari. Frezani dastgoh shpindeliga yoki opravkaga to‘g‘ri va mustahkam o‘rnatilganligini tekshirish. Stolni limb yordamida kerakli razmerlarga surish. Dastgohni kesish rejimiga sozlash va uni tekshirish. Sinov qirindi yo‘nib ko‘rish.
Tashqi yassi yuzalarni frezerlash
Texnik ma’lumotlar. Silindrik va toretsli frezalar yordamida tashqi yassi yuzalarga ishlov berish. Zagatovkani kesib tushiruvchi freza bilan kesish. Sifatini nazorat qilish, noaniqliklarning oldini olish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Frezalash usulini tanlash. Ishlov usuliga qarab frezaning tipi va razmerini tanlash. Kesish rejimini tanlash. Zagatovkani parallel, perpendikulyar, burchakli yuzalarga ishlov beradigan qilib o‘rnatish. Ishlov berilgan yuzalar sifatini va o‘lchamlarini aniqlash. O‘quv ishlari. Silindrik va toretsli frezani kerakli kesish chuqurligiga o‘rnatish. Silindrik va toretsli frezalar bilan yassi yuzadan kerakli qalinlikda qirindi olish. Qiyshiq tishli tsilindrik va tortsli frezalar bilan burchakli frezalarni frezalash. Diskali freza bilan zagatovkalarni kesish. Yuza aniqliklarini nazorat qilish.
Tayyorlanadigan detallar: tiski gubkalari, toretsli kalitlar, prizmatik shponkalar, slesarlik bolg‘alar va boshqalar.
Ichki yassi yuzalarni frezalash Texnik ma’lumotlar. Diskali va barmoq frezalar yordamida botiq ariqchalar va pazlarni frezalash. Ichki yassi yuzalarni frezalashda kesish rejimlari va uni to‘g‘ri tanlash. Ishni tushuntirish va mashqlarni namoyish qilish. Ishlashda texnika qoidalari.
Mashqlarni o‘zlashtirish. Zagatovkaga ishlov berish va uni qotirilganligiga qarab, freza va uni o‘lchamlarini tanlash. Diskali freza yordamida ichki to‘g‘ri burchakli ariqchalarini frezalash. Diskali va barmoq frezalar yordamida qirralarni va ariqchalarni frezalash. Shponka ariqchalarni frezalash.
O‘quv mashqlari. Kerakli kesish chuqurligi va kesish yuzasiga ishlov berishda diskali va barmoq frezalarni o‘rnatish. Bir vaqtning o‘zida ikkita ariqcha yoki qirrani frezalash uchun frezalar yig‘masi.
Tayyorlanadigan detallar: harakatlanuvchan vorotok prizmasi, o‘lchagichlar. Keskichlar mahkamlagichlar, tayanchlar va boshqalar.

Download 24,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish