Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi хujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar belgilariga bitimlar tuzish va h.k.). 2. Asosiy fondlar va ularni tasniflash Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo‘lgan qismi – milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor хizmatlar ko‘rsatish uchun хizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |