Bojxona statistikasi chiqarilayotgan va kiritilayotgan tovarlarni ham naturada va ham pul ko’rinishida hisobga oladi.Bu esa o’z navbatida,eksport va importning umumiy hajmi va strukturasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tashqi savdo aylanmasining pulda ifodalanishi mamlakatning iqtisodiy ahvolini va uning halqaro aloqalarini ifodaldovchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi.Mamlakatning ma’lum davrdagi eksporti va importiningt nisbati bo’yicha mamlakatning savdo balansi aniqlanadi.Eksport importdan ko’p bo’lsa,tashqi savdo balansi aktiv,kam bo’lsa,aksincha passiv bo’ladi
O’zbekiston statistikasida eksport-import operatsiyalari AQSH dollarida va milliy valyuta asosida hisoblanadi.Bunda AQSH dolarining kursiga o’tkazish Markaziy bank e’lon qilgan kurs asosida ,YUBD tuzilgan kun bahosida amalga oshiriladi.
19.2Tashqi savdo statistikasi ko`rsatkichlari
Tashqi savdo quyidagi ko’rpsatkichlar orqali ifodalanadi:
1.Tashqi savdo aylanmasining umumiy va jon boshiga to’g’ri kelgan hajmi;
2.eksportning YAIMdagi,ayrim olingan mahsulotlardagi salmog’i;
3.importning mamlakat istemolidagi salmog’i.
4.mamlakatning halqaro savdo sotiqdagi salmog’i.
5.tashqi savdo aylanmasining salmog’i.
6.eksport kvotasi.
7.import kvotasi.
Bu ko’rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport av import tovarlar bahosining o’zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovar aylanishining hududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatining samaradorligi,o’rni ,uning halqaro mehnat taqsimotidagi o’rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida halqaro savdo sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlar muhim o’rin egallaydi.
Import- bu tovarlar,xizmatlar va kapitalni tashqi bozordan mamlakatga keltirishdir.
Import kvota –bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmining miqdoriy jihatdan cheklab qo’yishdir.Davlat mamlakatga mahsulot keltirishga ijozat beruvchi litsenziyalarni cheklangan miqdorda beradi va litsenziyasiz importni cheklaydi.
Import kvota darajasi Kimp=I/YAIM ;
Uning indeksi esa Jimp=Kimp/Kimo aniqlanadi.
Bu yerda I- import hajmi; Kimp,Kimo- bazis va joriy davrlarda import kvota darajalari.
Bulardan tashqari quyidagi xizmatlar ham tashqi savdo aylanmasiga kiritiladi: qurilish montaj ishlari, kemaalarni,samolyotlarni,poezdlarni, avtomobillarni ,uskunalarni ta’mirlash.Bu xizmatlar hammasi tijorat asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar tashqi savdo aylanmasiga kiritilmaydi:
bepul berilgan gumanitar yordam;
ko’rgazmaga keltirilgan mahsulotlar;
aloqa bo’limlari orqali yuborilgan shaxsiy mahsulotlar.
Eksport- bu tovarlar,xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |