1.Ishlab chiqarish usuli:
1.Asosiy baxolardagi yalpi ishlab chiqarish 1057019,7
2.Maxsulot solig’i 69179.5
3.Subsidiya 17018,0
4.Oraliq iste’moli 4598179,1
YAMM=YAICH+MS-S-OI=1057019, 7+69179,5-17018,0-498179,1= 610993.1 mlrd. so’m
2. Taqsimlash usuli
1. YAlpi daromad va yalpi aralash daromad 309356,6
2. YOllanma xodimlarning mexnat xaqi 233384,0
3. Ishlab chiqarish va import solig’i 85270,5
4. Subsidiya 17018,0
YAIM=(YAD + YAAD) +MX+ IIS-S=309356, 6 + 233384, 0 + 85270,5-
17018,0 = 610993,1 mlrd. so’m.
3. Oxirgi foydalanish usuli
I. YAlpi mavjud daromad 610993,1
2. Oxirgi iste’mol xarajatlari 418735,1
shu jumladan:
a) uy xo’jaliklari 247082,8
b)davlat muassasalari 134986,4
v) uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi
notijorat tashkilotlar 36676,5
3. YAlpi jamg’arma (1-2) 192257,4
YAIM=OIX + YAJ=418735, 1 + 192257,4-610993, 1 mlrd. so’m.
17.3 YAlpi ichki maxsulot xajmini o’zgarmas baxolarda xisoblash usullari
YAlpi ichki maxslot xajmini o’zgarmas baxolarda xisoblash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
1) baxo indeksi yordamida deflyatorlash;
2) ikki karrali deflyatorlash;
3) fizik xajm indeksi yordamida bazis davr ko’rsatkichlarini ekstrapolyatsiyalash;
4) xarajat elementlarini qayta baxolash.
Joriy davrda oxirgi iste’mol uchun foydalanilgan tovar va xizmatlarning qiymatini o’zgarmas baxolarda xisoblash baxo indeksi yordamida deflyatorlash usuli bilan amalga oshiriladi:
- joriy davrda oxirgi iste’mol uchun foydalanilgan tovar va xizmatlarning joriy baxolardagi umumiy qiymati;
• joriy davrda oxirgi iste’mol uchun foydalanilgan tovar va xizmatlarning o’zgarmas baxolardagi umumiy qiymati;
Joriy va bazis davrlarda umumiy oxirgi iste’mol uchun foydalanilgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati taqqoslansa, fizik xajm indeksi xosil qilinadi:
Baxo statistikasida Laspeyres, Paashe va Fisher indekslari qo’llaniladi.
YAlpi ichki maxsulotni o’agarmas baxolarda va fizik xajm indeksni xisoblash uchun qaysi indeks qo’llaniladi degan savol tug’iladi.
MXT ning uchinchi xalqaro standartida amaliyotda qo’llash uchun Fisher indeksi tavsiya qilinadi. CHunki Fisher iideksi qo’llanilganda "indekslar aksimotik nazariyasining” asosiy talablaridan biri – indeksning taqqoslash bazisiga bog’liq emasligini aniqlashdir. Fisher indeksi o’racha geometrik miqdor formulasi yordamida, ya’ni Fisher Laspeyros va Paashe indekslari ko’paymasdan olingan kvadrat ildiz bilan aniqlanadi:
Indeksning taqqoslash bazisiga bog’liq emasligi sabablshi talabni o’rtacha arifmetik miqdor formulasi qanoatlantirmaydi.
Misol, agar ikkinchi davrdagi baxoning birinchi davrdagi baxoga nisbatini ifordalaydigan Laypeyros indeksi 120 ga va foyda miqdori 110 ga teng bo’lsa, u xolda o’rtacha arifmetik miqdor 115 ni tashkil etadi, ya’ni:
Fraz qilaylik, birinchi davrdagi baxoning ikkinchi davrdagi baxoga nisbatan aniqlash talab qilinsa, u xolda Laspeyres indeksi , Paashe indeksi ga teng bo’ladi. O’rtacha arifmetik miqdor esa
Ikkinchi davrdagi baxoning birinchi davrdagiga baxoga nisbati xisoblansa, u xolda I2/1q1/0,871q114,8ga teng bo’ladi.
Demak, to’g’ri va teskari indekslarning bir-biriga teng bo’lmasligi, o’rtacha arifmetik miqdorning taqqoslash bazasiga bog’liqligini ko’rsatadi. Fisher indeksi qo’llanilgan xolda esa xisoblash natijasi taqqoslash bazasi uchun birinchi davr olinsa, u xolda:
Agar taqqoslash bazasi uchun ikkinchi davr olinsa, u xolda:
MXTning uchinchi xalqaro standarti bo’yicha statistika amaliyotida Laspeyres va Paashe indekslaridan foydalaniladi, shuning uchun indekslar ikki xil maqsadda qo’llaniladi:
I) analitik;
2) texnik.
Analitik maqsadda foydalanilganda baxo indeksi baxo dinamikasini o’rganish uchun qo’llaniladi, ya’ni bu maqsad uchun Laspeyres indeksi tavsiya qilinadi. CHunki maqsadda foydalanilganda sotilgan maxsulot miqdori olinadi. Texnik maqsadda foydalanilganda baxo indeksini o’zgarmas baxolarda xisoblash uchun qo’llaniladi, ya’ni u maqsad uchun Paashe indeksi tavsiya qilinadi. CHunki fizik xajm indeksi bilan baxo indeksining ko’paytmasi qiymat indeksiga teng bo’ladi:
baxo, fzxik xajm va qiymat indekslari orasidagi bog’lanish “indekslar aksiomatik nazariyasi”ning asosiy talablaridan biri xisoblanadi.
Laspeyres va Paashe formudlasining kamchiligi shundaki, bunda:
A) agar baxo dinamikani o’rganish uchun Laspeyres formullasi qo’llanilsa, u xolda joriy davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning qiymati xisobga olinmaydi;
B) agar baxo dinamikasi o’rganish uchun Paashe formulasi qo’llanilsa, u xolda birinchidan, joriy davrda ishlab chiqarilgan yangi tovar va xizmatlarning qiymat bazis davri uchun qanday xisoblanishi noma’lum, ikkinchidan, “o’rin almashtirish samarasi”ning kuchi kamaytiriladi. Masalan, iste’molchi vaqt o’tishi bilan arzon baxoli tovar va xizmatlarni xarid qiladi. Xarajatlar umumiy xajmida arzon baxoli tovar va xizmatlarning salmog’ining ortishi baxo indeksining pasayishiga olib keladi.
Faraz qilaylik, bazis davrda A va V tovarlarning salmog’i bir xil, ya’ni 50 foizga teng bo’lsin. Joriy davrda A tovarning baxosining 2 marta ortishi, uning salmog’ini 10 foizgacha kamaytirilsin. Agar baxo indeksini xisoblash uchun Paashe formulasi qo’llanilsa, u xolda:
agar Laspeyres formulasi qo’llanilsa, u xolda:
agar A tovar salmog’i 0 gacha kamaysa, Paashe formulasi baxo darajasini o’zgarmasdan qolishini ko’rsatadi. Xaqiqatda esa A tovar baxosining oshishi uning salmog’i pasayishiga olib keladi. Demak, Paashe formulasi iste’mol tovarlar tarkibining o’zgarishiga bog’liq deb xulosa chiqarish mumkin. Joriy davrda oxirgi iste’mol uchun foydalanilgan tovar va xizmatlarning qiymatini o’zgarmas baxolarda oshiriladi. Ikki karrali deflyatorlash usuli qo’llanilganda dastlab yalpi ishlab chiqarish, keyin esa oraliq iste’moli o’zgarmas baxolarda xisoblanadi. O’zgarmas baxolarda xisoblangan yalpi ichki maxsulot xajmi quyidagi munosabat bilan aniqlanadi:
YAIM=YAICH-OI+MIIS
Misol. quyidagi ma’lumotlar asosida YAIM xajmini o’zgarmas baxolarda va YAIM fizik xajmning indeksi xisoblansin.
Ko’rsatkichlar Davr Indeks
bazis joriy baxo xajm
1. Moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarining yalpi ishlab chiqarishi 100 200 160 -
2.bozor xizmatlarini yalpi ishlab chiqarish 150 450 250 -
3. Jamoaga xizmat ko’rsatish uchun byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari 80 160 - 120
4. Aloxida korxonalarga xizmat ko’rsatish uchun byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari 50 95,7 - 116
5. Moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlaridagi oraliq- oraliq iste’moli 40 90 180 -
6. bozor xizmatlari soxasida oraliq iste’moli (yalpi ishlab
chiqarishga nisbatan foiz xisobida) 30 28 - -
7. Byudjet tashkilotlarining oraliq iste’moli 32,5 66,5 175 -
8. Maxsulot va import sof solig’i 24 60 240 -
YAlpi ichki maxsulot xajmini o’zgarmas baxolarda ikki karrali deflyatorlik usuli yordamida xisoblash uslubiyati:
1) bazis davrdagi yalpi ishlab chiqarish xajmi:
mlrnd. so’m
2) joriy davrdagi yalpi ishlab chiqarish xajmi bazis davr baxolarida:
mlrd. so’m
3) bazis davrdagi oraliq iste’mol:
mlrd.so’m
4) Joriy davrdagp oraliq iste’moli bazis davr baxolarida:
mlrd.so’m
5) Bazis davrdagi YAIM xajmi:
mlrd.so’m
6) Joriy davrdagi YAIM xajmi bazis davr baxolarida:
mlrd.so’m
7) YAIM fizik xajm indeksi:
yoki 124,1%.
Demak, o’zgarmas baxolarda (bazis davr)xisoblangan YAIM joriy davrda bazis davrga nisbatan 24,1 % ga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |