I. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
Korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum miqdorida ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishi kerak Ishlab chiqarish zahiralari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, extiyot kismlar va boishchalar kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida katnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‘zida tula utkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilgi, extiyot kismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Korxona umun zarur bo‘ladigan oborot mablag‘larining umumiy miqdori tegishli vazirliklar timonidan belgilanadi. Materiallarning xar bir turi bo‘yicha normativlarni korxonaning o‘zi mustaqil belgilaydi. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining go‘xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq tsisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning okilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmogini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni to‘g‘ri, tejamli sarflash korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini gullab yashnashida, axolining moddiy farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarish zahiralari xarakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida tegishli
xujjatlarda rasmiylashtirish;
Ishlab chiqarish zahiralarining to‘g‘ri saklanishi ustidan nazorat olib borish;
Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarishga to‘g‘ri sarflanishi hamda ularni
sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish;
Mahsulot tannarxini Hisoblashishda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya ob’ektlari
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.
Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini Hisobga olishni engillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq Hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning shchtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |