I. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
“Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini aniqlash hamda ularning o‘zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
1) Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat mazkur fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, mashg‘ulotlarda quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabaning:
mavzu bo‘yicha qo‘yilgan og‘zaki savollarga (interfaol shaklda) bergan javobi va faolligini baholash;
olayotgan bilimi, o‘rganayotgan o‘quv materiallari va vazifalarni bajarib borayotganligini qayd qilish maqsadida yuritayotgan konspektini tekshirish;
mavzular bo‘yicha mantiqiy bog‘langan uy vazifasi va topshiriqlarning bajarilganligini tekshirish;
mustaqil fikrlashga hamda analitik qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladigan yozma esse va referatlarni himoya qildirish;
testlar olish;
muammoli vaziyat (keys-stadi), o‘quv loyihalari yoxud amaliy topshiriq (masalalar)larning echimi va taqdimotini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |