Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Ikki yoqlama yozuv va uning qo‘llanishi



Download 13,39 Mb.
bet21/296
Sana30.01.2022
Hajmi13,39 Mb.
#419232
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296
Bog'liq
2 5208518350371555533

7. Ikki yoqlama yozuv va uning qo‘llanishi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, jamiyatda ikkiyoqlama yozuvning paydo bo‘lishi buxgalteriya hisobi rivojlanishiga asos bo‘lgan. XIII—XIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va SHimoliy Italiyaning bir necha savdo markaz- larida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340- yili paydo bo‘lgan.
YAna boshqa manbalarga ko‘ra bundan ham oldinroq Fransiyaning SHampan viloyati savdo firmalarida (1299—1300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Uning asoschisi Italiyada yashagan fransuz monarxi Luko Pacholi hisoblanadi. U o‘zining ulkan ishi hisoblangan «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494- yil) hisob yozuvlari bo‘yicha tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari ishtirok etadi. SHuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgal- teriya hisobi schyotlari ham bir-biri bilan bog‘lanadi (bu bog‘lanish «Schyotlar korrespondensiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya provodkasi) deb aytiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuv- larida eng kamida ikkita schyotga yoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning kreditiga.
Quyidagi misollar yordamida ikki yoqlama yozuv va uning amaliyotda qo‘llanilishini tushunib olish mumkin.
Misol. Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 7000000 so‘m pul olindi. Ushbu xo‘jalik jarayon tufayli korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi mablag‘i kamayib, korxonaning kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Bu jarayonni schyotlar chizmasida aks ettirish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

+ 7000000

DT Kassa KT DT Hisob-kitob schyoti KT




- 7000000

YUqorida keltirilgan misoldagi xo‘jalik jarayoni tufayli «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» schyotlari bir-biri bilan bog‘lanadi.


Xulosa qilib aytish mumkinki, ikkiyoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarning schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikkiyoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazo- rat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Korxona xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashligidan qat’iy nazar, unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki xil yoki undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularining tashkil topish manbalari ishtirok etadi. SHuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schetlarida aks ettirishda 2 yoki undan ortiq schetlardan foydalaniladi.
Quyidagi misollar orqali ikki yoklama yozuv va uni amaliyotda qo‘lanilishini tushuntirib beramiz:

  1. Misol. Mehnat haqi berish uchun hisoblashish schetidan kassaga pul olinadi. 70.000 so‘m Jarayonni taxlil qilib o‘rgansak, korxonaning bankdagi hisob-kitob schetidagi mablag‘i kamayib, korxonaning kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Sxema ko‘rinishida jarayonni schetlarda aks ettirish qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi

D+ Kassa K- D+ Hisoblashish scheti K-

70,0 70,0

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ikki yoqlama yozuv-bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schetlar tizimi orqali ifodalanishidir.



Download 13,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish