2. Schyotlarning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha turkumlanishi. Schetlar hisobot yaxshi tushunchaga ega bo‘lish uchun ular xususiyatlarini o‘rganmoq zarur.
Schetlar qo‘yidagi xususiyatiga ega ko‘ra turkumlarga bo‘linadi
Schetlarni tuzilishiga ko‘ra;
Ko‘rsatkichlarni aks ettirilishiga ko‘ra;
Balansda aks ettirilishiga ko‘ra;
Mo‘ljaliga, tayinlishiga ko‘ra;
Schet tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: Aktiv schet;
Passiv schet;
Aktiv schetlar xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishga passiv schetlar esa ular manbalarini aks ettirishga mo‘ljallangandir.
Ko‘rsatkichlar aks ettirilishiga ko‘ra, schetlar ikki xil bo‘ladi:
Sintetik schetlar
Analitik schetlar
Sintetik schetlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari hisobot umumiy va qiymat ko‘rinishida ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitik schetlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura va mehnat o‘lchov birliklarida ham hisob yuritishga mo‘ljallangandir.
Analitik schetlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Balansda qatnashishga schetlar ikki xil bo‘ladi: Balansdagi schetlar
Balansdagi schetlar deb, balansda qatnashadigan schetlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schetlar esa 10 ta bo‘lib, ularda hisob yozuvlari faqat bir yoqlama olib boriladi.
Tayinlanishi – mo‘ljaliga ko‘ra 6 xil bo‘ladi: Asosiy schetlar
1.Asosiy schetlarni 2 turi mavjud: 1. Aktiv. 2. Passiv.
Aktiv schetlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
mehnat vositalari va uzoq muddatli aktivlarni;
aylanma mablag‘larni;
xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schetlar.
Mehnat vositalarini va uzoq muddatli aktivlarni aks ettirish uchun qo‘yidagicha schetlar mo‘ljallangan.
0100 - Asosiy vositalar.
0300 - Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar.
0400 - Nomoddiy aktivlar.
0600– Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
0700 - O‘rnatiladigan asbob-uskunalar.
0800 - Kapital qo‘yilmalar va x.k. schetlari.
Aylanma mablag‘lari hisobi qo‘yidagi schetlarda olib boriladi:
1000– Materiallar.
5000 – Kassa.
5100–Hisoblashish scheti.
5200 – Valyuta scheti.
5500– Banklardagi maxsus schetlar.
5600– Pul hujjatlari.
5700 – Yo‘ldagi jo‘natmalar.
5800 – Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilma.
2800 – Tayyor mahsulot.
2900 – Tovarlar va x.k. schetlari.
Xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schetlarga qo‘yidagilar misol bo‘ladi:
4200 –Xodimlarga berilgan bo‘naklar yuzasidan hisoblashishlar.
4700 – Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblashish.
4800 – Turli debitorlar va kreditorlar bidan hisob-kitob.
4000 –Olinadigan schetlar.
0900 –Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va x.k. schetlar.
Asosiy schetlardanyana biri passiv schetlar, o‘z navbatida korxona o‘z mablag‘lari manbalarini va chetdan jalb qilingan mablag‘lar manbalarini, majburiyatlarini aks ettiruvchi passiv schetlarga bo‘linadi.
Korxona o‘z mablag‘lari manbalarini aks ettiruvchi passiv schetlarga qo‘yidagilar misol bo‘ladi:
0200 – Asosiy vositalar eskirishi.
0500– Nomoddiy aktivlarning eskirishi.
8700– Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).
8300- Ustav kapitali
8900 – Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar yuzasidan zahiralar.
CHetga jalb etilgan mablag‘lar manbasi, mujburiyatlarni aks ettiruvchi schetlarga misol:
6810 – Banklarning qisqa muddatli kreditlari yuzasidan hisoblashish.
7810 – Banklarning uzoq muddatli kreditlari yuzasidan hisoblashish
6820 – Qisqa muddatli qarzlar yuzasidan hisoblashish.
7820 – Uzoq muddatli qarzlar yuzasidan hisoblashish.
7210 – Muddati uzaytirilgan uzoq muddatli majburiyatlar va x.k. schetlar.