Mehmonxona va ovqatlantirish korxonalari infratuzilmasi Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol o‘ynaydi.
Shinamlik darajasi - kompleks mezon bo‘lib, u quyidagilardan tarkib topadi:
ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi va holati;
mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va h.k.ning holati;
binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning obodonlashtirilganligi;
nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m2), bir o‘rinli (bir xonali), ko‘p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va hokazo;
axborot bilan ta’minlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo‘ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatkichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi;
ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi» Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan
«tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
hind tizimi.
Mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan toifalarga ajratish yotadi, Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada, O‘zbekistonda va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
harflar tizimi (A, V, S, D). Gresiyada qo‘llanadi;
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq, tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
«1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘lishi kerak (maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball)
. «2 yulduz» toifasini olish uchun 150 ball,
«3 yulduz» uchun - 210 ball, «4 yulduz» uchun - 250 ball,
«5 yulduz» uchun - 290 ball to‘plash kerak.
Misol uchun:
Butunjahon turistlik tashkiloti (BTT)
Mamlakatimizda Jahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. 2004-yildan buyon Samarqandda Jahon sayyohlik tashkilotining Buyuk ipak yo‘lidagi mintaqaviy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zaro hamkorlikda xalqaro sayyohlik yarmarkalari, anjumanlar va seminarlar tashkil etib kelinmoqda.
2017-yilgi malumotlarga ko’ra mamlakatimizda 1 ming 282 sayyohlik tashkiloti, jumladan, 661 mehmonxona, sayyohlik bazasi va kemping, 600 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Turistik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan avtomobil xizmati uchta asosiy yo‘nalishni o‘zida mujassamlashtirgan:
avtobusda sayohatni tashkil etish;
turistlarning shaxsiy transportida sayohatni tashkil etish;
avtomobillarni ijara berish.
Xalqaro avtobus turizmi, turizmning nisbatan yosh turi hisoblanadi. Uning ilk rivojlanishi XX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrgacha turli mamlakatlarda avtobuslar asosiy transferlar, ekskursiyalar va mahalliy safarlar uchun foydalanilgan. 1986-yilda birinchi bor Yevropa mamlakatlarida temiryo‘llar va avtobus kompaniyalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan birlashgan avtobuslarda tashish – «Yevroyo‘nalish» («Eurolines») tashkil etildi. Unga 33 yevropalik hamkorlar kirdi. . Natijada «Eurolines» turizm bozorida yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi. U butun Yevropa bo‘ylab 250 dan ortiq yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi,
Jahonda 1300 dan ko‘proq aviakompaniyalar bor. Aviareyslarda har yili o‘rtacha 1.5 mlrd. kishi tashiladi. Xalqaro havo aloqalariga xizmat ko‘rsatishda jahonning 1 mingtadan ortiq aeroportlari ishtirok etadi. Ulardan 650 ga yaqini muntazam xalqaro havoda aviatashishlarni ta’minlaydi.
Havo transporti uch darajada tartibga solinadi: milliy–aviatashuvchilarni litsenziyalash, ham ichki, ham xalqaro yo‘nalishlarda ishlaydi; hukumatlararo – muntazam havo aloqalari tegishli mamlakatlar hukumatlari o‘rtasidagi bitimga asosan amalga oshiriladi; xalqaro–muntazam reyslarga tariflar Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA)ning ishtirokchi aviakompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomaga vositachilik qilishi asosida (Avia yo‘nalishlar a’zolari uchun) yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Ibragimov N.SH
Do'stlaringiz bilan baham: |