birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi.
«Tovarlar» schyoti 2900 raqami bilan belgilanib, sintetik schyot hisoblanadi. Tovarlar
xo‘jalik mablag‘- larining aylanma aktivlar qismiga kirib, muomala sohasida bo‘ladi. SHuning
uchun ham bu schyot aktivdir. «Tovarlar» schyoti debeti qoldig‘idagi summa savdo korxo-
nasidagi mavjud bo‘lgan tovarlar qiymatini bildiradi, ammo tovarlarning qaysi turidan qancha
qolganligi haqidagi ma’lumotni ham pul o‘lchov birligida, ham natura o‘lchov birligida analitik
schyotlar orqali olish mumkin.
Sintetik va analitik schyotlarning bir - biridan farqi shundaki, sintetik schyotlarda xo‘jalik
mablag‘lari va ular manbalari umumlashtirib ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular haqidagi
ma’lumotlar ularning turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda uch o‘lchov birligi ham qo‘llanilib
aks ettiriladi.
Misol. Tovarlarning umumiy qiymati 2910 — «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotidan
olinadi, ya’ni 30320000 so‘m. SHundan, sovutkichlar: «SINO» — 2 ta 1000000 so‘mdan, jami
2000000 so‘m; «Orsk» — 8 ta 1200 000 so‘mdan, jami 9 600000 so‘m; «DAEWOO » —
10 ta 800000 so‘mdan, jami 8000000 so‘m; videokameralar: «DAEWOO » —2 ta 1400000
so‘mdan, jami 2800000 so‘m; «Samsung»—2 ta 1960000 so‘mdan, jami 3920000 so‘m;
«Philips» 2 ta 2 000000 so‘mdan, jami 4 000 000 so‘mni tashkil etadi. Bu mablag‘lar sotish
uchun «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotida hisobga olinadi va har biri uchun alohida-alohida
kartochka ochiladi. Mana shu kartochkalar analitik schyotlar deb ataladi.
Analitik schyotlardagi ma’lumotlarning jami ularni umumlashtiruvchi sintetik schyotning
ma’lumoti bilan teng kelishi zarurligi —bu schyotlarning o‘zaro aloqadorligini va bir-birini
to‘ldirib borishini bildiradi. Korxona xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini
ifodalovchi sintetik schyot va analitik schyotlar ham xuddi shu tartibda bo‘ladi. Anlitik schyotlar
korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining har bir turi bo‘yicha alohida-
alohida ma’lumot beradi. Masalan, mashina va uskunalarning eskirishining sintetik hisobi 0230
— «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritilib, passiv schyot hisoblanadi.
Korxonada mavjud bo‘lgan mashina va uskunalarning eskirishi ularning har biri bo‘yicha
alohida yuritiladi. Bu mashina va uskunalarning eskirishining analitik hisobi ular uchun alohida-
5
Carl S. Warren, James M. Reeve, Jonathan E. Duchac. Accounting.(ISBN:-13: 978-1-133-
60760-1) USA, 2014. 25th edition
alohida ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik hisob yordamida aniqlangan
eskirish summalari jamlanib, sintetik hisobda 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi»
schyotida yuritiladi. Analitik schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil
topish manbalarining holati haqida, umuman korxona xo‘jalik faoliyati, moliyaviy natijalariga
baho berish uchun balans tuziladi. Ma’lumotlarni balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari
to‘g‘ri yuritilganligini hamda xo‘jalik moliyaviy holatiga baho berish va balans tuzish uchun
aylanma vedomostlari tuziladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari ko‘rib o‘tilganidek, bir xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning
tashkil topish man- balari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Oborot vedomostlar esa buxgalteriya
hisobi schyotlari ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir.
Oborot vedomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalari harakati to‘g‘risi- dagi ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari
asosida oylar bo‘yicha umumlashtirish uchun ochiladi.
Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
1. Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Oborot vedomostlarida ob’ektlarning boshlang‘ich qoldig‘i oy davomidagi harakati va oy
oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalanadi.
Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi:
Schyotla
r
raqami
Schyotlarning
nomi
Boshlang‘ic
h qoldiq
(so‘mda)
Schyotlarning
oboroti
(so‘mda)
Oxirgi
qoldiq
(so‘mda)
D
T
K
T
D
T
K
T
D
T
K
T
Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular shaklini
quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi:
Ob’ekt
nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |