Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/116
Sana15.01.2022
Hajmi1,26 Mb.
#370055
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi 2

 Buxgalteriya hisobi. 

          Buxgalteriya  hisobi  —  ichki  boshqarish  va  tashqi  iste’molchilarning  maqsadlari  uchun 

joriy  va  yakuniy  axborotni  olish  bilan  korxonalar,  tashkilotlar  hamda  muassasalarning  xo‘jalik 

faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. 

          Buxgalteriya  hisobi  yordamida  xo‘jalikda  mavjud  bo‘lgan  har  xil  turdagi  moddiy 

qiymatliklar  va  pul  mablag‘larining  miqdori,  boshqa  korxona  hamda  tashkilotlar  bilan  hisob-

kitoblarning  holati,  undagi  boshqa  resurslarning  umumiy  hajmi  haqida  ma’lumotlar  olinadi; 

tayyorlangan  materiallar,  ishlab  chiqarilgan  va  sotilgan  mahsulot  hajmi  hamda  tannarxi 

aniqlanadi;  xo‘jalik  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  —  foyda  yoki  zarar  hisoblab  chiqiladi; 

korxonaning  rentabelligi  hamda  korxona  va  uning  tarkibiy  qismlarining  boshqa  qator 

ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. 



          Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchov birliklari  — 

natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchov birligiga alohida ahamiyat 

beriladi,  chunki  u  buxgalteriya  hisobining  umumlashtiruvchi  ko‘rsatkichlarini  olish  imkonini 

beradi.  SHuning  uchun  pul  o‘lchovida  buxgalteriya  hisobining  barcha  ob’ektlari,  garchi  ular 

natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi. 

Buxgalteriya  hisobining  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  uning  hujjatlarida  barcha 

xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini 

olish uchun zarurdir. 

        Buxgalteriya  hisobining  boshqa  xususiyatlaridan  biri  uning  hujjatlanishidir.  Buxgalteriya 

hisobi  tizimida  qayd  qilinadigan  har  bir  operatsiya  (xo‘jalik  jarayoni)    o‘sha  vaqtni  o‘zidayoq 

hujjatlashtirilishi  kerak.  Hujjat  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlarining  yagona  manbayi 

hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi 

ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun 

asoslangan ma’lumot- larni olish imkoniyatini beradi. 

         Buxgalteriya  hisobida  yakunlangan  yig‘ma  ko‘rsatkichlarni  olish  uchun  yig‘ilgan 

ma’lumotlarni  qayta  ishlashning  maxsus  usullaridan  foydalaniladi.  Bu  usullarning  muhim 

xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning 

butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi. 

       Buxgalteriya  hisobining  ma’lumotlari  ayrim  korxona,  tashkilot  va  muassasalar  hamda 

ma’lum  bir  kompaniya  tarkibiga  kiradigan  korxonalar  guruhi  bo‘yicha  boshqaruv  qarorlarini 

qabul  qilish  va  ularning  ishini  audit  qilish  uchun  audit  manbayi  sifatida  xizmat  qiladi. 

Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy 

holatini  baholashda  qo‘llaniladi.  Umumlashgan  ko‘rsatkichlarning  bir  guruhi  faoliyatni 

baholashda  ko‘pincha  buxgalteriya  hisobining  ma’lumot-  lariga  asoslanadigan  statistika 

yordamida olinadi. 

        Bozor  munosabatlarini  rivojlanib  borish  sharoitida  buxgalteriya  hisobining  yagona  tizimi 

o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  ikki  qismi  (moliyaviy  va  boshqaruv  hisoblari)  korxona  rahbariyati 

tomonidan  ichki  foydalanish  uchun  o‘lchanadigan,  ishlanadigan  va  topshiriladigan  hisob 

axborotining  barcha  turlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Moliyaviy  hisob  rahbariyat  tomonidan  firma 

ichida  qo‘llaniladigan  axborotdan  tashqari,  tashqi  foydalanuvchilarga  xabar  qilinadigan 

axborotdan iborat bo‘ladi. 

         Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani 

buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, shakli, predmeti, ob’ekti va usullarini o‘rgatadi. Bu 

fan  xo‘jalik  tarmoq-  larida  buxgalteriya  hisobini  yuritish  usullarini  o‘rganib,  umumlashtirib, 

uning ilg‘or usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar 

buxgalteriya  hisobini  yuritish  usullarining  ilg‘or  shakllarini  xo‘jalik  tarmoqlariga  joriy  etish 

yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. 

Jamiyatning  rivojlanib  borishi  bilan  hisob  tizimining  har  xil  turi  va  uning  butun  tizimi  ham 

uzluksiz  ravishda  rivojlanib  boradi.  Dastlabki  ma’lu-  motlarni  yig‘ish  texnikasi,  qayta  ishlash 

uslublari yaxshilanib boradi. 

         Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

         –  iqtisodiyot tarmoqlari  korxona  va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini 

kuzatib borish; 

         – kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; 

         –  korxona,  tashkilot,  muassasa  xo‘jalik  faoliyatlari-  ni  kuzatish  natijalarini  maxsus 

hujjatlarda qayd etish; 

         –  maxsus  hujjatlarda  aks  ettirilgan  ma’lumotlarni  umumlashtirish  va  guruhlashtirish, 

xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish. 

        Hisobning yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman olganda 

butun  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  iqtisodiy  jihatdan  asoslangan  joriy  va  kelgusidagi  reja 

ko‘rsatkichlarini  tuzishda,  ular  bajarilishi  ustidan  nazorat  olib  borishda  va  jamiyatni 

boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. 





Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish